Bugun
Mbappe jarohatiga qaramay mart oyi uchrashuvlarida maydonga tushadi
пасмурно ветер 4.3 м/с, СЗ

Ulug‘bek Baqoyev jamoasining kechagi mag‘lubiyati haqida nimalar dedi?

Sport
139
Ulug‘bek Baqoyev jamoasining kechagi mag‘lubiyati haqida nimalar dedi?
"Buxoro" - "Bunyodkor" (0:2) uchrashuvidan so‘ng buxoroliklar ustozi Ulug‘bek Baqoyev matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

- Birinchi bo‘limda tengma-teng o‘yin bo‘ldi. Tanaffusgacha yaxshiroq o‘ynadik, deb ayta olaman. Ikkita gol urishimiz ham mumkin edi. Realizatsiya masalasida oqsadik. Ikkinchi bo‘limda esa "Bunyodkor" futbolchilari kutishda davom etishdi va yakunda gol urishdi. Birinchi golni rikoshetdan, keyingisini esa burchak zarbasidan so‘ng o‘tkazib yubordik. Jamoamga hech qanday e’tirozim yo‘q. Biz yaxshi o‘ynadik, ammo vaziyatlardan foydalana olmaganimiz tufayli pand yedik. "Bunyodkor"ni g‘alaba bilan tabriklayman.

- "Buxoro" o‘z vaziyatlaridan yaxshi foydalana olmadimi yoki "Bunyodkor" yaxshi himoyalandimi? O‘yin natijasiga qaysi faktor ko‘proq ta’sir qildi, deb o‘ylaysiz?

- Ikki teng jamoalar maydonda edi. Ikki jamoa ham tartibli o‘yin namoyish etdi, ammo bu futbol. Rikoshet ro‘y bergan vaziyat bizga ta’sir qildi. Bu omadsiz holat bo‘ldi, xolos. "Bunyodkor" g‘alabani ko‘proq istagan shekilli, omad ularga kulib boqdi.

- O‘tgan mavsum "Buxoro" safida Artyom Filiposyan, Vitaliy Denisov va Jasur Hasanov kabi tajribali, ammo yoshi katta futbolchilar o‘ynagandi. Joriy mavsumda esa Ravshan Xayrullayev, Javohir Ro‘ziyev kabi yosh futbolchilar asosiy tarkibdan joy olishmoqda. Joriy mavsum startidan avval jamoani yoshartirishga qaror qildingizmi?

- Men futbolchilarning yoshiga qaramayman. Kim mening talablarimga javob bersa, o‘sha futbolchi o‘ynayveradi. Yosh va pasportning ahamiyati yo‘q. Biz bilan birga bo‘lgan yigitlarga katta rahmat aytaman, ular biz bilan birga bo‘lishdi. Yosh futbolchilar esa o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishga loyiq ekanligini ko‘rsatishmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Mbappe jarohatiga qaramay mart oyi uchrashuvlarida maydonga tushadi
Mbappe jarohatiga qaramay mart oyi uchrashuvlarida maydonga tushadi
Madridning mashhur Real klubi safidagi yulduz hujumchi Kilian Mbappe hozirda tizzasidan olgan jarohatini davolash bilan band bo'lib, shifokorlar ko'rsatmalariga qat'iy amal qilmoqda.
Sport Bugun, 19:14
Xorvatiyalik hujumchi Neftchida dubl qayd etdi
Xorvatiyalik hujumchi Neftchida dubl qayd etdi
Farg'onaning "Neftchi" futbol klubi joriy mavsumni katta ishtiyoq va yangi maqsadlar bilan boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Jamoaga kelib qo'shilgan xorvatiyalik legioner
Sport Bugun, 18:46
Kongo futbol federatsiyasi rahbari umrbod qamoqqa hukm qilindi
Kongo futbol federatsiyasi rahbari umrbod qamoqqa hukm qilindi
Kongo Respublikasining futbol federatsiyasi rahbari Jan-Gi Blez Mayolas o'zining og'ir jinoyatlari uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mahalliy sud
Sport Bugun, 18:32
Nasaf va Sogdiyona uy uchrashuvlarini boshqa stadionlarda o'tkazadi
Nasaf va Sogdiyona uy uchrashuvlarini boshqa stadionlarda o'tkazadi
O'zbekiston Superligasining to'rtinchi tur doirasidagi muhim uchrashuvlar o'tkaziladigan joylarda kutilmagan o'zgarishlar ro'y berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu holat
Sport Bugun, 18:28
Chempionlar ligasida safardagi gol qoidasi bekor qilindi
Chempionlar ligasida safardagi gol qoidasi bekor qilindi
Chempionlar ligasining eng qiziqarli bosqichi yaqinlashib keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Oltinchi yuz yigirma ming tomoshabinga ega bo'lgan musobaqada olti yuz olti jamoa ishtirok etadi.
Sport Bugun, 17:49
Gvardiola yo'qligida Man Siti Liverpulga qarshi bahsni kutmoqda
Gvardiola yo'qligida Man Siti Liverpulga qarshi bahsni kutmoqda
Angliya Kubogi chorak final bosqichida muxlislar ko'ngiliga yaqin bo'lgan eng katta to'qnashuvlardan biri o'tmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Man Siti klubi o'z uyida
Sport Bugun, 17:45