Bugun
Neom loyihasi doirasida bir qator xalqaro shartnomalar bekor qilindi
+16°
пасмурно ветер 1.4 м/с, СВ

«Manchester Siti» tarkibni yangilamoqchi: Gvardiola «Real»ning ikki yulduzini ko‘zlamoqda

Sport
121
«Manchester Siti» tarkibni yangilamoqchi: Gvardiola «Real»ning ikki yulduzini ko‘zlamoqda
«Manchester Siti» bu mavsumda ancha qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Jamoaning ayrim pozitsiyalarida o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda. Shu sababli yozgi transfer oynasida bosh murabbiy Xosep Gvardiola tarkibni sezilarli darajada kuchaytirish niyatida.

«Defensa Central» nashrining ma’lum qilishicha, Gvardiola rahbariyatga «Real Madrid»ning ikki yosh va iqtidorli yarim himoyachisi – Jud Bellingem hamda Eduardo Kamavingalarni sotib olish bo‘yicha tavsiya bergan.

Xabarda keltirilishicha, «shaharliklar» mazkur ikki futbolchi uchun madridliklarga 200 million yevro taklif qilishga tayyor turibdi. Angliya klubi 21 yoshli ingliz yulduzi Bellingemni 150 million yevro atrofida baholagan bo‘lsa, 22 yoshli fransiyalik Kamavinga uchun 50 million yevro sarflamoqchi.

Biroq, «Real Madrid» rahbariyatining bu taklifga rozi bo‘lish ehtimoli juda past ekanligi ta’kidlanmoqda. Sababi, «qirollik klubi» ushbu ikki iqtidorli futbolchini jamoaning kelajagi sifatida ko‘rmoqda va ularni qo‘yib yuborishni xohlamaydi.

Eslatib o‘tamiz, Pep Gvardiola avval ham Jud Bellingem va Eduardo Kamavingalarni o‘z jamoasiga olib kelishga harakat qilgan edi. Lekin o‘shanda yosh yulduzlar «Real Madrid»ni tanlashni afzal ko‘rishgan.

Ushbu transfer muzokaralari qanday yakunlanishi hali noma’lum, ammo Gvardiola o‘z rejalariga jiddiy qaraydi va «shaharliklar»ning tarkibi yozda katta o‘zgarishlarga yuz tutishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Dana Uayt Maxachev bilan Makgregor jangi haqida gapirdi
Dana Uayt Maxachev bilan Makgregor jangi haqida gapirdi
Birlashgan Boks Tashkiloti prezidenti Dana Uayt hozirgi kunda sport olamida eng ko'p muhokama qilinayotgan mavzu bo'lgan Islom Maxachev va Konor Makgregor o'rtasidagi yozgi jang
Sport Bugun, 06:57
Jurgen Klopp kelasi yozdan boshlab Real Madridni boshqaradi
Jurgen Klopp kelasi yozdan boshlab Real Madridni boshqaradi
Fransiyalik mashhur jurnalist Fransua Gallardo o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali jahon futbolida katta qiziqish uyg'otgan yangilikni e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 06:52
Desham AQSHdagi turneda yuzaga kelgan logistika muammolarini ochib berdi
Desham AQSHdagi turneda yuzaga kelgan logistika muammolarini ochib berdi
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didie Desham AQSH hududida o'tkazilgan Braziliya va Kolumbiya terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari davomida yuzaga kelgan turli
Sport Bugun, 06:31
Fransiya terma jamoasi Kolumbiyani ishonchli mag'lub etdi
Fransiya terma jamoasi Kolumbiyani ishonchli mag'lub etdi
FIFA kunlari doirasida dunyo bo'ylab milliy terma jamoalar o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvlari tez sur'atlar bilan davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu bahslar
Sport Bugun, 06:15
Tottenxem De Zerbi bilan birinchi marta suhbat o'tkazdi
Tottenxem De Zerbi bilan birinchi marta suhbat o'tkazdi
Jurnalist Ben Jacobsning so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, Londonlik Tottenham klubi Igor Tudor ketganidan so'ng yangi bosh murabbiy izlash jarayonini faollashtirgan. Bu haqda
Sport Kecha, 23:19
Silva Manchester Sitini tark etishga qarayapti
Silva Manchester Sitini tark etishga qarayapti
Manchester Siti klubining sobiq sardori va yetakchi o'yinchilaridan biri Bernardo Silvaning kelajagi haqida yangi xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Futbolchi mavsum yakuniga
Sport Kecha, 21:56