Bugun
Otabek Shukurov Gabonga qarshi o'yin sifati haqida gapirdi
+22°
пасмурно ветер 2 м/с, ЮЗ

Aleksandr Xomyakov iste’fodan so‘ng qanday fikr bildirdi?

Sport
96
Aleksandr Xomyakov iste’fodan so‘ng qanday fikr bildirdi?
Kuni kecha “Andijon” jamoasi bosh murabbiyligidan ketgan mutaxassis Aleksandr Xomyakov klub matbuot xizmatiga quyidagilarni ma’lum qildi:

“Andijonga chin ko‘ngilimdan omad va muvaffaqiyat tilab qolaman! Umid qilamanki, Andijonda bundan keyin ham futbol rivojlanishda, klubni esa nafaqat mamlakatda, balki xalqaro arenalarda ham taniy boshlashlari davom etadi.

Hurmatli muxlislar, jamoadagi ishim davomida meni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun katta rahmat aytmoqchiman!!! Ayniqsa, O‘zbekiston Kubogi finalida birga boshdan o‘tkazgan his-hayajonlarni umrbod esimdan chiqara olmayman. O‘sha muvaffaqiyat sizlarning ko‘magingiz orqali amalga oshdi, deya hech ikkilanmay aytmoqchiman. Barchangizga rahmat! Sizlar dunyodagi eng zo‘r fanatsizlar!

Shak-shubhasiz, butun murabbiylar shtabi, tibbiy xodimlar, ma’murlar, matbuot xizmati vakillari, U-21 hamda U-19 murabbiylari, akademiya murabbiylari, maydonni parvarishlab kelayotgan xodimlar, oshpazlar, barcha ishchilarga va umuman o‘tgan vaqt mobaynida meni qo‘llab-quvvatlab kelgan hamma insonlarga minnatdorchilik bildirib qolaman. Maydondagi natijalarga hamma birdek daxldor bo‘ldi, deb baralla ayta olaman. Futbolchilarga rahmat.

Ularning har birini qadrlayman va fursatdan foydalangan holda ish jarayonida kimlargadir qattiq tekkan, dilini og‘ritgan bo‘lsam, uzr so‘rayman. Barcha harakatlar maydonda yaxshi natijalarga erishish uchun qaratilgandi. Keyingi o‘yinlarda klubga omad tilab qolaman.

Darhaqiqat, Andijon viloyati rahbariyati, “Uzavtosanoat” AJ direktorlar kengashiga menga bildirilgan ishonchi uchun alohida minnatdorchilik bildirib qolaman. Andijondek klubni boshqarish men uchun haqiqiy sharaf bo‘ldi. Omon bo‘linglar!” - dedi Xomyakov.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Aleksandr Andreyevich, jamoaga 2022 yilning 15 dekabr kuni rasman bosh murabbiy etib tayinlandi va shu kunga qadar chempionat va O‘zbekiston Kubogi bahslarida hammasi bo‘lib 72 ta o‘yinda jamoani boshqardi. Shundan 26 g‘alaba, 21 durang va 25 mag‘lubiyat qayd etildi. Uning boshchiligida to‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich bo‘yicha 95 ta gol urilgan va 85 ta to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Xomyakov bosh murabbiyligida “Andijon” klubi o‘z tarixida ilk bor O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi. 2023 yilda Superligada yilning ramziy jamoasida eng yaxshi murabbiy deya e’tirof etildi.

O‘xshash yangiliklar

Otabek Shukurov Gabonga qarshi o'yin sifati haqida gapirdi
Otabek Shukurov Gabonga qarshi o'yin sifati haqida gapirdi
O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Otabek Shukurov FIFA seriyasi doirasida Gabon jamoasiga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvdan so'ng o'z mulohazalarini bayon etdi.
Sport Bugun, 09:29
Foden Manchester Citydan ketishga tayyor bo'lishi mumkin
Foden Manchester Citydan ketishga tayyor bo'lishi mumkin
Fil Foden yozgi transfer oynasida Manchester City klubidan ketishga tayyor ekanligi haqidagi xabarlar dunyo bo'ylab katta qiziqish uyg'otmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Football
Sport Bugun, 08:53
Real Madrid Rodri uchun jiddiy taklif yuborishga shoshmayapti
Real Madrid Rodri uchun jiddiy taklif yuborishga shoshmayapti
Hozirda futbol olamida eng kuchli klublar biri hisoblangan Real Madrid jamoasi kelgusi yozgi transfer oynasida Manchester City himoyachisi Rodri uchun jiddiy harakat qilmaslikka qaror qildi. Bu
Sport Bugun, 08:43
Alisher Odilov Gabonga qarshi o'yin haqida mulohazalarini ochdi
Alisher Odilov Gabonga qarshi o'yin haqida mulohazalarini ochdi
O'zbekiston milliy futbol jamoasi tarkibidagi talantli futbolchi Alisher Odilov FIFA seriyasi doirasida Gabon terma jamoasiga qarshi kechgan muhim uchrashuvdan so'ng o'z
Sport Bugun, 08:04
Barselona yosh ulduzi Rafinya jiddiy jarohat olgani ma'lum bo'ldi
Barselona yosh ulduzi Rafinya jiddiy jarohat olgani ma'lum bo'ldi
Ispaniyaning mashhur Barselona futbol klubi o'z safidagi yosh va iste'dodli qanot hujumchisi Rafinya safdan chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Futbolchi so'nggi kunlarda Braziliya
Sport Bugun, 07:58
Saloh ketishi ehtimoli bilan Liverpul Ndiayeni nishonga oldi
Saloh ketishi ehtimoli bilan Liverpul Ndiayeni nishonga oldi
Liverpul futbol klubi o'z safidagi yetakchi hujumchi Muhammad Salohning kelgusi mavsumda jamoadan ketishi mumkinligini inobatga olib, zaxira variantlarini jiddiy ko'rib chiqmoqda. Bu haqda
Sport Bugun, 07:35