Bugun
Parijda G‘azo tinchligi va tiklanishi muhokama qilindi
+23°
ясно ветер 2.1 м/с, С

Janubiy Koreyalik olimlar eng og‘ir sharoitlarga chidamli yangi qotishma yaratdi

Texnologiya
89

Janubiy Koreyalik olimlar eng og‘ir sharoitlarga chidamli yangi qotishma yaratdi
Janubiy Koreyada joylashgan Pohang fan va texnologiya universiteti olimlari materialshunoslik sohasida innovatsion yutuqqa erishdi. Ular harorat keskin o‘zgarib turadigan muhitlarda ham o‘z mustahkamligi va xususiyatlarini yo‘qotmaydigan yangi turdagi metal qotishmasini ishlab chiqdi.

Selsiy bo‘yicha minus 196 darajadan plyus 600 darajagacha bo‘lgan keng harorat diapazonida o‘z shakli va mexanik xususiyatlarini saqlay oladigan ushbu yangi material «giperadapter» deb nomlandi.

Uning eng katta ustunligi shundaki, ushbu qotishma hatto o‘ta keskin va ekstremal harorat sharoitida ham ichki tuzilmasi va mexanik barqarorligini yo‘qotmaydi. Bunday imkoniyat bungacha birorta ham metalda kuzatilmagan edi.

Ushbu qotishmaning bunday ajoyib xususiyatga ega bo‘lishi sababi uning ichida bir tekisda joylashgan L1₂ nanozarralari bilan bog‘liq. Bu mikroskopik zarrachalar mustahkamlovchi «karkas» rolini o‘taydi va metalning tashqi kuchlar ta’siridagi deformatsiyasiga yo‘l qo‘ymaydi. Bundan tashqari, bu qotishma tashqi muhitning har qanday o‘zgarishlariga tez moslashish qobiliyatiga ham ega.

Ushbu noyob xususiyatlar tufayli yangi qotishma juda keng sohalarda qo‘llanilishi mumkin. Masalan, haroratning ekstremal darajadagi tebranishlari kuzatiladigan kosmik raketalar, aviatsiya reaktiv dvigatellari, avtomobillarning chiqindi gaz tizimlari, energetika sohasidagi turbinalar hamda sanoat quvurlari uchun ideal yechim bo‘lishi mumkin.

Olimlarning ta’kidlashicha, bu material kelajakda sanoat va texnologik sohalarda chinakam revolyutsiya yaratishi ehtimoldan yiroq emas.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Buyuk Britaniyada elektr aerotaksi xizmati yo‘lga qo‘yiladi
Buyuk Britaniyada elektr aerotaksi xizmati yo‘lga qo‘yiladi
AQSHning Joby Aviation kompaniyasi Britaniyaning Virgin Atlantic aviakompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolab, Buyuk Britaniyada elektr aerotaksi xizmatini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Texnologiya 17:27, 19-03-2025
Faraday Future FX 4: Tesla Model Y'ga raqobatchi yangi elektromobil
Faraday Future FX 4: Tesla Model Y'ga raqobatchi yangi elektromobil
Faraday Future kompaniyasi o'zining yangi FX 4 elektromobilini taqdim etdi, deb auto.mail.ru xabar berdi. Ushbu yangi krossover Tesla Model Y'ga raqobatchi sifatida ko'rilayotgan
Avto 06:36, 4-06-2025
Joby Aviation Blade Air Mobility xizmatini sotib oldi
Joby Aviation Blade Air Mobility xizmatini sotib oldi
Joby Aviation kompaniyasi Blade Air Mobility’ning havo taksi xizmatini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi, deb TechCrunch sayti xabar berdi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Ushbu bitim orqali
Texnologiya 17:04, 4-08-2025
Oziq-ovqat xavfsizligi qonuni birinchi o‘qishda rad etildi
Oziq-ovqat xavfsizligi qonuni birinchi o‘qishda rad etildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 1997 yildan beri amal qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy bazani tubdan yangilash maqsadida taqdim etilgan yangi qonun
Jamiyat 13:46, 30-07-2025
Dunyodagi eng noodatiy avtomobillar (foto)
Dunyodagi eng noodatiy avtomobillar (foto)
Avtomobil sanoati yillar davomida hayratlanarli ixtirolarga boyib bormoqda. Noodatiy avtomobillarni ishlab chiqarish uchun esa nafaqat zamonaviy texnologiya, balki chuqur muhandislik va dizaynerlik
Avto 08:03, 25-03-2025