Bugun
O‘zbekiston va Britaniya mehnat hamkorligini kuchaytirdi
+25°
ясно ветер 3.1 м/с, ЮВ

Yangi BYD Sea Lion 05 rasman taqdim etildi

Avto
147

Yangi BYD Sea Lion 05 rasman taqdim etildi
BYD kompaniyasi o‘z modellari qatorini jadal yangilashda davom etmoqda. Bu, ayniqsa, yangi innovatsion texnologiyalar joriy etilishi bilan bog‘liq holda tez amalga oshirilmoqda, deb CenyAvto sayti xabar berdi. Yaqinda xitoylik ishlab chiqaruvchi o‘z avtomobillarini God’s Eye nomli yangi tizim bilan jihozlay boshladi. Bu tizim 2025 yilda ishlab chiqariladigan va tez orada ichki bozorda sotuvga chiqarilishi kutilayotgan BYD Sea Lion 05 krossoverida ham bo‘ladi.

Hozircha ishlab chiqaruvchi mazkur modelning rasmiy tasvirlarini e’lon qildi. Biroq bu faqat eskizlar bo‘lib, seriyali versiya ba’zi o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Rasmlarga qaraganda, yangi krossover kompakt shakldagi firmaga xos old optikaga ega bo‘ladi. U uzunchoq shaklda kapot bo‘ylab joylashgan. Old bamper esa yirik havo qabul qiluvchilar bilan ta’minlangan. Orqa qismi esa tik shaklga ega.

Ma’lumotlarga ko‘ra, BYD Sea Lion 05 uzunligi 4520 mm, g‘ildirak bazasi esa 2720 mm ni tashkil qiladi. Uning kengligi 1860 mm, balandligi esa 1630 mm. Mish-mishlarga ko‘ra, model 218 ot kuchiga ega bo‘lgan yagona elektromotor bilan taqdim etilishi mumkin. Biroq, batareya xususiyatlari va quvvat zaxirasi hali oshkor qilinmagan.

Hozircha ishlab chiqaruvchi krossoverning ichki jihozlanishi va salon dizayni haqida ma’lumot bermagan.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Foto: Getty images MANChESTER SITI – NYuKASL (15 fevral, 20:00) Kecha «Chelsi» Braytonda yutqazgach, kuchli toʻrtlik uchun da'vogarlarda yangi imkoniyat paydo boʻldi, deyish mumkin. Ayni paytda
Sport 20:10, 15-02-2025
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Tramp hukumati Ukrainani nodir metallar bo‘yicha shartnoma imzolashga undayapti. Bu Xitoy bilan texnologik gegomonlik paygasida muvozanatni tiklash uchun radikal urunishlardan biridir. Reja
Dunyo 01:49, 27-03-2025
Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Klub yangi murabbiy uchun kerakli futbolchilarni olib beradimi? Murabbiy Leverkuzenda ish bergan uslublarini Madridda qo‘llashda davom etadimi? Madridning «Real» klubi Habi Alonso bilan kelishuvni
Sport 12:40, 2-06-2025
Asad ag‘darilgandan so‘ng Suriya qanday hayot kechirmoqda?
Asad ag‘darilgandan so‘ng Suriya qanday hayot kechirmoqda?
2024 yil dekabrida Suriyada Asadlar rejimining ellik yillik hukmronligi yakun topdi. Ko‘plab suriyaliklar erkinlikdan bahramand bo‘lishda davom etmoqda, biroq mamlakat barqarorlikka erishdi, deb
Dunyo 21:34, 23-03-2025