Bugun
Khusnorik va Shokir yolgiz onalar haqida yangi qo'shiq chiqardi
+3°
пасмурно ветер 3.9 м/с, Ю

1 martdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?

Oʻzbekiston
127

1 martdan O‘zbekiston qonunchiligida nimalar o‘zgaradi?
1 martdan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida bir qator o‘zgarishlar joriy etiladi.

Bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati tashkil etilganda subsidiyalar to‘lanadi

Nogironligi bor bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatlarini tashkil etuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi subsidiyalar nazarda tutiladi:

  • kunduzgi parvarish xizmatidan bir kun foydalanganlik uchun 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan har bir bola uchun BHMning 25 foizi, 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan har bir bola uchun BHMning 27 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi. Bunda viloyat markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari uchun subsidiya miqdori 1,1 oshiruvchi koeffitsiyentni qo‘llash orqali belgilanadi;
  • Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning nogironligi bo‘lgan har bir bolasi uchun subsidiyaning 30 foizi miqdorida qo‘shimcha mablag‘ to‘lanadi;
  • xususiy sherik tomonidan kunduzgi parvarish xizmati tashkil etilgan joydan 3 km radiusdan uzoq masofada yashovchi bolalarni tashish uchun transport xizmati yo‘lga qo‘yilganda, tarbiyalanuvchining mazkur xizmatga amalda qatnagan kunlari sonidan kelib chiqib, bir oy uchun BHMning 75 foizigacha miqdorida kompensatsiya to‘lanadi.


Mahalliy davlat hokimiyati obyektlarini topshirishning yangi tartibi joriy qilinadi

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) hokimliklariga 2 ikki yil ichida yangi loyihalarni ishga tushirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli ko‘chmas mulk obyektlarini:

  • tadbirkorlik subyektlariga 10 yil muddatga to‘g‘ridan to‘g‘ri ijaraga berish, shuningdek 4 yil davomida ijara to‘lovlarini to‘lagan va ijara shartnomasi shartlarini bajargan tadbirkorlarga – baholash qiymati bo‘yicha xususiylashtirish yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri sotish uchun;
  • chet tillarini o‘qitish va malaka sertifikatini olish bo‘yicha faoliyat yurituvchi mahalliy va xorijiy mutaxassislar yoki tashkilotlarga 5 yil muddatga ijaraga berish ruxsat etiladi.


Qishloq xo‘jaligi texnikasini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yangi talablar belgilanmoqda

Imtiyozlardan foydalangan holda xarid qilingan, shu jumladan import qilingan va respublikada ishlab chiqarilgan yangi traktorlar va kombaynlarga GPS qurilmalari o‘rnatmasdan ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Xayriya ajratmalari uchun yangi platformalar ishga tushiriladi

Jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriya ajratmalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha «Yashil olam» va «Yashil to‘lov» platformalari joriy etiladi.

Davlat bojini qaytarishning yangi tartibi

Taraflar o‘rtasida kelishuv bitimi tuzilganligi sababli sud ishi tugatilganda tadbirkorlik subyektlari va fuqarolarga davlat boji quyidagi miqdorlarda qaytariladi:

  • birinchi instansiya sudida – to‘langan davlat bojining 70 foiz;
  • apellyatsiya va kassatsiya tartibida berilgan shikoyatlar bo‘yicha sudlarda – to‘langan davlat bojining 30 foiz.


Yolg‘iz ota-onalarga moddiy yordam to‘lanadi

Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan, rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz onalarga (otalarga) Davlat ijtimoiy himoya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bola (bolalar) uch yoshga to‘lgunga qadar maktabgacha ta’lim xizmatlaridan foydalanish uchun bir bolaga 1,5 BHMgacha moddiy yordam ko‘rsatiladi.

Pensiyalarni tayinlash — proaktiv shaklda

Fuqarolarga yoshga doir pensiyalar belgilangan yoshga to‘lishi munosabati bilan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlanadi. Bunda, yoshga doir pensiyalar tegishli vazirlik va idoralar o‘rtasida axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa ma’lumotlariga asosan hisoblanadi va tayinlanadi.

Barcha davlat organlarining veb-sahifalari — Yagona platformada

Davlat organlarining rasmiy veb-saytlari Hukumat portalining yagona platformasi orqali faoliyat yuritadi. Davlat organlari rahbarlari o‘z idoralarining rasmiy veb-saytlarining yuritilishiga shaxsan mas’ul bo‘ladi.

Yer qa’ridan foydalanish ustidan monitoringning yangi tartibi

Yer qa’ridan foydalanish bo‘yicha masofaviy monitoring va risk-tahlil «Geomonitoring» axborot tizimi hamda SGM platformasi orqali amalga oshiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkentda kuchli yomgirdan keyin yo'l suvga to'ldi
Toshkentda kuchli yomgirdan keyin yo'l suvga to'ldi
Joriy yilning uchinchi kunidan to'rtinchi kunga o'tar kechasi Toshkent shahridagi Uchtepa tumani hududida yomg'irli va noqulay ob-havo sharoiti kuzatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Oʻzbekiston Bugun, 12:35
Sovuq kunlarda avtomobillarga gaz to'ldirishga vaqtinchalik cheklov joriy etildi
Sovuq kunlarda avtomobillarga gaz to'ldirishga vaqtinchalik cheklov joriy etildi
O'zbekiston hududida ob-havo sharoitining keskin o'zgarishi va havo haroratining katta miqdorda pasayishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Shu sababli, sovuq kunlarda aholi
Oʻzbekiston Bugun, 11:45
Prezident 2026 yilgi Navro'z bayramini sharafiga maxsus qaror imzoladi
Prezident 2026 yilgi Navro'z bayramini sharafiga maxsus qaror imzoladi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2026 yilgi Navro'z umumxalq bayramini sharafiga munosib kutib olish va uni yuqori saviyada tashkil etish bo'yicha maxsus qaror imzoladi. Bu haqda
Oʻzbekiston Bugun, 11:25
O'zbekistonda ob-havo keskin o'zgaradi, qor yog'ishi kutilmoqda
O'zbekistonda ob-havo keskin o'zgaradi, qor yog'ishi kutilmoqda
Bugun, ya'ni o'n uchinchi mart kuni O'zbekiston hududida ob-havo sharoiti yana keskin o'zgarishlarga uchraydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Sinoptiklar taqdim etgan
Oʻzbekiston Bugun, 10:44
O'zbekistonda ayollar soni o'n sakkiz milliondan oshdi
O'zbekistonda ayollar soni o'n sakkiz milliondan oshdi
O'zbekiston Respublikasida 2026 yilning birinchi kuni, ya'ni yanvar oyining boshidan hisoblangan rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatimizda yashovchi ayollar soni o'n sakkiz
Oʻzbekiston Bugun, 10:18
Sergelida kanal ustidan o'tish muammosi hal qilindi
Sergelida kanal ustidan o'tish muammosi hal qilindi
Toshkent shahri Sergeli tumani hududida joylashgan kanal ustidan o'tish joyi bo'yicha dolzarb muammo yuzasidan rasmiy ma'lumot e'lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Oʻzbekiston Bugun, 01:44