Bugun
Toshkentda tirbandlikni kamaytirish uchun yangi rejalar e’lon qilindi
+7°
туман ветер 2.1 м/с, СЗ

"Nasaf" oʻrtoqlik oʻyinida "Spartak"ka magʻlub boʻldi

Sport
125
"Nasaf" oʻrtoqlik oʻyinida "Spartak"ka magʻlub boʻldi
Qarshining "Nasaf" klubi Antalyadagi soʻnggi oʻrtoqlik uchrashuvida Rossiyaning grand klubi hisoblangan "Spartak"ka 3:1 hisobida magʻlub boʻldi.

Toʻqnashuvning 17, 26 va 48-daqiqalarida rossiyaliklar "ajdarlar" darvozasini ishgʻol qilgan boʻlsa, bellashuvning 81-daqiqasida Husayn Norchayev hisobni qisqartirishga muvaffaq boʻldi.

Nazorat uchrashuvi, Antaliya

"Nasaf" - "Spartak" 1:3
Gollar
: Norchayev 81 - Bongonda 17, Barko 26, Markinos 48.

"Nasaf": 1.Oleksandr Vorobey, 5.Gʻolib Gʻaybullayev, 7.Akmal Mozgovoy, 14.Sharof Muhitdinov, 19.Stefan Cholovich, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 34.Sherzod Nasrullayev, 69.Dragan Cheran, 77.Oybek Bozorov, 92.Umarbek Eshmurodov, 99.Rubin Hebay.

"Spartak": Maksimenko, Denisov, Duarte, Babich, Ryabchuk, Umarov, Martins, Barko, Markinos, Bongonda, Ugalde.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar