Bugun
Islom Ismoilov Superkubok g'olibini xalq bilan tabrikladi
+6°
переменная облачность ветер 1.6 м/с, ЮВ

Sevinch Ismoilovaning bu yilgi kontserti qanday oʻtdi?

Madaniyat
211
Sevinch Ismoilovaning bu yilgi kontserti qanday oʻtdi?
“Qashqadaryo”, “Qoraqalpogʻim” hamda hitmeyker Hamdam Sobirov bilan kuylagan “Kara goʻzim” taronalari bilan mashhurlikka erishgan xonanda Sevinch Ismoilova 28 yanvar kuni “Xalqlar doʻstligi” san'at saroyida bir kunlik kontsert dasturini muxlislari e'tiboriga havola etdi. Yosh qoʻshiqchi Sevinch Ismoilovaning kontsertida “Daryo” muxbiri qatnashib, xonanda, uning yaqinlari va duetdoshlari bilan suhbatlashdi.

Xonandaning muxlisi qanchalik koʻpligini toʻrt mingdan ziyod tomoshabinni sigʻdiradigan kontsert zalida birorta boʻsh oʻrindiq yoʻqligidan bilib olish qiyin boʻlmadi.

Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov
Bir necha yildan beri kontsert beradigan xonandalar ham dastur boshlanishidan avval qattiq hayajonlanishiga qaramay, endigina ikkinchi yakkaxon kontsertini berayotgan Sevinch yaqinlari va doʻstlari bilan oʻzini erkin his qildi. Fursatdan foydalanib uni suhbatga chorladik.

Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov
— Bu safar ichimda ozgina tinchlik bor rosti, oʻtgan yili rosa hayajonda edim. Shuni tushundimki, hayajonni engib, xotirjam boʻlsam, kontsert ham yaxshi, tinch oʻtadi. Oldimdagi odamlarga ham bosim boʻlmaydi. Oʻtgan yili ularning barchasiga hayajondan bosim oʻtkazib qoʻygandim. Shuning uchun bu safar jim turibman, deydi kulib Sevinch.

Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov
— Bu yil sahnada, repertuar va stsenariyda yangiliklar talaygina. Kontsertimda oʻzimga ham syurprizlar koʻp boʻldi. Yangi klipimni sahnada katta ekranda premera qilamiz. Oʻtgan yili ham yangi qoʻshiq va klipni muxlislarimga taqdim etgandim — bu bizga har yillik an'ana boʻlib boryapti. Kelgusi yillar ham bu an'anani chiroyli davom ettirish niyatidamiz, dedi u.

Kontsertga mehmon sifatida Vohidjon Isoqov, Osman Navruzov, klipmeyker Ikrom Ali va koʻplab xonandalar tashrif buyurdi. Hamdam Sobirov, Alisher Bayniyazov bilan kuylangan duetlar esa zalni raqs tushishga majbur qildi.

Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov
— Bugun kontsertga mehmon sifatida keldim, duet boʻlmayotganining sababi mening kontsertimda ham duet koʻp boʻldi. Agar menikida aytsak unikida ham aytishimizga toʻgʻri kelib, takrorlanish boʻlib qolardi. Ikkimizning kontsertimiz orasi yaqin boʻlgani sababli bir narsaga qarab qolishni xohlamadik, nasib etsa kontsertdan soʻng yangi taronamizni taqdim etamiz.

Avvalo Allohdan berilgan kuch va omad tufayli, bundan tashqari oʻzi ham Sevinch tinmasdan mehnat qilyapti, xalqning qoʻllab-quvvatlashi bilan birga shunday dargohda kontsert berish darajasiga etib keldi. Sevinchga kelgusida 10-15 kunlab kontsert berishini tilayman, deydi Osman Navruzov.

Hamdam Sobirov bilan kuylangan “Kara goʻzim” qoʻshigʻi YouTube'da 74 million marta koʻrilgan. Bu tarona har ikki xonanda uchun ham, shubhasiz, yorqin kollaboratsiya boʻldi. Hamdam Sobirov Sevinchni kontsert bilan tabriklab, sahnada unga qip-qizil atirgullar sovgʻa qildi.

Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov
— Kontsert ajoyib atmosferada oʻtmoqda. Boshqa san'atkorlarga qaraganda Sevinch oʻzining tarbiyasi, ijoddagi oʻzgacha yoʻnalishi bilan ajralib turadi. Gaplashsa ham samimiy gaplashadi, yuragi toza. Oʻziga ham kelasi yillarda 10 kunlab kontsert berish nasib qilsin, deb aytdim. Sevinchning kontsertida yangi duet kuylashga ulgurmay qoldik, Xudo xohlasa 24 mayda oʻzimning kontsertimda u bilan duet boʻladi, albatta, deydi u.

Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov
Kontsertda “kichkina tabib” Dilshodbek Kattabekov, qiziqchi Nodir “loʻli”, shoumen Ahror Qoʻshmatov boshlovchilik qilib, har bir blok orasida tomoshabinlarga xush kayfiyat ulashib turdi.

Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov
Sevinch bilan bir necha kun xonanda Osman Navruzovning kontsert dasturida suhbatlashilganda, “Bu yilgi kontsertim bir kun boʻladi, kelasi yil 2-3 kun qilmoqchiman” deganini eslab, bir kun muxlislar uchun kamlik qilishini aytib, rejalar oʻzgargani haqida soʻradik:

Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov
— Bir necha kundan buyon aynan shu haqida gaplashyapmiz, nasib qilsa, kelasi yil 2-3 kun kontsert bermoqchiman. Ustoz san'atkorlar bilan ham duet kuylash fikri bor, ammo oʻzimning bobom ham katta san'atkor, xonanda edilar. Ustoz san'atkorlarning koʻpi rahmatli bobomni yaxshi taniydi. Kontsertimda bobomni koʻrish menga armon boʻlib qoldi.

Sevinch Ismoilovadan muxlislar, asosan, sevgi-muhabbat haqidagi va shoʻx taronalar eshitib oʻrgangan. Ammo xonanda yuki bor, ogʻirroq mavzularda ham kuylaydimi? Bu savolga Sevinchning oʻzi shunday javob berdi:

Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov
— “Omad” nomli qoʻshigʻimni bugun premera qilamiz, shu va shunga yaqin voqealar 99 foiz insonning boshida oʻtgan, deyolaman. Oʻzimning ham hayotimda bunday voqealar koʻp boʻlgan. Klip tayyor boʻlgach, yaqinlarimga koʻrsatganimda koʻpchilik koʻziga yosh olib, hayotim esimga tushdi, dedi.

Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

Foto: “Daryo” / Akmal Qudratov

O‘xshash yangiliklar

Madaniyat vaziri qimmatbaho Hermes oyoq kiyimida yoshlar bilan uchrashdi
Madaniyat vaziri qimmatbaho Hermes oyoq kiyimida yoshlar bilan uchrashdi
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov 12 mart kuni Andijon shahrida tashkil etilgan vazir va yoshlar uchrashuvida qatnashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu tadbirda u o'zining kiyim-kechak
Madaniyat Kecha, 21:35
Zebo Rahimova sherigi Umidning Dubaydagi ruhiy holati haqida gapirdi
Zebo Rahimova sherigi Umidning Dubaydagi ruhiy holati haqida gapirdi
Mashhur vlogger va aktrisa Zebo Rahimova yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda o'zining hamkor va sherigi Umid Eshonqulovning ruhiy holati haqida ochiq gapirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xonanda
Madaniyat Kecha, 19:50
Slava yigirma yillik nikohini xiyonat tufayli uzdi
Slava yigirma yillik nikohini xiyonat tufayli uzdi
Asl ismi Anastasiya Slanevskaya bo‘lgan rossiyalik xonanda Slava o‘zining sobiq turmush o‘rtog‘i, tadbirkor Anatoliy Danilitskiy bilan ajralgani haqida ochiq so‘zladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Madaniyat Kecha, 16:11
Shahlo Salayeva turmush o'rtog'i oilasiga kutilmagan safar qildi
Shahlo Salayeva turmush o'rtog'i oilasiga kutilmagan safar qildi
Mashhur xonanda Shahlo Salayeva yaqinda oltin yurakli turmush o'rtog'i Veysel Dulgerning vataniga safar qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu tashrifning asosiy maqsadi xonandaning
Madaniyat Kecha, 15:44
Shahlo Zoirova o'n yillik orzusi bo'lgan Meksikaga yetib keldi
Shahlo Zoirova o'n yillik orzusi bo'lgan Meksikaga yetib keldi
Mashhur aktrisa Shahlo Zoirova, xalqimiz orasida sevimli Shahloxonim nomi bilan tanilgan san'atkor, bu safar Meksikadagi Tulum shahridagi Azulik majmuasiga sayohat qilmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Madaniyat Kecha, 14:36
Mashhur san'atkorlarning qiz farzandlarining hayot yo'llari
Mashhur san'atkorlarning qiz farzandlarining hayot yo'llari
O'zbekistonning mashhur san'atkorlari orasida hammasining farzandlari otalari kabi sahna yoki ekran orqali nom qozonmagan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ulardan ba'zilari butunlay
Madaniyat Kecha, 14:24