Bugun
Real Madrid va Atletiko derbisida hakam javobgarligi ortda qoldi
+15°
ясно ветер 2.5 м/с, СВ

Bugun Kubok o‘yini: ochko olish uchun "Sherlar" va "Ajdarlar" olishuvi!

Sport
24
Bugun Kubok o‘yini: ochko olish uchun "Sherlar" va "Ajdarlar" olishuvi!
Bugun O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichining 3-turiga start beriladi. So‘nggi tur o‘yinlari 13 mayda boshlanib 21 may sanasida yakunlanadi. 13-14 may kunlariga 8 ta o‘yin belgilangan bo‘lsa, 20 va 21 may kunlariga yana qolgan 8 ta bellashuv rejalashtirilgan.

Bugun bo‘lib o‘tadigan “Paxtakor” – “Nasaf” uchrashuviga so‘zsiz qiziqish katta. Ularning ishtiroki chempionat va Kubok bahsida bo‘ladimi, nomlarning o‘ziyoq katta afisha!

Aynan 13 may kuni, bugun "Paxtakor" O‘zbekiston Kubogi 3-turida "Nasaf"ga qarshi "Jar" stadionida maydonga tushadi.

Jamoalar O‘zbekiston Kubogida jami 18 marta to‘qnash kelishgan. Ularning 7 tasida "Sherlar" g‘alaba qozongan bo‘lsa, 5 ta bahsda durang qayd etilgan va 6 o‘yinda raqib g‘alabasi kuzatilgan.

“Paxtakor” jamoasi 28 to‘p kiritgan holda darvozasidan 21 gol olib chiqqan. Kubok pley-off bosqichlarida 8 to‘qnashuvning 5 tasida "Paxtakor", 3 tasida "Nasaf" navbatdagi bosqichga yo‘l olgan. Yana uch bahs final o‘yinida kuzatilib, ularning ikkitasida "Sherlar", yana birida raqib g‘olib chiqqan.

“Paxtakor”ni endi portugaliyalik Pedru Moreyra boshqarmayapti. Kamoliddin Tojiyev o‘tgan turdan boshlab vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasiga kirishdi. Ungacha “Paxtakor” U19 jamoasini boshqarib kelayotgandi. Tojiyev “Paxtakor”ning asosiy jamoasi bilan “Buxoro”ga qarshi uchrashuvda gollar shousini uyushtirib berdi va 6:0 hisobida raqib tor-mor keltirildi. Endi navbat “Nasaf” bilan o‘yinga va Tojiyevni jiddiy imtihon kutyapti.

“N” guruhida “Sherlar” ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 6 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. OKMK va “Nasaf”da esa 3 ochkodan bor va “Navoiy FA” hisobida ochko yo‘q. O‘tgan turda “Nasaf” OKMKga 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchraganini bilsangiz kerak. O‘shanda 0:2 hisobida ustunlikrf erishib turgan qarshiliklar yakunda 3 ta to‘p o‘tkazib yuborishgandi. “Paxtakor” ilk turda OKMKni 2:1 natijasi bilan yengdi. O‘tgan turda Navoiyda akademiya tarbiyalanuvchilari darvozasiga javobsiz 9 ta gol urdi.

3 ochkoga ega bo‘lib turgan “Nasaf”ga keyingi bosqichga chiqish uchun faqat va faqat g‘alaba kerak. “Paxtakor” keyingi bosqich masalasini deyarli hal qilib bo‘lgandek-a? Biroq bunday prinspial bahsda “Sherlar”ning aslo yutqazgisi kelmaydi. Ularni durang ham qoniqtiradi. OKMKning “Navoiy FA” ustidan g‘alaba qozonishiga hech kim shubha qilmayapti.

Reglamentga ko‘ra, agar “Paxtakor”, “Nasaf” va OKMKda ochkolar teng bo‘lib qolsa, birinchi navbatda o‘zaro o‘yinlar natijalariga qaraladi. Undan so‘ng o‘zaro o‘yinlarda qo‘lga kiritilgan ochkolarga, to‘plar nisbatiga qaraladi. Xullas, uchala klubda 6 ochkodan bo‘lib qolsa, bu yog‘i matematik hisob-kitoblarga aylanib ketadi. “Paxtakor” esa vaziyat bunday chigallashishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ijobiy natija uchun kurashadi.

Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi o‘tgan yili guruhda qolib ketgandi. Ketma-ket ikkinchi yil “Nasaf”ning guruhda qolib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ham Berdiyev o‘z jamoasi bilan har qanday holatda faqat ijobiy natija uchun kurashadi. Qolaversa, "Nasaf" sardori Dragan Cheran bugun sobiq klubiga qarshi maydonga tushadi. Balki uning "Sherlar"ga aytar "so‘zi" bordir...

"Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi bahs 13 may, seshanba kuni "Jar" stadionida soat 19:00da boshlanadi.

O‘xshash yangiliklar

Real Madrid va Atletiko derbisida hakam javobgarligi ortda qoldi
Real Madrid va Atletiko derbisida hakam javobgarligi ortda qoldi
Madrid shahridagi mashhur derbi o'yinlari har doq muxlislar orasida katta e'tibor va bahslarga sabab bo'lib keladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Oxirgi uchrashuv ham shundan
Sport Bugun, 07:53
Angliya terma jamoasi Jahon chempionatiga yangi forma taqdim etdi
Angliya terma jamoasi Jahon chempionatiga yangi forma taqdim etdi
Angliya terma jamoasi kelajakda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga bag'ishlab yangi sport kiyimlarini ommaga taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu nafis to'plam
Sport Bugun, 07:19
Muhammad Saloh Liverpulni tark etishini e'lon qildi
Muhammad Saloh Liverpulni tark etishini e'lon qildi
Angliya futbolida so'nggi kunlarda katta shov-shuvlarga sabab bo'lgan yangiliklardan biri «Liverpul» klubining yetakchi hujumchisi Muhammad Salohning kelajagi haqidagi qarori bilan
Sport Bugun, 07:05
Fransiya terma jamoasi yangi jahon chempionati formasini taqdim etdi
Fransiya terma jamoasi yangi jahon chempionati formasini taqdim etdi
Fransiya futbol federatsiyasi va dunyoga mashhur Nike sport kompaniyasi hamkorligida Fransiya milliy terma jamoasining kelgusi jahon chempionatiga bag'ishlangan yangi o'yin liboslarini
Sport Bugun, 06:49
Benavidez Usikni hozirgi avlodning eng kuchli bokschisi deb ta'kidladi
Benavidez Usikni hozirgi avlodning eng kuchli bokschisi deb ta'kidladi
Yarim ogir vazn toifasidagi dunyo chempioni Devid Benavidez ukrainalik buyuk bokschi Aleksandr Usik haqida ota-onasi va tarbiyachilarining sozlamagandek, juda yuqori qadrlash ifodasini bildirgan. Bu
Sport Bugun, 06:47
Husanov Angliya Premer-ligasida podkat bo'yicha yetakchilik qilmoqda
Husanov Angliya Premer-ligasida podkat bo'yicha yetakchilik qilmoqda
Angliya Premer-ligasida to'p surayotgan markaziy himoyachilar orasida eng samarali himoya harakatlari, xususan podkat ko'rsatkichlari bo'yicha yangi reyting e'lon qilindi. Bu
Sport Bugun, 06:40