Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 9 yanvar
-2°
плотный туман ветер 1 м/с, С

Aprel oyida ob-havo qanday bo‘lishi kutilmoqda?

Oʻzbekiston
116
Aprel oyida ob-havo qanday bo‘lishi kutilmoqda?
2025 yilgi aprel quruq ob-havo bilan boshlanadi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet» agentligi.

O‘zbekistonda, odatda, aprel oyi – bahor faslining eng o‘rtasi bo‘lib, bunda bog‘larda daraxtlar gullashi, sabzavot ekinlari va rezavor mevalar hosili shakllanishining boshlanishi davridir.

Bu yilgi aprelning birinchi besh kunligida havo harorati +22…+25 darajadan +27…+30 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +32 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Oyning ikkinchi besh kunligida havo harorati asosan +22…+27 darajani tashkil etadi.

7 aprelda respublika shimolida, 8–10 aprel kunlari markaziy va sharqiy hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat kechalari +8…+13 darajadan +2…+7 darajagacha, kunduz kunlari +25…+30 darajadan +10…+15 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.

O‘tgan yillarda aprel oyi qanday o‘tgan?

Sinoptiklarga ko‘ra, odatda, aprel oyida havo harorati tez ko‘tarilishi davom etadi. Respublikaning katta qismida oyning o‘rtacha harorati mart oyiga nisbatan 5–7 darajaga yuqori bo‘ladi. Shimolda va cho‘l hududlarida havo jadalroq isiy boshlaydi, bunda aprelning o‘rtacha harorati mart oyi qiymatlaridan 8–10 darajaga ko‘p bo‘ladi.

O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlar tarixida 2022 yilning aprel oyi eng issiq bo‘lgan (me’yordan 3–5 darajaga yuqori). Ushbu asrda hududning katta qismida 2009 yilning apreli eng sovuq bo‘ldi.

Apreldagi harorat foni ko‘pincha bahoriy beqaror bo‘ladi. Havoni bahoriy tez isishi qisqa davrga, ammo ba’zida juda sezilarli sovuqlar bilan davom etadi.

Eng issiq davrlarda havo harorati kunduz kunlari +28…+33 darajagacha ko‘tariladi. Mutlaq maksimal harorat (kuzatuvlarning barcha qatori uchun eng yuqori qiymatlar) +35…+37 darajani, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +38…+39 darajani tashkil etadi.

Sovuq davrlarda, mart oyidagi kabi tez-tez emas, lekin ba’zida tungi harorat darajasi sovuqqacha pasayadi. Aprel – yil davomida eng nam oylardan biridir.

Yomg‘ir, odatda, momaqaldiroq va kuchli shamollar bilan tez-tez kuzatiladi. Respublika shimolida, eng chekka janubida va cho‘l hududlarda o‘rtacha oyiga 5 kundan 8 kungacha yog‘ingarchilik qayd etiladi, tog‘larga yaqinroq hududlarda esa yog‘ingarchilik kuzatiladigan kunlar soni 9–13 kungacha ko‘payadi.

Meteorologik kuzatuvlar tarixi davomida aprelda juda quruq kunlar ham kuzatiladi, hududning katta qismida oy uchun yog‘ingarchilik miqdori me’yordan 5–30 foizga oshmagan va ba’zi joylarda ular umuman kuzatilmagan. Bunday holat 1975 yil aprel oyida qayd etilgan edi. Toshkentda yomg‘ir atigi ikki marta yog‘gan va oy davomida yog‘ingarchilik miqdori 2 millimetr (normaning 3 foizi)ni tashkil etgan.

Bu oyda yog‘ingarchilikning o‘ziga xos xususiyati uning hudud bo‘yicha tarqalishi o‘ta notekisligidir. Shunday aprel oylari ham kuzatilganki, respublikaning ayrim hududlarida yog‘ingarchilik bir oy ichida me’yordan 3–5 marta ko‘p bo‘lgan.

Masalan, meteorologik kuzatuvlar tarixida 1990 yil aprel oyi Toshkentda eng yomg‘irli bo‘lib, bunda oy davomida yog‘ingarchilik oylik me’yordan 300 foiz atrofida bo‘lgan, yog‘ingarchilik kuzatilgan kunlar soni 19 (me’yor 13 kun bo‘lganda) kunni tashkil etgan.

1990 yil 8 aprel kuni Toshkentda aprel oyida bir kecha-kunduzlik yog‘ingarchilik miqdori 65 millimetr bo‘lgan (oylik me’yor 62 millimetr) mutlaq rekord o‘rnatilgan.

Yog‘ingarchilik taqsimoti o‘ta notekisligi ba’zan hatto bir xil hududda ham namoyon bo‘ladi. 2023 yil 2 aprel kuni Toshkentda momaqaldiroq, shamol kuchayishi, ba’zi joylarda do‘l yog‘ishi bilan kuchli jala yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi. Bunda yog‘ingarchilik miqdori 2,5–3 soatda: teleminora hududida – 10 millimetr, Toshkent Observatoriya meteostansiyasi hududida (Oloy bozori yaqinida) – 22 millimetr, Toshkent xalqaro aeroporti hududida esa – 33 millimetrni tashkil etdi.

O‘tgan 2024 yilning aprel oyi respublika hududining katta qismida quruq bo‘ldi. Shu bilan birga, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi kuzatilib, bunda bir necha soatda yog‘ingarchilik miqdori oylik me’yordan 40–70 foizni tashkil etdi. 13 aprel kuni Jongeldi (Qizilqum cho‘li) meteostansiyasi hududida 16 mm yog‘ingarchilik kuzatilib, oylik me’yorga mos bo‘ldi, bu butun aprel oyi davomida ushbu hududda yog‘gan yagona yomg‘ir edi.

Respublikaning ayrim hududlarida har 3–5 yilda bir marta yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi kuzatiladi. So‘nggi marta 2020 yil aprel oyida markaziy va hatto janubiy viloyatlarda ba’zi joylarda aprel oyining birinchi o‘n kunligi oxirida qor yog‘ib, u hatto qishda kamdan kam uchraydigan darajada bo‘lgan.

2020 yil 9 aprelda ertalab ba’zi joylarda qor qoplami 7–20 santimetrga yetgan. O‘zbekistonda qor yog‘ishining eng kechki sanasi – 1989 yil 30 aprel kuni qayd etilgan. Bu hozircha O‘zbekistonda kuzatuvlar tarixidagi qaytarilmas holat bo‘lgan.

Aprel oyida tog‘li hududlarda jadal qor erishi davom etadi. Oyning oxiriga, iqlim ma’lumotlariga ko‘ra, qor faqat baland tog‘li hududlarda saqlanib turadi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 9 yanvar
Bugungi reyslar jadvali — 9 yanvar
9 yanvar uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi 421 DELHI 02:40 32Q 461 LAHORE 05:10 32N 235
Oʻzbekiston Bugun, 00:10
Metan zapravkalari ish vaqti qisqartirildi.
Metan zapravkalari ish vaqti qisqartirildi.
8-yanvardan boshlab O‘zbekistonda metan gaz quyish shoxobchalari ish vaqti vaqtinchalik qisqartiriladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Energetika vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, avtomobillarga
Oʻzbekiston Kecha, 02:27
Metan gaz quyish shoxobchalari ishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi
Metan gaz quyish shoxobchalari ishiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi
O‘zbekiston Energetika vazirligi tomonidan mamlakatda metan gaz quyish shoxobchalarining faoliyatiga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilgani ma’lum qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu qaror
Oʻzbekiston Kecha, 01:22
Bugungi reyslar jadvali — 8 yanvar
Bugungi reyslar jadvali — 8 yanvar
8 yanvar kuni aeroportda jami 38 jo‘natish va 40 kelish reysi amalga oshirilmoqda, deb xabar berdi uzairways.com. Eng erta jo‘natish soat 01:10 da boshlanib, kechki 22:30 gacha davom etadi.
Oʻzbekiston Kecha, 00:10
2025 yil O‘zbekistonda eng issiq yillardan biri bo‘ldi
2025 yil O‘zbekistonda eng issiq yillardan biri bo‘ldi
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil O‘zbekiston hududida kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yillardan biri sifatida qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U 2016 va 2023 yillar bilan bir
Oʻzbekiston 21:40, 7-01-2026
2026 yil ish vaqti kalendari tasdiqlandi
2026 yil ish vaqti kalendari tasdiqlandi
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2026 yil uchun mo‘ljallangan ish vaqti kalendarini ishlab chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻzbekiston 20:20, 7-01-2026