Bugun
Mbappe jarohatiga qaramay mart oyi uchrashuvlarida maydonga tushadi
пасмурно ветер 4.3 м/с, СЗ

Raneri: “Bu o‘yinda asosiy maqsad — mag‘lubiyatdan qochish edi”

Sport
124
Raneri: “Bu o‘yinda asosiy maqsad — mag‘lubiyatdan qochish edi”
Kecha bo‘lib o‘tgan bahsda “Roma” jiddiy raqibga qarshi maydonga tushdi va ko‘pchilik ushbu to‘qnashuvda jamoaning qanday harakat qilishi bilan qiziqdi. Uchrashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Klaudio Raneri matbuot anjumanida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Men bolalardan mamnunman. Biz bunday o‘yin bo‘lishini oldindan kutgandik — buni matbuot anjumanida ham aytgan edim. Shu bois raqibning bosimi biz uchun kutilmagan holat emas edi,” — dedi tajribali mutaxassis.

Raneri raqib bosimiga qaramay jamoaning javob qaytarishga bo‘lgan intilishini alohida ta’kidlab o‘tdi:

“Bizning rejamiz har bir zarbaga zarba bilan javob berish edi. Afsuski, dastlabki 20 daqiqada bu ishni uddalay olmadik. Biroq keyingi 20 daqiqada yaxshi harakat qildik — Niko Gonsalesning bosh bilan yo‘llagan to‘pi to‘sindan qaytdi, Kristante esa gol urishga yaqin bo‘ldi.”

Biroq hujumlar gol bilan yakunlanmagani Ranerini alamlantirgani sezildi:

“Gol urish o‘rniga bo‘lim so‘ngida gol o‘tkazib yubordik — bu albatta juda alamli edi.”

Shu bilan birga, murabbiy ikkinchi bo‘limda jamoa qanday harakat qilganidan mamnun ekanini bildirdi:

“Baxtimizga ikkinchi bo‘lim avvalida hisobni tenglashtirdik. Keyin g‘alaba uchun harakat qildik, ammo asosiy maqsad — mag‘lub bo‘lmaslik edi. Shu jihatdan qaraganda, jamoa o‘ziga yuklatilgan vazifani bajardi.”

Matbuot anjumani yakunida Raneri futbolchilarining ruhiy tayyorgarligi va jangovar kayfiyatini alohida ta’kidladi:

“Bugungi o‘yindagi futbolchilarimning harakatlaridan to‘liq mamnunman. Ular oxirgi daqiqalargacha kurashishdi. Bu men uchun juda muhim.”

O‘xshash yangiliklar

Mbappe jarohatiga qaramay mart oyi uchrashuvlarida maydonga tushadi
Mbappe jarohatiga qaramay mart oyi uchrashuvlarida maydonga tushadi
Madridning mashhur Real klubi safidagi yulduz hujumchi Kilian Mbappe hozirda tizzasidan olgan jarohatini davolash bilan band bo'lib, shifokorlar ko'rsatmalariga qat'iy amal qilmoqda.
Sport Bugun, 19:14
Xorvatiyalik hujumchi Neftchida dubl qayd etdi
Xorvatiyalik hujumchi Neftchida dubl qayd etdi
Farg'onaning "Neftchi" futbol klubi joriy mavsumni katta ishtiyoq va yangi maqsadlar bilan boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Jamoaga kelib qo'shilgan xorvatiyalik legioner
Sport Bugun, 18:46
Kongo futbol federatsiyasi rahbari umrbod qamoqqa hukm qilindi
Kongo futbol federatsiyasi rahbari umrbod qamoqqa hukm qilindi
Kongo Respublikasining futbol federatsiyasi rahbari Jan-Gi Blez Mayolas o'zining og'ir jinoyatlari uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mahalliy sud
Sport Bugun, 18:32
Nasaf va Sogdiyona uy uchrashuvlarini boshqa stadionlarda o'tkazadi
Nasaf va Sogdiyona uy uchrashuvlarini boshqa stadionlarda o'tkazadi
O'zbekiston Superligasining to'rtinchi tur doirasidagi muhim uchrashuvlar o'tkaziladigan joylarda kutilmagan o'zgarishlar ro'y berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu holat
Sport Bugun, 18:28
Chempionlar ligasida safardagi gol qoidasi bekor qilindi
Chempionlar ligasida safardagi gol qoidasi bekor qilindi
Chempionlar ligasining eng qiziqarli bosqichi yaqinlashib keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Oltinchi yuz yigirma ming tomoshabinga ega bo'lgan musobaqada olti yuz olti jamoa ishtirok etadi.
Sport Bugun, 17:49
Gvardiola yo'qligida Man Siti Liverpulga qarshi bahsni kutmoqda
Gvardiola yo'qligida Man Siti Liverpulga qarshi bahsni kutmoqda
Angliya Kubogi chorak final bosqichida muxlislar ko'ngiliga yaqin bo'lgan eng katta to'qnashuvlardan biri o'tmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Man Siti klubi o'z uyida
Sport Bugun, 17:45