Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 yanvar
+1°
туман ветер 2.1 м/с, СВ

Chevrolet elektr pikapi uchun buyurtmalar ochilmoqda

Avto
121

Chevrolet elektr pikapi uchun buyurtmalar ochilmoqda
Chevrolet yangilangan Silverado EV uchun buyurtmalarni aprelda qabul qilishni boshlaydi

Amerikaning Chevrolet avtomobil ishlab chiqaruvchisi 10-apreldan boshlab 2026-yilgi toʻliq elektr Silverado EV modeli uchun buyurtmalarni qabul qilishni boshlaydi.

32cars.ru portali xabariga koʻra, ushbu elektromobilning ishlab chiqarilishi may oyining oʻrtalaridan boshlanadi. Kompaniya hozircha yangi modelning texnik tafsilotlarini oshkor qilmagan.

Biroq, 2025-yilgi versiyasining boshlangʻich narxi $73,100 ekani ma'lum. U 645 ot kuchiga ega elektr dvigatel bilan jihozlangan boʻlib, 100 km/soat tezlikka atigi 4,1 soniyada erishishi mumkin.

Elektromobil ichida yoʻlovchilar va haydovchilar uchun sensorli displeylar mavjud boʻlib, ular orqali filmlar va seriallarni tomosha qilish, shuningdek, yoʻnalish boʻyicha ma'lumot olish mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Toshkent bo‘ylab shaxsiy avtomobilda harakatlanish: Ijaraga mashina olishning afzalliklari va qoidalari
Toshkent bo‘ylab shaxsiy avtomobilda harakatlanish: Ijaraga mashina olishning afzalliklari va qoidalari
Bugungi kunda megapolis shaharlarda harakatlanish erkinligi — bu shunchaki qulaylik emas, balki zaruratdir. Toshkentga xizmat safari bilan kelgan tadbirkorlar, sayyohlar yoki o‘z shaxsiy avtomobili
Avto 12:21, 19-12-2025