Bugun
Apple kuzda birinchi qatlanuvchi displeyli smartfonini taqdim etadi
+15°
ясно ветер 2.2 м/с, СВ

Gasperini nega “Yuventus”ni rad etib, “Roma”ga yo‘l olgani ma’lum bo‘ldi

Sport
57
Gasperini nega “Yuventus”ni rad etib, “Roma”ga yo‘l olgani ma’lum bo‘ldi
Italiya futbolida katta tahrirlar davri boshlandi. To‘qqiz yil mobaynida “Atalanta”ni boshqarib, jamoani Italiya va Yevropa futbolidagi jiddiy raqibga aylantirgan tajribali mutaxassis Jan Pero Gasperini endi o‘z faoliyatini “Roma”da davom ettiradigan bo‘ldi. U mashhur murabbiy Klaudio Raneridan rimliklar boshqaruvini qabul qilib oldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Gasperiniga faqat “Roma” emas, balki Italiyaning boshqa yetakchi klublari ham qiziqish bildirgan. Xususan, Turinning superklubi “Yuventus” ham tajribali mutaxassisni o‘z tarkibiga jalb qilishga harakat qilgan.

Biroq jurnalist Sandro Sabatini tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, “Yuventus” sport direktori Damen Komollining muomalasi Gasperiniga ma’qul kelmagan. Qizig‘i shundaki, Komolli murabbiyga qo‘ng‘iroq qilib: “Meni “Yuventus” nega aynan seni bosh murabbiy sifatida tanlashi kerakligiga ishontir! Nega aynan seni tanlashimiz kerak?” degan. Gasperini esa bu so‘zlarga o‘ta qat’iy va sharafli tarzda javob qaytargan: “Qo‘ng‘iroqni men emas, sen qilding. Demak, tanlashga ishongan sensan”, deb javob berib, suhbatni tugatgan.

Natijada, 67 yoshli italiyalik mutaxassis “Roma”ning taklifini qabul qildi va klub bilan 2028 yilning yarmigacha amal qiladigan shartnoma imzoladi. Endi “Roma”da to‘liq yangilanish davri boshlanadi.

Gasperinining kelishidan so‘ng jamoa tarkibida ham katta o‘zgarishlar kutilmoqda. Bu jarayonda, albatta, o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning taqdiri ham muhim ahamiyat kasb etadi. Uning “Roma”dagi mavqei murabbiylar almashishi bilan birga yanada kuchayishi yoki aksincha, pasayishi mumkin.

Endi Eldorning yangi bosh murabbiy ko‘z o‘ngida qanday o‘yin namoyon etishi juda muhim. Gasperinining futbolga bo‘lgan qarashlari, taktik yondashuvi va tuzilmaga bo‘lgan talablari Shomurodovga yana bir bor o‘zini ko‘rsatish imkonini yaratishi mumkin.

Ayni paytda “Roma”ning asosiy muammolaridan biri hujum chizig‘idagi samaradorlik hisoblanadi. Agar Eldor yaxshi tayyorgarlik ko‘rsatsa va Gasperinining talablariga mos tushsa, yangi mavsumda uni asosiy tarkibda ko‘rishimiz ehtimoldan xoli emas.

Hozircha esa klub atrofida katta intriga va yuqori kutilmalar hukm surmoqda. Yangi murabbiy va yangi mavsum — “Roma” uchun ham, Shomurodov uchun ham muhim sinov va yangi bosqichni boshlab beradi.

O‘xshash yangiliklar

Antuan Grizmann Orlando Siti jamoasiga qo‘shildi
Antuan Grizmann Orlando Siti jamoasiga qo‘shildi
Amerika professional futbol ligasining Orlando Siti klubi o'z tarixida yangi sahifa ochdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Fransiya terma jamoasi safida 2018-yilgi Jahon chempionatida
Sport Kecha, 20:42
Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi yangi futbol stadionini tekshirib chiqdi
Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi yangi futbol stadionini tekshirib chiqdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 24 mart kuni Yangi Toshkent shahrida qurilyotgan zamonaviy futbol stadioni binosining qurilish jarayonini o'z
Sport Kecha, 20:18
Ouen Kerrik boshlaganda Manchester Yunayted yetakchi bo'lar edi
Ouen Kerrik boshlaganda Manchester Yunayted yetakchi bo'lar edi
Manchester Yunayted klubining sobiq hujumchisi va taniqli mutaxassis Maykl Ouen o'zining so'nggi fikrini bildirib, jamoa taqdiri haqida qiziqarli bashorat qilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Kecha, 19:24
Jon Terri Siti Arsenalni qanday mag'lub etganini tahlil qildi
Jon Terri Siti Arsenalni qanday mag'lub etganini tahlil qildi
Angliya futbolining eng muhim final bahslaridan biri bo'lgan Liga kubogi uchun o'yinda Manchester Siti jamoasi Arsenalni ikki golli hisobda mag'lub etib, qimmatbaho sovrinni
Sport Kecha, 19:13
Mash'al klubida bosh murabbiy Igor Surov ishdan bo'shatilishi ehtimoli ortmoqda
Mash'al klubida bosh murabbiy Igor Surov ishdan bo'shatilishi ehtimoli ortmoqda
O'zbekiston Superligasida o'z faoliyatini davom ettirayotgan Mash'al futbol klubi atrofida so'nggi kunda jiddiy o'zgarishlar ro'y bermoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Kecha, 18:52
Abduqodir Husanov milliy terma jamoa yig'iniga qo'shilishi kutilmoqda
Abduqodir Husanov milliy terma jamoa yig'iniga qo'shilishi kutilmoqda
O'zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning buyuk "Manchester Siti" futbol klubi himoyasini mustahkamlovchi Abduqodir Husanov yurtimizga tashrif buyurdi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Kecha, 17:59