Bugun
O‘zbekiston Afg‘onistonga 390 tonna yordam yubordi
+15°
ясно ветер 3.1 м/с, СВ

Tesla Cybertruck tomidagi nosozlik sabab qaytarib olinmoqda

Avto
149
Tesla Cybertruck tomidagi nosozlik sabab qaytarib olinmoqda
Tesla o‘zining Cybertruck modelini tom qismidagi muammo sabab qaytarib olmoqda, deb speedme.ru yozmoqda. 2023-yil noyabrdan 2025-yil fevralgacha sotilgan 46 096 dona Cybertruck avtomobili servisga chaqirilmoqda. Sabab — yurish vaqtida tomdagi bezak paneli ajralib ketishi mumkin.

Muammoni hal etish uchun kompaniya kuchliroq yelim va bolt hamda gayka orqali qo‘shimcha mahkamlashni taklif qilgan. Biroq, avtomobilini qayta olgan ba’zi egalar uni ko‘rib shokka tushishgan.

Internetda tarqalgan fotosuratlarda qo‘pol svarka, to‘g‘ri joylashtirilmagan gaykalar va kuzov chizig‘iga mos kelmaydigan panellar aks etgan. Bu $80 000 turadigan premium elektromobil emas, balki ustaxonada “ko‘zbo‘yamachilik” bilan yasalgan mashinani eslatadi.

Cybertruck allaqachon sifat va yig‘ilishdagi muammolar bilan tanilgan edi. Panel yoriqlari, nosozliklar va hatto $7500 miqdoridagi federal soliq imtiyozi ham modelni ommalashtirishga yordam bermаdi.

O‘xshash yangiliklar

Toshkent bo‘ylab shaxsiy avtomobilda harakatlanish: Ijaraga mashina olishning afzalliklari va qoidalari
Toshkent bo‘ylab shaxsiy avtomobilda harakatlanish: Ijaraga mashina olishning afzalliklari va qoidalari
Bugungi kunda megapolis shaharlarda harakatlanish erkinligi — bu shunchaki qulaylik emas, balki zaruratdir. Toshkentga xizmat safari bilan kelgan tadbirkorlar, sayyohlar yoki o‘z shaxsiy avtomobili
Avto 12:21, 19-12-2025