Bugun
Dubay aeroportidagi to'xtashlar katta iqtisodiy zarar keltirmoqda
+11°
пасмурно ветер 0.4 м/с, В

Raqib futbolchilari Husanovdan qochib qutila olmadi!

Sport
112
Raqib futbolchilari Husanovdan qochib qutila olmadi!
Buyuk Britaniya futbol jamoatchiligi Angliyaning amaldagi chempioni – “Manchester Siti”ning qishki transferlarini muhokama qilishda davom etmoqda.

Xususan, klubning rasmiy sayti – mancity.com “Matchday Live” loyihasi orqali mashhur ekspertlar Sem Ellardays va Endi Morrisonning “Nyukasl” bilan boʻlgan gʻalabali uchrashuvdagi Abduqodir Husanov, Umar Marmush va Niko Gonsalesning jamoa oʻyini va natijalariga qanday ta'sir oʻtkazayotgani haqidagi tahlillari natijalarini tarqatdi.

Sem Ellardays Umar Marmush haqida:
- Yanvar oyida kelgan futbolchining darrov jamoaga kirishib ketishi va bitta uchrashuvga bu darajada ta'sir oʻtkazganiga hozirgacha kimdir guvoh boʻlgan, deb oʻylamayman.

Men murabbiylik qilgan davrda jamoamga kelgan aksariyat oʻyinchilar Premer-liga tempiga, jismoniy talablarga moslashib olishga bor kuchlari bilan harakat qilardi, biroq ular bosh murabbiyga oʻz sifatlarini namoyish qilishlari uchun kamida keyingi mavsumgacha vaqt zarur boʻlardi.

Shuning uchun ham bu ishlarni tez bajarish, katta iste'dodini darrov koʻrsata olish va har qanday qiyinchiliklarni engib oʻtish – juda katta gap. Umar Marmush jamoaga kelgan chogʻidayoq Erling Xoland bilan mustahkam aloqa oʻrnata oldi.

“Nyukasl” darvozasiga 33 daqiqada urilgan uchta gol, bu yigitning kelajagi uchun ham juda foydali boʻladi.

Endi Morrison Abduqodir Husanov haqida:
- “Nyukasl” bilan boʻlgan bahsda Jon Stounz bilan himoya markazidan joy olgan va yuqori sport formasida boʻlgan raqib hujumchisi Aleksander Isaakning harakatlarini toʻliq nazorat qilgan Abduqodir Husanov hammani hayratga soldi.

Raqib futbolchilari undan qochib qutila olmadi.

Biz Sem Ellardays bilan birga oʻzbek futbolchisining katta tezlikda 40 yard masofadan ortga qaytgani va Isaakka etib olib unga oʻyin bermaganini koʻrib, bir-birimizga qarab, hayratdan yoqa ushlab qoldik.

Abduqodir katta jamoaga va Isaak singari jahonning eng zoʻr hujumchilaridan biriga qarshi juda ishonchli oʻynab, oʻzining yuqori darajasiga qaytayotganini koʻrsatdi.

Husanovning keyin uchrashuvlardagi oʻyini debyut oʻyinining startidagi omadsiz vaziyatlarga fantastik javob boʻldi. Aksariyat hollarda bunaqa debyut oʻyinchilarning oʻziga boʻlgan ishonchini sindirib qoʻyadi.

Husanovning faoliyatida bir “portlash” boʻldi, lekin u bu qiyinchiliklarni engib oʻta oldi. Abduqodir uchun xursandmiz.

Sem Ellerdays Niko Gonsales haqida:
- Niko Gonsales maydon markazidan joy oldi va butun yarim himoyani yuqori darajada boshqardi. Uning oʻyinga qoʻshayotgan hissasi, oʻyinni oʻqiy olish qobiliyati, toʻpni egallab olishi juda yorqin chiqdi va hammaning e'tiborini qozondi.

Ishoning, Premer-ligaga kelishi bilan yuqori darajada oʻynab kelish har kimning ham qoʻlidan keladigan ish emas.

Eslatib oʻtamiz, “Manchester Siti” qishki transferlar qaytida toʻrtta transfer uchun 200 million yevrodan ortiq pul sarfladi. Xususan, “shaharliklar” yanvarda “Lans”dan Abduqodir Husanovni 40 million, “Portu”dan Niko Gonsalesni 60 million, “Aytraxt”dan Umar Marmushni 75 million, “Palmeyras”dan Vitor Reysni 37 million yevroga transfer qildi.

O‘xshash yangiliklar

"Real Madrid"ning chempionlik umidlari so'nmoqda
"Real Madrid"ning chempionlik umidlari so'nmoqda
Ispaniya chempionatining 26-turida "Xetafe"ga qarshi o'yinda kutilmagan mag'lubiyat "Real Madrid"ning chempionlik uchun kurashiga jiddiy zarba berdi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 20:03
Bernardu Silva Manchester Sitiga sadoqatini yana tasdiqladi
Bernardu Silva Manchester Sitiga sadoqatini yana tasdiqladi
Manchester Siti sardori Bernardu Silva klubdagi kelajagi haqida savollar ko'payayotgan bir vaqtda, muxlislar uchun iliq va samimiy so'zlar aytdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 16:25
"Real" Madrid "Xetafe"ga mag'lub, muxlislar norozilikda
"Real" Madrid "Xetafe"ga mag'lub, muxlislar norozilikda
Ispaniya chempionatining 26-turida "Real" Madrid jamoasi o'z maydonida "Xetafe"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu natija
Sport Bugun, 14:37
"Real" "Xetafe"ga yutqazdi, tarkibda yo'qotishlar mavjud
"Real" "Xetafe"ga yutqazdi, tarkibda yo'qotishlar mavjud
Ispaniya chempionatining 26-turida "Real" o'z maydonida "Xetafe"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi va chempionlik poygasida noqulay vaziyatga tushib qoldi. Bu haqda
Sport Bugun, 13:18
"Real Madrid" mag'lubiyati muxlislarni xafa qildi
"Real Madrid" mag'lubiyati muxlislarni xafa qildi
Ispaniya chempionatining 26-turida "Real Madrid" o'z maydonida "Xetafe"ga 0:1 hisobida yutqazdi va bu natija muxlislarni qattiq xafa qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 13:00
FIFA o'yin sur'atini oshirish uchun yangi qoidalar tasdiqladi
FIFA o'yin sur'atini oshirish uchun yangi qoidalar tasdiqladi
Futbolda vaqtni ataylab cho‘zishga qarshi kurash kuchaymoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. FIFA va IFAB 2026 yilgi jahon chempionati arafasida o‘yin sur’atini oshirish va bahslarni
Sport Bugun, 12:48