Bugun
Galatasaroy va Bashakshehir o'rtasida kuchli bahs bo'ladi
+10°
пасмурно ветер 1.8 м/с, СЗ

Oʻzbekistonda tugʻilish va oila qurishlar soni kamaydi, oʻlimlar soni esa oshdi

Oʻzbekiston
156
Oʻzbekistonda tugʻilish va oila qurishlar soni kamaydi, oʻlimlar soni esa oshdi
2025 yilning 1 yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni 37 mln 543 ming nafarga etgan. Bu haqda Statistika agentligi ma'lum qildi.

Umumiy aholining 50,4 foizini erkaklar, 49,6 foizini esa ayollar tashkil qilgan.

Joriy yil 1 yanvar holatiga 1 kvadrat kilometrga oʻrtacha 83,6 kishi toʻgʻri kelgan. Hududlar boʻyicha qaraydigan boʻlsak, aholi zichligining eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahri (6 ming 948,1 kishi), Andijon (804,9 kishi) va Fargʻona viloyatida (613,1 kishi), eng past koʻrsatkichlar Navoiy viloyati (9,9 kishi) va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (12,2 kishi) qayd etilgan.


Oʻtgan yilda Oʻzbekistonda 926,4 ming nafar tugʻilish qayd etilgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davrida 962 ming kishini tashkil etgan. Hisobot davrida tugʻilishlar soni 3,7 foizga qisqargan.


Eng yuqori tugʻilish koʻrsatkichi Surxondaryoda, lekin tugʻilish koeffitsiyenti 30,9 promilledan 28,9 promillega tushgan. Tugʻilish koʻrsatkichi eng past hudud Qoraqalpogʻiston, tugʻilish koefffitsiyenti 22,1 promilledan 20,7 promillegacha sekinlashgan.

Mamlakatda oʻlim holatlari ham oʻtgan yilga nisbatan koʻpaygan. 2024 yilda vafot etganlar soni 174,4 ming kishini tashkil etdi. Taqqoslash uchun, 2023 yilda 172,8 ming kishi olamdan oʻtgan.

Ma'lum boʻlishicha, vafot etganlarning oʻlimiga asosan qon aylanish tizimi kasalliklari (57,6 foiz), oʻsimtalar (9,4 foiz), nafas olish organlari kasalliklari (6,3 foiz), baxtsiz hodisalar (5,8 foiz), ovqat hazm qilish organlari (4,1 foiz) kasalliklari sabab boʻlgan.

Hisobot davrida 271,8 mingta nikoh qayd etilgan. Bu soʻnggi 10 yillikdagi eng past koʻrsatkich. Shu davr ichida nikohdan oʻtgan ayollarning oʻrtacha yoshi 22,3 da, erkaklarniki esa 27,1 da boʻlgan.

Oʻtgan yilda ajrimlar soni 45,1 mingtani tashkil etgan. Bu 2023 yilga nisbatan 4,1 mingtaga kam boʻlsa-da, 2020 yilga nisbatan 16,9 mingtaga yoki 59,9 foizga koʻp.

O‘xshash yangiliklar

Benzin narxi bir kunda yetti foizga keskin oshdi
Benzin narxi bir kunda yetti foizga keskin oshdi
O'zbekiston xomashyo bozorida AI-92 markali benzin narxi qisqa vaqt ichida keskin oshgani ma'lum bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. O'zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo
Oʻzbekiston Bugun, 18:42
O'zbekistonda AI-92 benzin narxi keskin oshdi va savdo hajmi qisqardi
O'zbekistonda AI-92 benzin narxi keskin oshdi va savdo hajmi qisqardi
O'zbekiston hududida yonilg'i bozorida so'nggi kunlarda kuzatilayotgan o'zgarishlar aholi e'tiborini tortmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xususan, AI-92 markali benzin
Oʻzbekiston Bugun, 16:22
Xivada yetmish million dollarlik yangi Kongress xoli qurilmoqda
Xivada yetmish million dollarlik yangi Kongress xoli qurilmoqda
Tarixiy Xiva shahri hozirgi kunda turizm va xalqaro tadbirlar infratuzilmasini jadal ravishda yaxshilash yo'liga kirgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu qadimiy shaharni butun dunyodan
Oʻzbekiston Bugun, 15:59
Paxta terimida mexanizatsiyani oshirishga 400 million dollar ajratildi
Paxta terimida mexanizatsiyani oshirishga 400 million dollar ajratildi
2024-yil 13 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti qishloq xo‘jaligi sohasini ilg‘or texnikalar bilan modernizatsiya qilishga doir muhim farmonni imzoladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu farmonning
Oʻzbekiston Bugun, 14:59
Toshkent havosi xavfli darajaga yetib, aholi salomatligiga tahdid solmoqda
Toshkent havosi xavfli darajaga yetib, aholi salomatligiga tahdid solmoqda
To'rtinchi mart kuni Toshkent shahrida havo sifati aholi salomatligi uchun xavfli darajaga yetib, mutaxassislar shaharliklarni etiborli bo'lishga chaqirdilar. Bu haqda Zamin.uz xabar
Oʻzbekiston Bugun, 13:40
O'zbekistonda 15 mart kuni ob-havo keskin iliqroq bo'ladi
O'zbekistonda 15 mart kuni ob-havo keskin iliqroq bo'ladi
O'zbekiston hududida o'tgan kunlarga nisbatan 15 mart kuni ob-havo keskin o'zgarib, yanada iliqroq va quvnoq bo'ladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu davrda bahor tabiatni
Oʻzbekiston Bugun, 13:17