Bugun
Karrager Salohning ketishi Angliya futboli uchun katta yo'qotish
+19°
ясно ветер 2.4 м/с, СВ

Abbosbek Fayzullayevga Angliyada qiziqish kuchaydi: u "Vulverxempton" ro‘yxatida

Sport
59
Abbosbek Fayzullayevga Angliyada qiziqish kuchaydi: u "Vulverxempton" ro‘yxatida
O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma olgani va legionerlarimizning Yevropadagi muvaffaqiyatli faoliyati o‘zbek futbolchilariga bo‘lgan qiziqishni ancha oshirdi. Italiyadagi Eldor Shomurodov, Fransiya va Angliyada porlayotgan Abduqodir Husanov fonida endi ko‘zlar Abbosbek Fayzullayev tomon qaratila boshladi.

21 yoshli hujumkor yarim himoyachi allaqachon Osiyoning eng yosh iqtidorlaridan biri sifatida tan olingan. Rossiyaning SSKA klubidagi muvaffaqiyatli o‘yinlari, terma jamoa safida ko‘rsatayotgan ta’sirli harakatlari tufayli Yevropa klublari uni diqqat markaziga olmoqda. 2023 yilning yozida “Paxtakor”dan SSKAga ko‘chib o‘tgan Fayzullayev Rossiya Premer-ligasining debyut mavsumidayoq jamoasi bilan bronza medali va mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. Ushbu mavsumda Abbos 39 o‘yinda 3 ta gol va 8 ta assist bilan ishtirok etdi.

Endi esa uning nomini Angliya Premer-ligasining nufuzli klubi “Vulverxempton” transfer ro‘yxatida ko‘rishimiz mumkin. Internet va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga qaraganda, jamoa bosh murabbiyi Vitor Pereyra tomonidan tuzilgan va o‘z qo‘li bilan yozilgan asosiy transfer ro‘yxatida Abbosbekning ismi ham mavjud.

Bu ro‘yxatdagi birinchi nom “Xetafe” klubi safidagi nigeriyalik Kristantus Uche bo‘lsa, Abbos Fayzullayev ikkinchi o‘rinda turibdi. Bu esa uning nafaqat ehtimoliy transfer sifatida, balki jiddiy nomzod sifatida ko‘rilayotganini anglatadi. Jurnalist Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev o‘z fikrida bu xabarda mantiqiy asos borligini ta’kidlab, Abbosning SSKA bilan bitimi tugash arafasida ekaniga e’tibor qaratdi.

– U SSKA bilan shartnomani yangilamadi. Shu sabab u joriy transfer oyida Yevropa yo‘liga otlanishi mumkin. Bunda “Vulverxempton”ning qiziqishi mantiqan o‘rinli. Fayzullayev potensiali bor futbolchi va u o‘sishda davom etmoqda, – deydi Ulug‘xo‘jayev.

Abbosning o‘zi esa bu kabi gaplarga to‘g‘ri yondashadi. Uning fikricha, har qanday futbolchining orzusi Yevropaning taniqli klublarida to‘p surishdir.

– Ayni paytda SSKA futbolchisiman va klub bilan shartnomam bor. Ammo maqsadim aniq – Yevropada, top-klublarda o‘ynash. Xudo nasib qilsa, bu orzu ro‘yobga chiqadi, – degan edi Fayzullayev yaqindagi intervyularidan birida.

Shu bilan birga, u terma jamoa safida ham o‘z salohiyatini yaqqol namoyon etmoqda. Hozirgacha Abbosbek O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 27 marta maydonga tushib, 8 ta gol urgan. U jahon chempionati saralash bosqichida ham muhim gollari bilan yorqin ajralib turdi.

Xulosa o‘rnida: Abbosbek Fayzullayevning Angliya Premer-ligasi yo‘li – bu nafaqat futbolchi uchun yangi bosqich, balki o‘zbek futbolining xalqaro miqyosdagi nufuziga ham xizmat qiladigan muhim transfer bo‘lishi mumkin. “Vulverxempton” singari klubdagi imkoniyat unga faqat o‘sish va yangi imkoniyat eshiklarini ochishi turgan gap. Kelajakda uni top-5 chempionatlarda ko‘rish – endi orzu emas, balki real ehtimol.

O‘xshash yangiliklar

Karrager Salohning ketishi Angliya futboli uchun katta yo'qotish
Karrager Salohning ketishi Angliya futboli uchun katta yo'qotish
Liverpul klubi tarixida o'z izini qoldirgan sobiq himoyachi Jeymi Karrager jamoaning yulduz futbolchisi Muhammad Salohning mavsum oxirida klubni tarash qarorini chuqur tahlil qildi. Bu haqda
Sport Bugun, 19:48
Bo'stonliqda og'ir atletika sport maktabi zamonaviy sharoitlarda ochildi
Bo'stonliqda og'ir atletika sport maktabi zamonaviy sharoitlarda ochildi
Bugun, 25-mart kuni Bo'stonliq tumanida Akbar Jo'rayev nomidagi og'ir atletika sport maktabi e'tiborga sazovor marosim bilan ochilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu muhim
Sport Bugun, 18:41
O'zbekiston bokschilari Ulan-Batorda Osiyo chempionatida kurashadi
O'zbekiston bokschilari Ulan-Batorda Osiyo chempionatida kurashadi
Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahri 30 martdan 10 aprelga qadar kattalar o'rtasidagi boks bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Bugun, 18:04
Salohning Liverpulni tark etishi haqidagi taxminlar kuchaymoqda
Salohning Liverpulni tark etishi haqidagi taxminlar kuchaymoqda
Misrlik futbolchi Muhammad Salohning kelasi mavsumdagi taqdiri hozirga qadar ochiq savol bo'lib qolmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mashhur futbolchining agentlari Rami Abbasning
Sport Bugun, 17:38
Gvardiola Barselona futbolidan olgan zavqini ochiq aytdi
Gvardiola Barselona futbolidan olgan zavqini ochiq aytdi
Manchester Siti klubining bosh murabbiyi va jahon futbolining taniqli ustasi Xosep Gvardiola ispaniyalik Barselona jamoasining hozirgi o'yin uslubi haqida juda iliq va ijobiy fikrlarini
Sport Bugun, 14:26
Premyer-liga Muhammad Salohni abadiy afsona deb ta'rifladi
Premyer-liga Muhammad Salohni abadiy afsona deb ta'rifladi
Premyer-liga sokin va adolatli ovoz bilan Misrlik yulduz Muhammad Salohning "Liverpool" klubini tark etish qaroridan so'ng uni katta hurmat bilan esga oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 10:58