Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 fevral
+7°
небольшой дождь ветер 3.1 м/с, ЮВ

“Manchester Yunayted” afsonasi Abduqodir Husanovni kelajakda nimalar kutayotganini aytdi

Sport
155

“Manchester Yunayted” afsonasi Abduqodir Husanovni kelajakda nimalar kutayotganini aytdi
Abduqodir Husanov joriy yilning yanvar oyida “Lans”dan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tganidan keyin O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng mashhur o‘yinchisiga aylandi.

Buning bir necha sabablari bor, albatta. Birinchidan, “shaharliklar” o‘ndan ziyod nomdor klublarning nishoniga tushgan o‘zbek futbolchisi uchun favqulodda yirik summa – bonuslarni qo‘shib hisoblaganda 50 million yevro sarfladi.

Ikkinchidan, Abduqodir Husanov Xosep Gvardiola qo‘l ostiga borishi bilan birdaniga boshlang‘ich tarkib o‘yinchisiga aylandi. 21 yoshli legionerimizning “Real”, “Liverpul”, “Nyukasl”, “Tottenxem” kabi jamoalarning eng kuchli hujumchilariga qarshi o‘yini muxlis-u mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.

Angliya futbolining mashhur o‘yinchilari, mutaxassislari, murabbiylari o‘zbek futbolchisining salohiyati va iqtidoriga baho berishi odatiy hol bo‘lib qoldi.

Endi Abduqodir Husanov haqida “Manchester Yunayted”ning afsonasiga aylangan yulduz Roy Kin o‘z fikr-mulohazasini bildirdi.

- Husanov o‘zining debyut uchrashuvidagi ko‘ngilsiz voqealarni unutib yubordi, deb o‘ylayman. Bu yerga endigina kelgan o‘yinchiga yangi mamlakatga ko‘nikish, til o‘rganishga urinish, yangi jamoadoshlar bilan til topishish oson kechmaydi.

Men Abduqodirda hammasi iziga tushib ketganiga ishonaman.

Bu o‘yinchining debyuti og‘ir o‘tgani aniq, biroq bu holat futbolchi o‘z boshidan o‘tkazishi shart bo‘lgan chaqiruv hisoblanadi. Husanov yaxshi o‘yinchi va hali hamma narsa joyiga tushib ketadi. To‘liq moslashib olishi uchun unga yana biroz vaqt kerak.

Husanov yaqin kelajakda “Manchester Siti”ning top-o‘yinchisiga aylanadi va bunga hech qanday shubham yo‘q, - dedi Roy Kin ITV telekanaliga bergan intervyusida.

Abduqodir Husanov qisqa fursatda jahon futboli cho‘qqisiga ko‘tarilgan o‘yinchilardan hisoblanadi. Futbol sir-asrorlarini “Bunyodkor”da o‘rgangan himoyachi professional faoliyatini Belarus chempionatida boshladi. 2022 yili “Energetik-BGU” bilan ilk professional shartnomasini imzolagan futbolchi keyingi yil yozda Yevropaning top-ligalaridan biri – Fransiya chempionatiga yo‘l oldi.

Liga 1 o‘yinlarida “Lans” sharafini bir yarim yil himoya qilgan Abduqodir Husanov 2025 yilning 20 yanvar kuni “Manchester Siti” futbolchisiga aylandi.

21 yoshli legionerimiz “shaharliklar” vakili sifatida Premer-Liga, Angliya kubogi va Yevropa Chempionlar ligasida debyutini nishonladi. Abduqodir endi yozda FIFA tomonidan yangi formatda tashkil etilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi. Nasib qilsa, Husanov bo‘lajak turnirda qatnashgan ilk o‘zbek futbolchisiga aylanadi.

Eng muhimi esa, Abduqodir Husanov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma olish arafasida turibdi. Mamlakatimiz bosh jamoasi mintaqaviy saralash turnirining uchinchi bosqichida o‘z guruhida 17 ochko to‘plagan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Oldinda qolgan ikkita bahsda Birlashgan Arab Amirliklari bilan durang yoki Qatar ustidan qozoniladigan g‘alaba ham futbolchilarimiz uchun jahon chempionati eshiklarini ochadi.

O‘xshash yangiliklar

“Tottenhem” “Siti”ni to‘xtatdi, Solanke qahramon bo‘ldi
“Tottenhem” “Siti”ni to‘xtatdi, Solanke qahramon bo‘ldi
Angliya Premer-ligasining 24-tur uchrashuvidan biri Londonda muhim voqealar bilan yodda qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. “Tottenhem” o‘z maydonida chempionlik uchun asosiy da’vogar “Manchester
Sport Kecha, 23:20
Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning eng yaxshilaridan!
Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ning eng yaxshilaridan!
"Manchester Siti" rasmiy sayti yanvar oyining eng yaxshi futbolchisini aniqlash maqsadida uch nafar nomzodni e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu ro‘yxatda himoyachi Abduqodir
Sport Kecha, 22:18
«Barselona» chorak finalda «Albasete»ni sinovdan o‘tkazadi
«Barselona» chorak finalda «Albasete»ni sinovdan o‘tkazadi
Ispaniya Kubogining chorak finalida «Barselona» jamoasi «Albasete» bilan bahs olib boradi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu o‘yin oldidan «Barselona» bosh murabbiyi Hansi Flik raqibni jiddiy
Sport Kecha, 20:50
Rodri: "Hakamlar qarori o‘yin taqdirini o‘zgartirdi"
Rodri: "Hakamlar qarori o‘yin taqdirini o‘zgartirdi"
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida "Manchester Siti" va "Tottenhem" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uchrashuvda 2:2 hisobida durang qayd
Sport Kecha, 19:10
O‘zbekiston U-20: Xitoyda jiddiy sinovlar kutmoqda
O‘zbekiston U-20: Xitoyda jiddiy sinovlar kutmoqda
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi oldinda turgan musobaqalarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 27-yanvardan boshlab jamoa Toshkentdagi Milliy futbol markazida o‘quv-yig‘in
Sport Kecha, 18:57
Anchelotti Braziliya bilan 2030 yilgacha ishlaydi
Anchelotti Braziliya bilan 2030 yilgacha ishlaydi
Braziliya futbol konfederatsiyasi va Karlo Anchelotti o‘rtasidagi hamkorlik uzoq muddat davom etishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, tajribali
Sport Kecha, 15:36