Bugun
Eron harbiy bosqichni kuchaytirib Hormuz bo'g'oziga bosim o'tkazmoqda
+14°
небольшая облачность ветер 2 м/с, СВ

Abduqodir Husanovning tarixiy debyuti Angliyada qanday baholandi?

Sport
112
Abduqodir Husanovning tarixiy debyuti Angliyada qanday baholandi?
Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ning asosiy tarkib o‘yinchisiga aylanib bormoqda. 20 yanvar kuni “shaharliklar” jamoasiga qo‘shilgan legionerimiz qisqa fursatda uchta nufuzli musobaqa – Angliya Premer-ligasi, Angliya kubogi va Yevropa Chempionlar ligasidagi debyutini o‘tkazib bo‘ldi.

Madridda “Real”ga qarshi maydonga tushgan hamyurtimiz tarixiy natija qayd etdi. Husanov Chempionlar ligasi pley-off bosqichida “Real”ga qarshi “Santyago Bernabeu” stadionidagi o‘yinda debyutini o‘tkazgan ikkinchi eng yosh o‘yinchi bo‘ldi. Bellashuv o‘tkazilgan sanada legionerimiz 20 yoshu 356 kunlik edi.

To‘g‘risini aytganda, “Manchester Siti”ning “Real”ga kuchi yetmadi. Buni Xosep Gvardiola ham tan oldi. Abduqodir madridliklarga qarshi o‘z darajasida o‘ynadi, o‘zini ham, murabbiylarni ham uyaltirgani yo‘q.

Nufuzli manbalardan biri – cityxtra.co.uk sayti ekspertlarining “Manchester Siti” futbolchilari harakatlariga qo‘ygan baholari ham shundan dalolat beradi. Husanov aksariyat jamoadoshlaridan yaxshi o‘ynadi.

Ederson – 4,5
O‘yinda “Real” katta ustunlik qilganiga qaramay, Ederson darvozasiga ko‘p ham zarba yo‘llangani yo‘q. Shu kuni Mbappeni hech kim to‘xtata olmadi va hamma gollarda ham darvozabonni ayblab bo‘lmaydi.

Abduqodir Husanov – 4
Uchrashuvdagi birinchi to‘qnashuvda Vinisius Junior undan o‘tib ketganidan keyin Abduqodir qolgan payt diqqat va e’tibor bilan o‘ynadi. Madridliklar Husanov o‘ynagan pozitsiyaga juda ko‘p bosim uyushtirdi. Mag‘lubiyatga esa, butun jamoaning yaxshi o‘ynay olmagani sabab bo‘ldi.

Ruben Dias – 5
O‘yin ko‘ngildagidek boshlanmadi. Mbappe unga darrov bosim o‘tkazdi, Dias yetarli darajada qarshilik ko‘rsata olmadi. Qolgan daqiqalarda Ruben raqibga qarshi juda ishonchli o‘ynadi.

Yoshko Gvardiol – 3,5
O‘z darajasida o‘ynay olmadi. Tajribali himoyachi ikkinchi gol urilgan vaziyatda Kilian Mbappega xalaqit qila olmadi.

Niko – 3,5
Bu uchrashuv Nikoga “Manchester Siti”da o‘ynash uchun qanday tempni o‘zlashtirishi kerakligini ko‘rsatib qo‘ydi.

Ilkay Gyundog‘an – 3,5
Avvalgi mavsumlarda “Manchester Siti”ning ustunligini ta’minlab kelgan tajribali yarim himoyachining bu gal qo‘lidan hech narsa kelmadi.

Bernardu Silva – 3
“Siti”ga to‘pni nazorat qilishdagi ustunlikni olib berishga urinib ko‘rdi. Amalda esa, o‘yinni “Real” boshqardi.

Fil Foden – 3
O‘yinga kirishib keta olgani yo‘q. Mbappe xet-trik qilgan vaziyatda Fodendan osonlikcha o‘tib ketdi.

Omar Marmush – 3,5
Marmush katta o‘yinlarda markaziy hujumchi qanday qarshiliklarga duch kelishini ilk bor o‘zida his qilib ko‘rdi. Madridliklar unga umuman imkon bermadi.

Savino – 4
“Manchester Siti” libosida ilk bor markaziy hududda o‘ynadi. Unga qanotlarda yurgani ma’qul ekan.

Natan Ake – 4
Bu futbolchi ham to‘pni qaytarishda ancha asabiylashdi. Mbappeni to‘xtatishda Fodenga yordam berishiga to‘g‘ri keldi.

Mateo Kovachich – 4,5
Yaxshi o‘ynadi. Asosan uzoq masofadan yo‘llagan zarbasi bilan esda qoldi.

Jeyms MakEti – 5
Zaxiradan maydonga tushib, jamoasi o‘yinini jonlantirdi. Aniq pas bilan raqib himoyasiga bosim o‘tkazishga harakat qildi.

O‘xshash yangiliklar

Superligada yozgi transfer oynasi sanalari o'zgardi
Superligada yozgi transfer oynasi sanalari o'zgardi
O'zbekiston Professional Futbol Ligasi mamlakatimizning eng yuqori darajadagi musobaqasi bo'lmish Superliga yozgi transfer oynasining o'tkazilish sanalariga bir qator
Sport Bugun, 06:44
Gvardiola Arsenalni yuqori baholadi va kubokni qo'lga kiritdi
Gvardiola Arsenalni yuqori baholadi va kubokni qo'lga kiritdi
Angliya futboli va Yevropa maydonlarida o'ziga xos o'rni bor bo'lgan "Manchester Siti" jamoasining bosh murabbiyi Pep Gvardiola Londonning "Arsenal" klubini juda
Sport Bugun, 01:04
Niko O'Rayli Arsenal ustidan qozonilgan g'alabani xotirladi
Niko O'Rayli Arsenal ustidan qozonilgan g'alabani xotirladi
Manchester Siti jamoasining yosh va istiqbolli yarim himoyachisi Niko O'Rayli so'nggi vaqtlarda o'tilgan muhim o'yinlar va kelajakdagi chempionlik kurashi haqida ochiq fikr
Sport Bugun, 00:24
Trent Aleksander-Arnold mashg'ulotga kechikib kelganligi uchun uzr so'radi
Trent Aleksander-Arnold mashg'ulotga kechikib kelganligi uchun uzr so'radi
Real Madrid futbol klubi himoyachisi Trent Aleksander-Arnold o'zining mas'uliyatli ishlashini yana bir bor namoyon etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The Athletic nashriga ko'ra,
Sport Bugun, 00:18
Trafford futbol tarixida yangi rekord o'rnatdi
Trafford futbol tarixida yangi rekord o'rnatdi
Manchester City jamoasi darvozaboni Jeyms Trafford Liga kubogi finalida Arsenal klubiga qarshi o'tkazilgan bahsda darvozasidan gol o'tkazmay, futbol tarixida yangi rekord qayd etdi. Bu
Sport Kecha, 23:33
Barselona murabbiyi Flik mart oyining eng yaxshisi deb topildi
Barselona murabbiyi Flik mart oyining eng yaxshisi deb topildi
Ispaniya chempionatida o'zining kuchli yurishini davom ettirayotgan Barselona futbol klubi yana bir zarbali muvaffaqiyatni qo'lga kiritdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Kataloniya
Sport Kecha, 21:54