Bugun
«Augsburg» «Kyoln»ni mag‘lub etib, 9-o‘ringa ko‘tarildi
+4°
переменная облачность ветер 2.4 м/с, СЗ

Abduqodir Husanovning transfer narxi 35 million yevroga yetdi

Sport
127

Abduqodir Husanovning transfer narxi 35 million yevroga yetdi
Germaniyaning Transfermarkt portali Angliya Premer-ligasi futbolchilarining transfer baholarini yangiladi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi hamda «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning transfer narxi 35 million yevroga ko‘tarildi. Bu narx – O‘zbekiston va Markaziy Osiyo futboli uchun yangi rekord sanaladi.

Narxi uch baravarga ko‘tarildi

So‘nggi bir yilda 21 yoshli Husanovning transfer narxi 1,5 million yevrodan 2 mln yevroga, oktyabr oyida 5 mln yevroga, dekabrda 12 million yevroga yetgandi. «Lans»dan «Manchester Siti»ga o‘tib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylangach, qariyb uch baravarga qimmatlashib, bugun 18 mart kuni portal uning bahosini 35 million yevrogacha ko‘tardi.

O‘zbek futboli tarixidagi mutlaq rekord narx

Abduqodir Husanovning transfer bahosi 35 million yevroga yetishi O‘zbekiston futboli uchun mutlaq rekord sanaladi. O‘zbekiston milliy jamoasining umumiy transfer bahosi ayni damda 70 mln yevroni tashkil etsa, shundan 35 mln narx Abduqodirga tegishli, qolgan 35 million yevro jami o‘yinchilarning umumiy bahosidir.

Bungacha Eldor Shomurodovning 2021 yilgi 14 million yevro transfer bahosi O‘zbekiston futbolidagi mutlaq rekord transfer narxi sanalardi. Husanov 35 million yevro bahosi bilan ushbu rekordning yangi sohibiga aylandi.

«Manchester Siti»ning eng qimmatbaho 2-markaziy himoyachisi

Qayd etish joiz, Husanov bu borada «Manchester Siti»ning eng qimmatbaho ikkinchi markaziy himoyachisiga aylandi. Bu borada Ruben Diashning bahosi 70 mln yevroni tashkil etsa, Natan Ake (32 mln yevro), Manuel Akanji (32 mln yevro), Jon Stounz (30 mln yevro) singari markaziy himoyachilarning bahosida pasayish kuzatilgan.

De Bryuyne, Ederson, Gundo‘g‘an, Kovachichni ortda qoldirdi

Abduqodir transfer bahosi bo‘yicha klubida nafaqat bir qator himoyachilarni, balki nomdor o‘yinchilarni ham ortda qoldirdi. Xususan, manchesterliklarning yetakchilaridan bo‘lgan Kevin de Bryuyne (27 mln), Ederson (25 mln), Mateo Kovachich (25 mln), Ilkay Gundo‘g‘an (7 mln) singari yulduzlardan o‘zib ketishga erishdi. Ammo qayd etish joiz, bu ushbu tajribali o‘yinchilarning transfer bahosi yoshi 30dan oshganligi sababli ham pasaytirilgan.

Erling Holand – 200 mln yevro baho bilan «shaharliklar» safidagi eng qimmatbaho o‘yinchi sanaladi. Rodri va Foden esa 130 mln yevro narx bilan bu borada uchlikdan joy olgan.

Sonni ortda qoldirib, Osiyoning eng qimmat 4-futbolchisiga aylandi

Abduqodir Osiyoning eng qimmatbaho o‘yinchilari orasida «Tottenhem» va Janubiy Koreya milliy jamoasi vingeri Son Hyon Minni (30 mln yevro) ortda qoldirib, ilk bor kuchli beshlikdan o‘rin oldi. Yaponiyalik Kaoru Mitoma (Brayton) va koreyalik Kim Min Jaye (Bavariya) 45 mln yevro narx bilan Osiyoning eng qimmat o‘yinchilari bo‘lib turibdi. Takefusa Kubo (Yaponiya, Real Sosiyedad) 40 mln yevro narx bilan 3-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, o‘zbekistonlik futbolchi 35 mln yevro narx bilan 4-o‘rindan joy olgan. «PSJ» vingeri Kang In Leye va Son Hyon Min 30 mln yevro narx bilan 5-o‘rindan joy olgan.

MDHda ham top-4likda

O‘zbekiston milliy jamoasining 21 yoshli himoyachisi Hamdo‘stlik davlatlarning eng qimmatbaho o‘yinchilari orasida ham top-4likdan joy olgan. Bu borada faqatgina gruziyalik Xvicha Kvaratsxeliya (85 mln yevro), Giorgi Mamardashvili (40 mln) va ukrainalik Ilya Zabarniy (38 mln yevro) Abduqodir Husanovdan oldingi qatorlarda bormoqda.

O‘xshash yangiliklar

«Augsburg» «Kyoln»ni mag‘lub etib, 9-o‘ringa ko‘tarildi
«Augsburg» «Kyoln»ni mag‘lub etib, 9-o‘ringa ko‘tarildi
Germaniya Bundesligasining 24-tur o‘yini doirasida «Augsburg» o‘z uyida «Kyoln»ni qabul qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uchrashuv haqida euro-football.ru xabar berdi. O‘yin davomida har ikki
Sport Bugun, 04:27
Kurt Zuma "Al-Vasl" klubiga o‘tdi
Kurt Zuma "Al-Vasl" klubiga o‘tdi
Kurt Zuma Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Vasl" klubiga o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Avvalroq Londondagi "Chelsi" jamoasida faoliyat yuritgan fransiyalik markaziy
Sport Bugun, 04:23
Kudryashov Jikiyaning holati haqida fikr bildirdi
Kudryashov Jikiyaning holati haqida fikr bildirdi
Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Fyodor Kudryashov Turkiyada faoliyat olib borayotgan Georgiy Jikiyaning hozirgi holati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Bugun, 03:35
«Lans» safarda «Strasburg» bilan durang o‘ynadi
«Lans» safarda «Strasburg» bilan durang o‘ynadi
Fransiya chempionati, ya’ni Liga 1ning 24-turida «Lans» jamoasi turnir jadvalida birinchi o‘ringa qaytish imkoniyatiga ega edi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Buning uchun ular safarda «Strasburg»
Sport Bugun, 03:04
«Bavariya» va «Atalanta»: pley-offdagi ilk sinov
«Bavariya» va «Atalanta»: pley-offdagi ilk sinov
Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazilib, Myunxenning «Bavariya» jamoasi Italiya vakili «Atalanta» bilan to‘qnash kelishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 02:23
Osimhenning "Yuventus"ga transferi qiyinlashmoqda
Osimhenning "Yuventus"ga transferi qiyinlashmoqda
"Yuventus" jamoasi "Galatasaray" hujumchisi Viktor Osimhenni o‘z safiga qo‘shish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Biroq, bu transferni amalga
Sport Bugun, 01:28