Bugun
Sergelida kanal ustidan o'tish muammosi hal qilindi
+2°
пасмурно ветер 2.3 м/с, СЗ

Malayziya O‘zbekistonda elektr skuterlar ishlab chiqarishi kutilmoqda

Texnologiya
128
Malayziya O‘zbekistonda elektr skuterlar ishlab chiqarishi kutilmoqda
O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev Pro Events and Marketing Sdn Bhd kompaniyasining boshqaruv direktori Elayne Txam bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda O‘zbekistonda Malayziyaning mazkur kompaniyasi ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Malayziya tomoni O‘zbekistonda elektr skuterlar (3 va 4 g‘ildirakli ixcham elektromobil) ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qildi.

Elayne Txamning aytishicha, dastlabki hisob-kitoblar asosida yillik ishlab chiqarish miqdori 5 mingta skuterni tashkil etishi ko‘zda tutilmoqda.

“Keyinchalik Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport qilish salohiyatlarini inobatga olgan holda, uni 10 mingtaga yetkazish imkoniyati mavjud. Skuterlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish O‘zbekistonda aholiga yetkazib berish xizmatining sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi mumkin”, deydi kompaniya boshqaruv direktori.

Shuningdek, xorij tomoni O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida sun’iy intellekt yordamida insonlarda tibbiy diagnostika o‘tkazish dasturiy ta’minotini joriy qilish bo‘yicha hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida belgilangan loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini o‘rganish uchun kompaniya rahbariyatining O‘zbekistonga biznes-missiyani tashkil etishga kelishib olindi.

Foto: Dunyo

O‘xshash yangiliklar

Samsung Galaxy S26 Ultra telefonini ko'plab keraksiz dasturlar keskin tanqid ostiga oldi
Samsung Galaxy S26 Ultra telefonini ko'plab keraksiz dasturlar keskin tanqid ostiga oldi
Samsung kompaniyasining yangi va eng kuchli telefoni deb e'lon qilingan Galaxy S26 Ultra modelini foydalanuvchilar va texnologiya sohasi mutaxassislari keskin tanqid ostiga oldi. Bu haqda
Texnologiya Bugun, 00:08
OnePlus 15T ixcham smartfonining yangi rasmlari va xususiyatlari
OnePlus 15T ixcham smartfonining yangi rasmlari va xususiyatlari
OnePlus kompaniyasi o'zining yangi va ixcham boshliq smartfoni 15T modeliga oid birinchi rasmlarni jamoatchilik e'tiboriga taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Yashil rangda
Texnologiya Bugun, 00:05
Google Play batareya sarflashuvchi ilovalarni maxsus belgilaydi
Google Play batareya sarflashuvchi ilovalarni maxsus belgilaydi
Google Play do'koni foydalanuvchilarning telefonlaridagi batareya quvvatini tezda tugatib qo'yadigan dasturlarni aniqlash uchun yangi va foydali xususiyatni joriy etdi. Bu haqda Zamin.uz
Texnologiya Kecha, 23:37
DxOMark sinovida Samsung Galaxy S26 Ultra iPhone 17 Pro dan orqada qoldi
DxOMark sinovida Samsung Galaxy S26 Ultra iPhone 17 Pro dan orqada qoldi
Dunyo bo'ylab hurmat qozongan DxOMark laboratoriyasi so'nggi yillarda chiqarilgan eng kuchli smartfonlarning aks ettirish qobiliyatini chuqur tahlil qilishni davom ettirmoqda. Bu haqda
Texnologiya Kecha, 18:37
Microsoft yangi Xbox konsolini PC o'yinlari bilan ishga tushiradi
Microsoft yangi Xbox konsolini PC o'yinlari bilan ishga tushiradi
Microsoft Gaming kompaniyasining yangi yetakchisi Asha Sharma ommaga navbatdagi avlod Xbox o'yin konsoli ustida ish boshlanganini rasman e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu
Texnologiya Kecha, 18:29
JBL o'zining eng arzon va ixcham simsiz kolonkasini yangiladi
JBL o'zining eng arzon va ixcham simsiz kolonkasini yangiladi
Mashhur audio texnika ishlab chiqaruvchisi JBL o‘zining eng arzon va ixcham simsiz kolonkalari turkumini yangiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Yangi Go 5 modeli avvalgi avlodlarning kichik
Texnologiya Kecha, 18:28