Bugun
Manchester Siti Liverpulni mag‘lub etib Uembli yo‘llanmasini oldi
+17°
пасмурно ветер 1.6 м/с, С

O‘lmas Olloberganov voha to‘ylaridagi holatlar va bilimsiz xonandalar haqida gapirdi

Madaniyat
164

O‘lmas Olloberganov voha to‘ylaridagi holatlar va bilimsiz xonandalar haqida gapirdi
Buxoroda tavallud topgan, asli Xorazmlik bo‘lgan hofiz O‘lmas Olloberganov “Daryo” uchun intervyu berdi. Suhbat davomida u trenddagi ba’zi xonandalarning o‘zi ham san’at aslida nimaligini bilmasligi va xalqning o‘zi ham yengil, raqsbop qo‘shiqlar so‘rashini tanqid qildi.

“Pulim bo‘lmagani uchun 'ilinib' qolishga urinardim”

— Musiqadan xabari yo‘q odam bilan uni tushunib zavq ololadigan odamning farqi bor. Musiqa insonni tarbiyalaydi, unday odam yomonlik ham qilolmaydi. Bizning talabalik yillarimizda badiiy kengashlar bo‘lardi. Shoirlar, bastakor-u hofizlar xonandalarni eshitishardi, qo‘shiqni buzib aytish holatlari bo‘lsa, tergab turardi. Yaxshi qo‘shiq aytib, o‘zini ko‘rsata olganlarga har chorshanba kuni ovoz yozish studiyasi tekinga berilardi. Biz shunga qiziqardik, talabamiz-da, pulimiz yo‘q. Shunga ilinib qolaylik deb, 2-3ta qo‘shiqni yaxshilab aytib kelardik. Shular hozir oltin meros fondida saqlanib turibdi.

“Odamlarning o‘zi shunday qo‘shiqlar so‘raydi”

— Hozir esa erkinlik, hammasi oson, bemalol bo‘lib ketdi. Shunday davrga to‘g‘ri kelib qoldik. Suv yo loyqalanib yana o‘ziga keladi, yo shu holicha qolib, bundan-da battar bo‘lib ketadi — bu fojia. To‘ylarda xalq orasida ommalashgan qo‘shiqlarni so‘rashadi. Nima deysiz, to‘y-da, endi. Ayniqsa, Buxoro, Navoiy, Samarqand taraflarda faqat doiraga o‘ynashadi. Shu doirani “ting‘illatib” chalib tursangiz, odamlar likillab o‘ynayveradi. Zamon talabi shu bo‘lib qoldimi, bilmadim. Nega bunday qilyapsan, nega bunga o‘ynayapsan deyolmaysiz-da. Mayli, nimani tanqid qilsak, yaxshilanib ketadi, deb umid qilamiz.

“Hozirgi ba’zi xonandalar san’at nimaligini bilmaydi, aslida”

— Hozir cho‘qqiga chiqqan ba’zi xonandalar ham o‘zbek san’ati qandayligini bilmaydi, aslida. San’atdan rohatlanmaydi ham, tushunmaydi ham. Ular ham 30-40 yoshdan tushunishni boshlaydi. Avvallari xalq yuqori pardada ashula aytadigan hofizlarni tan olgan. Buxoroda ham, Xorazmda ham shunday bo‘lgan. Agar sal pastroq aytib qo‘ysa, buni ovozi past ekan, deb haqiqatni ayta olishgan. Ammo juda baland pardada ashula aytsa ham sog‘liq ketib qoladi. Komiljon Otaniyozov, Jo‘raxon Sultonovlar ham shundan ketgan deb o‘ylayman. Ular 60ga ham bormagan hofizlar edi. Ma’murjon Uzoqovga qo‘shiq aytish mumkin bo‘lmagan, insult edi. U kishi Marg‘ilonda Shukur Burxonovning tizzasiga bosh qo‘yib jon bergan deyishadi. Ashula aytib vafot etgan o‘sha hofizlar, deydi O‘lmas Olloberganov.

O‘xshash yangiliklar

Gulchehra Sa’dullayeva Lutfulla Sa’dullayevni mehr bilan esladi
Gulchehra Sa’dullayeva Lutfulla Sa’dullayevni mehr bilan esladi
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Gulchehra Sa’dullayeva marhum turmush o’rtog’i, O’zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayevni mehr bilan esladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Aktrisa bergan
Madaniyat Kecha, 16:40
Jahongir Otajonov san’atkorlarga soliq joriy etilishiga munosabat bildirdi
Jahongir Otajonov san’atkorlarga soliq joriy etilishiga munosabat bildirdi
Xonanda Jahongir Otajonov san’atkorlarga soliq joriy etilishi, “O‘zbekkonsert” bilan munosabatlar va majburiy xizmatlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U soliq
Madaniyat Kecha, 15:56
Yulduz Usmonova yangi konsertida qalbga ta’sir qiluvchi asarlar taqdim etadi
Yulduz Usmonova yangi konsertida qalbga ta’sir qiluvchi asarlar taqdim etadi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova yaqinlashib kelayotgan 12 dan 30 aprelgacha bo‘lib o‘tadigan yakkaxon konsertlari oldidan bergan intervyusi bilan yana jamoatchilik e’tiborini tortdi. Bu
Madaniyat 23:50, 4-04-2026
Qizaloq va Maymoq multfilmi bahs va taqiqlarga sabab boʻldi
Qizaloq va Maymoq multfilmi bahs va taqiqlarga sabab boʻldi
“Qizaloq va Maymoq” multfilmi ko‘p marotaba madaniy qarshiliklar va ota-onalarning noroziliklari sababidan qiyinchiliklarga duch kelgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu rus animatsion serial
Madaniyat 19:52, 4-04-2026
Neslihan Atagul o‘g‘li Azizning bir yoshini nishonladi
Neslihan Atagul o‘g‘li Azizning bir yoshini nishonladi
Mashhur turk aktrisasi Neslihan Atagul o‘g‘li Azizning birinchi tug‘ilgan kunini bayramona ruhda nishonladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Go‘zal aktrisa ijtimoiy tarmoqlarda ushbu muhim voqeaga oid
Madaniyat 18:11, 4-04-2026
Samandar Hamraqulov qizi Maryamxon uch yoshga to‘ldi
Samandar Hamraqulov qizi Maryamxon uch yoshga to‘ldi
So‘nggi paytlarda boshlovchi sifatida faoliyat yuritayotgan Samandar Hamraqulov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida quvonchli xabar bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U qizi
Madaniyat 17:42, 4-04-2026