Bugun
Urush tufayli Fors ko'rfazi davlatlari iqtisodiy inqirozga uchramoqda
+22°
ясно ветер 2.7 м/с, С

Shomurodovning kechagi o‘yinini ekspertlar qanday baholadi?

Sport
162

Shomurodovning kechagi o‘yinini ekspertlar qanday baholadi?
“Roma” A Seriyaning 33-turida “Verona”ga qarshi juda murakkab o‘yin o‘tkazdi. Bu bahs oldidan Artyom Dovbik chap tizzasida kichik muammo borligi ma’lum bo‘lgan edi va shu bois, Klaudio Raneri ilk daqiqalardan Eldor Shomurodovni maydonga tushirdi.

Ekspertlar ta’kidlaganidek, o‘zbek hujumchisi ustozi berayotgan har bir imkoniyatdan maksimal foydalanishga harakat qilyapti. “Verona” bilan bellashuvda ham shunday bo‘ldi.

Eldor to‘rtinchi daqiqadayoq, raqib darvozasini ishg‘ol qilib, “Olimpiko”ni “portlatdi”. Aynan mana shu gol “Roma”ning g‘alabasini ta’minladi va “bo‘rilar” Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashish imkonini saqlab qoldi.

Nufuzli manba – tuttomercatoweb.com sayti ekspertlari “Roma” futbolchilarining harakatlarini quyidagicha baholadi.

Svilar 6 – Birinchi bo‘limni ancha tinch o‘tkazdi, Moskueraning markazga tepgan zarbasini qaytarishdan boshqa jiddiy harakat qilmadi. Ikkinchi bo‘limda ham ko‘p ish tushmadi.

Celik 6 – O‘z qanotida tartibli o‘yin o‘tkazib, butun 90 daqiqa davomida jamoa himoyasiga yaxshi mustahkamlik berdi.

Mancini 6 – Markaziy himoyada yaxshi o‘ynadi va raqib hujumchilariga imkon bermadi. Faqat bir marta, ikkinchi bo‘lim boshida Moskuera uni ortda qoldirib ketdi, lekin gol bo‘lmadi.

Ndicka 6 – Verona jamoasi hujum qilgan paytlarda yaxshi yopildi va himoya chizig‘ini to‘ldirib turdi. Umuman olganda tinch kechgan kecha.

Saelemaekers 6 – O‘ng qanotda yetarli darajada o‘ynadi, ko‘zga tashlanadigan harakatlari bo‘lmadi, lekin jiddiy xatoga yo‘l qo‘ymadi. 70-daqiqadan Dovbik 6 – Raneri tomonidan dastlab asosiy tarkibga kiritilmaganidan keyin, maydonga yaxshi kayfiyat bilan tushdi va hatto hisobni 2:0 qilishga yaqin keldi.

Koné 6,5 – Kristante kabi golda ishtirok etgan ajoyib harakatlar qilmadi, biroq maydonning eng muhim hududida o‘zini sezdirib turdi. Ikkinchi bo‘limda hujumga faol qo‘shildi.

Cristante 6,5 – Raneri jamoasining eng yaxshilaridan biri bo‘ldi, ayniqsa birinchi bo‘limda. Yarim himoyada yaxshi o‘ynab, Shomurodovning goliga sababchi bo‘lgan kombinatsiyani boshladi.

Angelino 5,5 – "Leypsig"ning sobiq o‘yinchisi bu safar u qadar yaxshi ko‘rinish bermadi, hujumda ham ko‘p yordamchi bo‘lolmadi. Bundan tashqari, bir necha marta Tchatchuaga qarshi qiyinchilikka uchradi.

Soulé 7 – "Roma"ga derbida 1 ochko taqdim qilganidan keyin ham ajoyib formasini saqlab qoldi. Shomurodovning goliga assistentlik qilishdan tashqari, bir necha marta o‘zi ham vaziyatlar yaratib, hujum va himoyada samarali harakat qildi. 82-daqiqada o‘rnini Renshga bo‘shatib berdi.

Baldanzi 5 – Asosan chap qanotda harakat qildi, lekin kutilganidek o‘yinni jonlantira olmadi. Ikkinchi bo‘lim boshida amalga oshirgan, nostik aniq ketmagan zarbasidan boshqa yodda qolarli harakati bo‘lmadi. 63-daqiqadan Pizilli 6 – "Roma" yarim himoyasiga yangi kuch bag‘ishladi va o‘yin so‘nggidagi keskinlikka qarshi turishda yordam berdi.

Shomurodov 7,5 – Dovbik o‘rniga asosiy tarkibda tushib, o‘z imkoniyatini ideal tarzda ishlatdi. 4-daqiqadayoq jamoasi uchun g‘alaba golini kiritdi. Boshqa ko‘plab vaziyatlarda ko‘rinmagan bo‘lsa-da, maydonda bo‘lgan paytida barcha kuchini jamoadoshlari uchun ishlatdi. Mavsum so‘nggida Chempionlar ligasi yo‘lida muhim rol o‘ynadi. 82-daqiqada o‘rniga El Shaaravi maydonga tushdi.

Claudio Ranieri 6,5 – Uning jamoasi "Yuventus" va "Latsio"ga qarshi duranglardan keyin g‘alaba qozondi. Mukammal bo‘lmasada, jamoasi zarur bo‘lgan g‘alabani qo‘lga kiritdi. Chempionlar ligasi uchun kurashda umidlarni saqlab qolishga yordam beruvchi natija bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Premyer-liga Muhammad Salohni abadiy afsona deb ta'rifladi
Premyer-liga Muhammad Salohni abadiy afsona deb ta'rifladi
Premyer-liga sokin va adolatli ovoz bilan Misrlik yulduz Muhammad Salohning "Liverpool" klubini tark etish qaroridan so'ng uni katta hurmat bilan esga oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 10:58
Abduqodir Husanovning Angliyadagi muvaffaqiyati dunyo ommasi e'tiborini tortdi
Abduqodir Husanovning Angliyadagi muvaffaqiyati dunyo ommasi e'tiborini tortdi
O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov hozirda Angliyaning Manchester Siti klubi tarkibida o'zining yuksak malakasini namoyon etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 10:36
Saloh Liverpuldagi faoliyatini yakunlab Saudiya Arabistoniga o'tishi ehtimol
Saloh Liverpuldagi faoliyatini yakunlab Saudiya Arabistoniga o'tishi ehtimol
Muhammad Saloh mavsum yakunlandi va u Liverpul klubi tarkibini tark etishini rasman e'lon qilgandan so'ng, dunyo futbol jamoatchiligi uning kelajakdagi yo'l tanloviga katta
Sport Bugun, 10:24
Klopp Real Madridga borish ehtimolini asossiz deb atadi
Klopp Real Madridga borish ehtimolini asossiz deb atadi
Liverpul jamoasining sobiq bosh murabbiyi Yurgen Kloppning Madriddagi Real klubini qo'lga olishi ehtimoli haqida ommaviy axborot vositalarida tarqalgan xabarlarga u o'z munosabatini
Sport Bugun, 10:22
Anchelotti Vinisiusni Jahon chempionatining hal qiluvchi ulduzi deb baholadi
Anchelotti Vinisiusni Jahon chempionatining hal qiluvchi ulduzi deb baholadi
Braziliya milliy futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti kelgusi jahon chempionati oldidan o'z jamoasining eng yorqin ulduzi Vinisius Junior haqida fikr bildirdi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 09:51
Real klubi Mbappe jarohati bo'yicha xato qilganmi
Real klubi Mbappe jarohati bo'yicha xato qilganmi
Madridning mashhur Real futbol klubi sobiq ovqatlanish mutaxassisi Isiar Gonsales ommaviy axborot vositalarida tarqalgan so'nggi xabarlarga o'z munosabatini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 08:55