Bugun
OpenAI Sora loyihasini past talab va yuqori xarajatlar tufayli to'xtatdi
+20°
пасмурно ветер 0.3 м/с, З

Timur Kapadze safardan koʻzlangan maqsadi, terma jamoa, yordamchilari va Xusanov haqida (intervyu)

Sport
108
Timur Kapadze safardan koʻzlangan maqsadi, terma jamoa, yordamchilari va Xusanov haqida (intervyu)
Oʻzbekiston milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze ayni paytda Antaliyada boʻlib turibdi. Bu erda qator Superliga klublari yangi mavsum uchun oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazishyapti. Kuni kecha “Andijon” ishtirokidagi uchrashuvni kuzatish uchun kelgan Kapadze bilan biroz suhbatlashdik.

- Antaliya safaridan koʻzlangan maqsadingiz qanday?
- Bilasiz, klublarimiz hozirda Antaliyada yangi mavsumga tayyorlanishyapti. Ularni koʻrish uchun keldim. Tayyorgarlik jarayonlarini kuzatish va oʻyinlar boʻyicha murabbiylar bilan gaplashib kim qanday vaziyatdaligini bilib boryapman. Oʻzim ham koʻzim bilan kuzatib, selektsiya qilib boryapman. Tushunib turibman, hozir jamoalar va futbolchilar maksimal formada emaslar. Deyarli har kuni ikki-uchta jamoamiz oʻynayapti. Iloji boricha har bir uchrashuvga borib, ularni koʻrib, qanday holatdaligini bilib, murabbiylarga oʻzim qiziqtirgan savollarni beryapman.

- Yaqinda terma jamoamiz ustozi sifatida Qatarda yigʻin oʻtkazib qaytdingiz. Bosh jamoamizdagi ishni qanday boshlab oldingiz?
- Oʻzlaring koʻrdinglar, hammasi tez yuz berdi. Vaqt ham tigʻiz edi. Birinchi vazifam tahlil qilish edi. Yigʻinga chaqirilgan futbolchilarni oʻzimizni belgilangan talablar boʻyicha koʻrib oldik. Bilasiz, mart oyida asosiy oʻyinlarimiz turibdi. Bu yigʻin men uchun foydali boʻldi. Chunki kirishib ketish va nimanidir toʻgʻrilash uchun vaqtimiz boʻladi va yana nimadir qoʻshish kerak boʻlsa, buni ham qoʻshamiz. Umuman, men uchun foydali boʻldi. Hammasi joyida. Terma jamoamiz uchun yangi odam emasman. Yigʻinlarni koʻrdim, kuzatdim.

- Katanesning yordamchi murabbiylarini shtabingizda olib qoldingiz. Bu sizni qaroringizmidi?
- Oʻzimni qarorim edi. Ular anchadan beri terma jamoada ishlashyapti. Qatar yigʻini oldidan ham ular mashgʻulotlar uchun programmalarni tuzishgan. Yigʻin davomida gaplashib, qanday va nima, savollar beraman. Chunki men mart oyidagi asosiy oʻyinlarni oʻyladim va deyarli vaqtimiz boʻlmaydi, nimanidir oʻzgartirishga. Terma jamoadagi murabbiylar ham ancha mehnat qilishdi. Oʻzlarini xohishlarini ham bildim. Futbolchilar bilan gaplashdim, oʻzim ham koʻrdim. Deyarli barchasi joyida boʻlganligi uchun shunday qarorga keldim.

- Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga oʻtgani terma jamoamizga ham foydali va uning ustozi sifatida nima deya olasiz?
- Juda xursand boʻldim, bu zoʻr. Barcha quvondi. Oʻzbek futbolchisini jahonning eng yaxshi klublaridan biri taklif qilgani va boʻlib ham Gvardiolaning oʻzi chaqirgani Abduqodirga berilgan baho deb bilaman. Oʻylaymanki, bu endi boshlanishi. Xusanovni salohiyati etarli. Uni bejizga olishmadi. Bizni futbolimizga ham katta plyus boʻldi, deb oʻylayman. Agentlar yoki tanishlarimdan eshityapmanki, Angliyada yana boshqa oʻzbekistonlik iqtidorli yoshlarga e'tibor qaratilgan. Bu reklama uchun ham zoʻr. Abduqodir bundan keyin keladigan yoshlarga yoʻl ochib berdi.

O‘xshash yangiliklar

Real Madrid Rodrini olib kelish rejasidan voz kechdi
Real Madrid Rodrini olib kelish rejasidan voz kechdi
Madridning mashhur Real klubi Angliyaning Manchester Siti jamoasidagi yarim himoyachi Rodri futbolchisini o'z safiga qo'shish bo'yicha ilgari belgilangan rejalarini o'zgartirdi.
Sport Bugun, 08:07
Bernardu Silva mavsum oxirida Manchester Sitini tark etadi
Bernardu Silva mavsum oxirida Manchester Sitini tark etadi
Oxirgi kungacha futbol dunyosida katta ahamiyatga ega bo'lgan xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Portugaliyalik iste'dodli yarim himoyachi Bernardu Silva joriy mavsum
Sport Bugun, 08:03
Kanselu Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionati g'olibi bo'ladi deb ishonch bildirmoqda
Kanselu Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionati g'olibi bo'ladi deb ishonch bildirmoqda
Barselona futbol klubi himoyachisi va Portugaliya terma jamoasi a'zosi Joau Kanselu kelgusi Jahon chempionati oldida o'z millatining kuchli da'vogarligiga chuqur ishonch bildirmoqda.
Sport Bugun, 07:43
Bernardu Silva Barselonaga o'tishni orzu qilmoqda
Bernardu Silva Barselonaga o'tishni orzu qilmoqda
Britaniya matbuotida e'lon qilingan so'nggi xabarlarga ko'ra, mashhur portugaliyalik futbolchi Bernardu Silva o'yin faoliyatini Kataloniya jamoasi Barselona safida davom
Sport Bugun, 07:43
Pep Gvardiola ketganda uning o'rniga Vensan Kompani kelishi mumkin
Pep Gvardiola ketganda uning o'rniga Vensan Kompani kelishi mumkin
Manchester Siti klubi joriy mavsum yakunlanganidan so'ng bosh murabbiy Pep Gvardiolaning jamoadagi kelajagi haqida qiziqishlar ortib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ispaniyalik
Sport Bugun, 07:06
Dana Uayt Maxachev bilan Makgregor jangi haqida gapirdi
Dana Uayt Maxachev bilan Makgregor jangi haqida gapirdi
Birlashgan Boks Tashkiloti prezidenti Dana Uayt hozirgi kunda sport olamida eng ko'p muhokama qilinayotgan mavzu bo'lgan Islom Maxachev va Konor Makgregor o'rtasidagi yozgi jang
Sport Bugun, 06:57