Bugun
Ispaniyalik Mendes yana O'zbekiston futzal jamoasiga bosh murabbiy bo'ldi
+3°
пасмурно ветер 5 м/с, ЮВ

“Manchester Siti” himoyasini qayta qurmoqda: Husanov markazda asosiy figuraga aylanishi mumkin

Sport
114
“Manchester Siti” himoyasini qayta qurmoqda: Husanov markazda asosiy figuraga aylanishi mumkin
Angliyaning yetakchi klublaridan biri — “Manchester Siti” joriy mavsumda yo‘qotgan gegemonligini kelgusi chempionatda tiklash niyatida. Klub rahbariyati yozgi transferlar davrida kuchli tarkib shakllantirib, Premer-liga va Yevropa miqyosidagi turnirlarda bosh sovrinlar uchun jiddiy kurash olib borishni maqsad qilmoqda.

Xosep Gvardiolaning o‘yin uslubiga mos yosh va iqtidorli futbolchilarni tanlash uchun klub skautlari ish boshlab bo‘ldi. “CityXtra” portali tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, himoya chizig‘ida jiddiy o‘zgarishlar kutilyapti.

Aynan shu maqsadda “Siti” hozirda “Udineze”da to‘p surayotgan fransiyalik himoyachi Umar Sole bilan qiziqmoqda. Uning transferi uchun klub 30 million yevro tayyorlagan. Bu futbolchiga “Liverpul” va “Chelsi” ham da’vogarlik qilmoqda.

Qizig‘i shundaki, joriy mavsum himoya chizig‘ida Manuel Akanji, Jon Stounz va Natan Ake kabi futbolchilar jarohatlar bilan kurashgani sababli, klub qishda Abduqodir Husanov va Vitor Reysni tarkibga qo‘shishga majbur bo‘lgan. Ushbu holat natijasida o‘zbek legioneri bir necha uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Abduqodirning imkoniyatlari qanday baholanmoqda?
Xosep Gvardiola yozda uni o‘zi shaxsan tayyorlab, to‘liq o‘z uslubiga moslashtirmoqchi. Murabbiy Abduqodirni kelgusidagi yangi himoya loyihasining markaziy figurasi sifatida ko‘rayotgani aytilmoqda.

Umar Soleni xarid qilish rejasi jamoa himoyasidagi raqobatni oshirishga qaratilgan bo‘lib, “Siti” tarkibdan Ake, Stounz yoki Akanjidan birini chiqarib yuborishni ham ko‘rib chiqmoqda.

Shu bilan birga, klub “Yuventus” himoyachisi Andrea Kambyasoni ham o‘z tarkibiga qo‘shish niyatida.

Yil davomida salomatlik muammolariga duch kelmagan yagona himoyachi — Yoshko Gvardiol. Uning barqaror o‘yini murabbiylar shtabi tomonidan alohida e’tirof etilgan. Shu bilan birga, bahorgi uchrashuvlarda Abduqodir Husanov bilan juftlikda Riko Lyuisning o‘yini ham ijobiy baholanmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Ispaniyalik Mendes yana O'zbekiston futzal jamoasiga bosh murabbiy bo'ldi
Ispaniyalik Mendes yana O'zbekiston futzal jamoasiga bosh murabbiy bo'ldi
O'zbekiston futzal terma jamoasi tarixida yangi va muhim bosqich boshlanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ispaniyalik taniqli mutaxassis Xose Mariya Mendes milliy jamoamizning yangi bosh
Sport Bugun, 14:53
Minskda taekvondo bo'yicha o'zbekistonliklar katta g'alaba qozondi
Minskda taekvondo bo'yicha o'zbekistonliklar katta g'alaba qozondi
Belarus poytaxti Minsk shahrida taekvondo bo'yicha o'tkazilgan Kubok silneyshix sportsmenov xalqaro turniri shuhrat bilan yakunlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu nufuzli
Sport Bugun, 14:44
Maks Xollouey maglubiyatni tan oldi va muxlislaridan uzr so'radi
Maks Xollouey maglubiyatni tan oldi va muxlislaridan uzr so'radi
Amerikalik taniqli aralash jang san'ati (MMA) sportchisi Maks Xollouey "UFC 326" turnirida braziliyalik Charles Oliveyraga qarshi o'tgan jangdan so'ng o'z fikrlarini
Sport Bugun, 14:43
Eronlik futbolchilar Avstraliyada siyosiy boshpana oldi
Eronlik futbolchilar Avstraliyada siyosiy boshpana oldi
Avstraliya hududida bo'lib o'tgan Osiyo kubogi musobaqasi davomida Eron ayollar terma jamoasi a'zolari bilan bog'liq shov-shuvli voqea yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 14:01
O'zbekiston xokkeychilari Gonkongda jahon chempionatida g'olib bo'ldi
O'zbekiston xokkeychilari Gonkongda jahon chempionatida g'olib bo'ldi
Gonkong shahrida o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi xokkey bo'yicha jahon chempionati uchun O'zbekiston terma jamoasi haqiqiy qahramonlik qilishga muvaffaq bo'ldi. Bu haqda
Sport Bugun, 13:44
LaLiga kelgusi mavsumdan boshlab aqlli to'plarni qo'llaydi
LaLiga kelgusi mavsumdan boshlab aqlli to'plarni qo'llaydi
Ispaniya futbolining eng nufuzli musobaqasi bo'lgan LaLiga kelgusi mavsumdan boshlab zamonaviy texnologiyalardan foydalanishga o'tadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Chempionat rahbari
Sport Bugun, 13:22