Bugun
Mourinyo Ronaldosiz Portugaliyani oddiy jamoa deb baholadi
+22°
пасмурно ветер 1.6 м/с, З

Raneri o‘yinni o‘zgartirgan Eldor Shomurodov haqida nimalar dedi?

Sport
131

Raneri o‘yinni o‘zgartirgan Eldor Shomurodov haqida nimalar dedi?
Italiya A Seriyasining 30-turida “Roma” futbolchilari juda murakkab o‘yin o‘tkazdi. Safarda “Lechche” mehmoni bo‘lgan “bo‘rilar” raqib darvozasiga yo‘l topish va himoya chizig‘ini yorib o‘tishda ancha qiynaldi.

Tajribali murabbiy Klaudio Raneri o‘yin yakunlanishiga chamasi 20 daqiqa qolganda taktik o‘zgarish qilib, maydonga ikkinchi markaziy hujumchi Eldor Shomurodovni tushirdi. Bu o‘z samarasini berdi va Artyom Dovbik himoyachilar bosimi pasayganidan foydalanib, g‘alaba to‘pini kiritdi.

Uchrashuvdan keyin Klaudio Raneri o‘yin haqidagi intervyusida Shomurodovning xizmatlarini ham e’tirof etdi.

- O‘yin boshida “Roma” ikkita qulay vaziyatni boy berdi. Oxirigacha g‘alabaga ishonganmidingiz?
- Har doim oxirigacha kurashish kerak, bu juda qiyin bahs bo‘ldi. O‘zimiz ikkita vaziyatni qo‘ldan chiqarganimizdan keyin raqibga darvozamizga xavf solish imkonini berdik. Bellashuvning ikkinchi yarmida kurash yanada kuchaydi, lekin g‘alaba qozonishimiz zarur edi. Biz ligada qolish uchun kurashayotgan jamoaga qarshi to‘p tepdik va shu bois ochko olish qiyinligini bilardik.

- Dovbikka baho berishda faqat samaradorligini inobatga olish kerakmi?
- Yo‘q, undan ko‘proq narsa talab qilib, ishtiyoqini kuchaytirish kerak. Biz bu ishni har kuni amalga oshiryapmiz va harakat qilyapti. U maydon ichkarisidan to‘p uzatilganda kuchli hujumchiga aylanadi. Biz esa doim ham unga bunaqa pas bera olmayapmiz.

- Musobaqa jadvalida yuqori o‘rindagilarga qarayapsizmi?
- Yo‘q, men o‘z o‘yinchilarimga e’tibor qaratyapman. Ularga yozda ortimizga qaraganimizda, hech narsadan afsus chekmasligimiz kerakligini, buning uchun maydonda natija ko‘rsatish uchun qo‘limizdan kelganini qilishimiz lozimligini uqtirdim. Ular har bitta to‘p uchun kurashishi shart. Oldimizda sakkizta uchrashuv bor va ularning har biri bugungidek qiyin o‘tadi.

- Dovbikning bor imkoniyati shumi yoki hali ochilmagan qirralari bormi?
- O‘ylashimcha, uning salohiyati katta. Sekin-asta ochilib boryapti va bir nechta gol ham urdi. U xotirjam o‘ynashni o‘rganishi kerak, lekin bu oson bo‘lmaydi. Men unga “sen uchun gollar muhim, lekin har bitta to‘p uchun kurashishing lozim”, dedim.

- Maydonga Eldor Shomurodovni tushirib, Dovbikning ishini osonlashtirdingiz va u shundan keyin g‘alaba golini urdi...
- Ha, raqib himoyachilaridan ikki nafari Dovbikni muntazam qo‘riqlab turdi. Artyom o‘ziga bo‘lgan ishonchni yo‘qota boshladi. Ana shu vaziyatda unga o‘z yelkasini tutib, ko‘mak bera oladigan Shomurodovdek o‘yinchini tushirdim. Eldor Dovbik katta yordam kelganini his qilishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berdi.

- Ikki oy oldin jamoa to‘rtinchi o‘rin uchun kurashni orzu qilsa bo‘larmidi?
- Jamoaga kelganimda ishlash uchun shu yerda ekanimni aytganman. Men hech qanday va’da bermayman, faqat maqsad sari intilaman va o‘yinchilarimda ham xuddi shu holatni ko‘rishni istayman. O‘z ishimni oxirigacha yetkazib qo‘ya olishimga umid qilaman. Shuni va’da bera olamanki, o‘rnimga keladigan yangi murabbiy mendan yosh bo‘ladi. Yevropa Chempionlar ligasiga chiqsak ham, bu omil meni jamoada olib qololmaydi.

O‘xshash yangiliklar

Arsenal klubida o'n bir futbolchi jarohat olgan
Arsenal klubida o'n bir futbolchi jarohat olgan
Sport es nashri xabar berishicha, so'nggi xalqaro tanaffusdan keyin Londonning Arsenal futbol klubida vaziyat biroz murakkablashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mavsumning eng hal qiluvchi
Sport Bugun, 11:10
Mourinyo Ronaldosiz Portugaliyani oddiy jamoa deb baholadi
Mourinyo Ronaldosiz Portugaliyani oddiy jamoa deb baholadi
Benfika futbol klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Portugaliya terma jamoasi uchun Krishtianu Ronalduning o'rinbosarsiz ahamiyatini ochiq va bevosita baholab berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 10:53
O'zbekiston va Venesuela terma jamoalari o'rtasida jiddiy futbol bahsi
O'zbekiston va Venesuela terma jamoalari o'rtasida jiddiy futbol bahsi
Poytaxtimizda yana bir bor futbol havosi shiddat bilan o'ylarini olmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. FIFA Seriya 2026 doirasida o'tadigan O'zbekiston va Venesuela terma jamoalari
Sport Bugun, 10:49
Real Madrid Rodrini olib kelish rejasidan voz kechdi
Real Madrid Rodrini olib kelish rejasidan voz kechdi
Madridning mashhur Real klubi Angliyaning Manchester Siti jamoasidagi yarim himoyachi Rodri futbolchisini o'z safiga qo'shish bo'yicha ilgari belgilangan rejalarini o'zgartirdi.
Sport Bugun, 08:07
Bernardu Silva mavsum oxirida Manchester Sitini tark etadi
Bernardu Silva mavsum oxirida Manchester Sitini tark etadi
Oxirgi kungacha futbol dunyosida katta ahamiyatga ega bo'lgan xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Portugaliyalik iste'dodli yarim himoyachi Bernardu Silva joriy mavsum
Sport Bugun, 08:03
Kanselu Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionati g'olibi bo'ladi deb ishonch bildirmoqda
Kanselu Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionati g'olibi bo'ladi deb ishonch bildirmoqda
Barselona futbol klubi himoyachisi va Portugaliya terma jamoasi a'zosi Joau Kanselu kelgusi Jahon chempionati oldida o'z millatining kuchli da'vogarligiga chuqur ishonch bildirmoqda.
Sport Bugun, 07:43