Bugun
Sun'iy intellekt uchun ijtimoiy tarmoq: "Moltbuk" ishga tushdi
+13°
пасмурно ветер 1.4 м/с, СЗ

Bolalarga nisbatan uyatsizlik uchun jazo kuchayadi

Oʻzbekiston
127
Bolalarga nisbatan uyatsizlik uchun jazo kuchayadi
Bolalarni turli zo‘ravonliklardan himoya qilish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo ba’zida ijtimoiy tarmoqlarda bolalarga yoki voyaga yetmagan qizlarga nisbatan tegajog‘lik qilish, yoki Internet orqali ularga uyatsiz tasvirlar yuborish holatlari uchrab turadi. Endilikda bu kabi holatlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi, deb Ta’lim xabarlari xabar berdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining yig‘ilishlarida “Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokama qilindi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, 16 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan telekommunikatsiya tarmoqlari yoki Internet orqali uyatsiz harakatlar qilganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Shuningdek, voyaga yetmaganlar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni saqlash harakatini bir yil ichida takroran sodir etgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Loyihaning qabul qilinishi bolalarni jinsiy erkinlik va bola savdosiga qarshi jinoyatlardan himoya qilish kafolatlarini kuchaytiradi. Bundan tashqari, bunday jinoyatlarni sodir etganlar qilgan ishiga mos ravishda jazolanadi va aliment to‘lamaganlik uchun javobgarlikka tortilgan shaxslar ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi.

O‘xshash yangiliklar

O'zbekistonda haftalik ob-havo: Yomg'ir va salqinlik kutilmoqda
O'zbekistonda haftalik ob-havo: Yomg'ir va salqinlik kutilmoqda
O'zbekistonda 2 martdan 8 martgacha bo'lgan hafta davomida ob-havo asosan yog‘ingarchilik bilan kechadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Haftaning aksariyat kunlarida yomg‘ir yog‘ishi
Oʻzbekiston Bugun, 07:40
O‘zbekiston fuqarolariga Isroil-Misr chegarasida ogohlantirish berildi
O‘zbekiston fuqarolariga Isroil-Misr chegarasida ogohlantirish berildi
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi navbatdagi rasmiy ogohlantirishni e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Elchixona ma'lumotlariga ko‘ra, Isroil va Misr o‘rtasida joylashgan
Oʻzbekiston Bugun, 07:18
O'zbekistonda 2-mart kuni ob-havo turlicha bo'ladi
O'zbekistonda 2-mart kuni ob-havo turlicha bo'ladi
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi ma'lumotlariga ko‘ra, 2-mart kuni mamlakatimizda ob-havo sharoiti turli xil bo‘ladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ba'zi
Oʻzbekiston Bugun, 07:10
Bugungi reyslar jadvali — 2 mart
Bugungi reyslar jadvali — 2 mart
2 mart kuni aeroportda jami 31 ta reys amalga oshiriladi. Eng erta parvoz soat 05:15 da boshlanib, eng kechgi reys esa 22:30 da amalga oshiriladi, deb xabar berdi uzairways.com. Shuningdek, kun
Oʻzbekiston Bugun, 00:10
Isroil–Misr chegarasi: O‘zbekiston elchixonasi ogohlantirdi
Isroil–Misr chegarasi: O‘zbekiston elchixonasi ogohlantirdi
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Isroil va Misr chegarasiga oid yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Elchixonaning rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, Isroil va Misr o‘rtasida
Oʻzbekiston Kecha, 22:37
2 mart kuni O‘zbekistonda ob-havo turlicha bo‘ladi.
2 mart kuni O‘zbekistonda ob-havo turlicha bo‘ladi.
2 mart kuni O‘zbekiston hududida ob-havo sharoiti turlicha bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. “O‘zgidromet” xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning ayrim hududlarida
Oʻzbekiston Kecha, 22:15