Bugun
AQSH Eron neftini eksport qilishga cheklovni yumshatdi
+16°
пасмурно ветер 3.6 м/с, В

Eldor Shomurodovning “Lechche”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Sport
158

Eldor Shomurodovning “Lechche”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?
Italiya A Seriyasining 30-turida “Roma” safar uchrashuvida qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi va Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

“Lechche” jamoasi mezbonlik qilgan bellashuvda yagona golni Artyom Dovbik kiritdi. Biroq bosim ostida qolib ketgan ukrainalik hujumchining o‘yini maydonga Eldor Shomurodov tushirilganidan keyin ochildi.

Shu tariqa, “Roma” chempionatdagi qatorasiga yettinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va mag‘lubiyatsiz seriyasini 14 ta uchrashuvga yetkazib oldi.

Italiya futbolini yoritib kelayotgan tuttomercatoweb.com portali “Roma” futbolchilarining harakatlarini quyidagicha baholadi:

Svilar 6:
Uchrashuv darvozabon uchun ancha xotirjam o‘tdi. Birinchi bo‘limda raqib futbolchisi Galloning xavfli zarbasini bartaraf etdi va o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Manchini 6:
Birinchi bo‘limda himoyada biroz muammolarga duch kelgan bo‘lsa-da, o‘yinning ikkinchi yarmida hammasini o‘z nazoratida ushlab turdi. Hujum uyushtirishni ham unutmadi. Ikkinchi bo‘limda urgan goli inobatga olinmadi.

Xummels 6,5:
Raqibning eng xavfli hujumchisi Kristovichga qarshi o‘ynagan nemis futbolchisi raqobatchisiga o‘yin bermadi. Himoya markazini mustahkam ushladi.

Ndika 6:
O‘yinning birinchi yarmida Raneri jamoasida eng zo‘r o‘yinchilardan bo‘ldi. Keyin biroz harakatlari bo‘shashganiga qaramay, yuqori darajada harakat qildi.

Salemakers 5,5:
“Milan” va “Bolonya”ning sobiq futbolchisi o‘ng qanotdan o‘rin egalladi. Biroq raqib futbolchisi Galloni to‘xtatishda ancha qiyinchilikka duch keldi.

Kristante 6:
Butun uchrashuv davomida maydon markazida ustunlikni ta’minlashga harakat qildi.

Kone 5,5:
Fransiyalik futbolchi bu gal o‘z darajasida o‘ynay olmadi. Maydon markazida ko‘p xato qildi. Gol urish imkoniyatidan foydalana olmadi.

Anjelino 5,5:
Bellashuvda hisobni ochishga yaqin edi, lekin qulay vaziyatni boy berdi. Bir vaziyatda jamoasini goldan qutqardi va bu orqali boshqa kamchiliklarini yuvdi.

Sule 5,5:
Safdan chiqqan Dibalaning yo‘qligini bildirmasligi kerak edi. Biroq bu murakkab vazifani yetarli darajada bajara olmadi va o‘rnini 72-daqiqada Eldor Shomurodovga bo‘shatib berdi.

Shomurodov 6:
O‘yinga faol qo‘shildi va Artyom Dovbikka raqib himoyachilari tomonidan bo‘layotgan bosimni yengillashtirdi. Uchrashuv oxirida o‘zi ham gol urishi mumkin edi. Biroq raqib darvozaboni Falkone Eldorning zarbasini bartaraf etdi.

Pellegrini 5:
Raneri tajribali futbolchiga ilk daqiqalardan o‘ynash va maydon markazida hujumkorlikni ta’minlash imkonini berdi. Biroq “Roma” sardori kutilgan o‘yinni namoyish qila olmadi va 72-daqiqada o‘rniga Baldansi tushirildi.

Baldansi 6:
Uchrashuvga yaxshi ta’sir o‘tkazdi va rimliklarning hujumini kuchaytirishga erishdi.

Dovbik 7:
Ukrainalik hujumchi uchun qiyin o‘yin bo‘ldi. Raqib himoyachisi Gaspar uni yopib qo‘ydi. Shomurodov o‘yinga qo‘shilganidan keyin bellashuv yakunlanishiga o‘n daqiqa qolganda yagona imkoniyatidan unumli foydalanib qoldi.

Klaudio Raneri 6,5:
Juda muhim g‘alaba qo‘lga kiritildi. Chunki Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashdagi raqobatchilar – “Bolonya” va “Yuventus” ham uchtadan ochkoni qo‘lga kiritgan edi. Uchrashuvda Artyom Dovbikni maydonda qoldirib, yordamga Eldor Shomurodovni tushirgani o‘z samarasini berdi.

O‘xshash yangiliklar

Xalqaro futbol federatsiyasi Nigeriya e'tirozini rad etdi
Xalqaro futbol federatsiyasi Nigeriya e'tirozini rad etdi
Jahon futboli maydonlarida to'p surish bilan birga huquqiy kurashlar ham o'z cho'qqisiga chiqmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Afrika qit'asida JCh-2026 yo'llanmasi
Sport Kecha, 23:53
O‘zbekiston terma jamoasida jarohatlar sabab o‘zgarishlar yuz berdi
O‘zbekiston terma jamoasida jarohatlar sabab o‘zgarishlar yuz berdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA Series doirasida o‘tkaziladigan uchrashuvlarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 22 mart kuni Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot
Sport Kecha, 22:55
Liverpool asosiy hujumchilar yo‘qligida mag‘lub bo‘ldi
Liverpool asosiy hujumchilar yo‘qligida mag‘lub bo‘ldi
“Liverpool” jamoasi bosh murabbiyi Arne Slot Premyer-liganing 31-turida “Brighton”ga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lishida asosiy hujumchilarning yo‘qligi jamoaga salbiy ta’sir ko‘rsatganini ta’kidladi.
Sport Kecha, 22:45
Simeone Atletico Real Madridga qarshi kuchli o‘yinga tayyorlanmoqda
Simeone Atletico Real Madridga qarshi kuchli o‘yinga tayyorlanmoqda
“Atletiko” jamoasi bosh murabbiyi Diego Simeone La Liga 29-turida “Real Madrid”ga qarshi o‘tkaziladigan o‘yinda jamoasi bor kuchini sarflashini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U ushbu
Sport Kecha, 22:17
Liverpul Braytonga mag'lub bo'ldi va ikki gol yurdi
Liverpul Braytonga mag'lub bo'ldi va ikki gol yurdi
Angliya Premer-ligasining o'ttiz birinchi turida kuchli bahs bo'lib o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. "Brayton" va "Liverpul" jamoalari bir-biriga qarshi
Sport Kecha, 20:50
Manchester City Arsenal o'rniga chempionlikni qo'lga kiritishini istaydi
Manchester City Arsenal o'rniga chempionlikni qo'lga kiritishini istaydi
Premer-liganing eng so'nggi mavsumi shafqatsiz poygaga aylanib, ko'plab muxlislar orasida qizg'in munozaralarni keltirib chiqarmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The Athletic
Sport Kecha, 17:26