Bugun
Jim Kerri Fransiyada faxriy "Sezar" mukofotini oldi
+10°
пасмурно ветер 1.9 м/с, С

Putin AQSH va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi

Dunyo
116
Putin AQSH va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Bir necha kun avval Arabistonda AQSH va Ukraina delegatsiyasi uchrashib, Kiyev 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rozi bo‘lgani aytilgandi. O‘shanda AQSH davlat kotibi Marko Rubio «endi to‘p Rossiya tomonida» ekanini aytgandi. Bugun Kremlda bu taklifga rad javobini berishdi. Biroq kechga borib Aleksandr Lukashenko bilan matbuot anjumanida qatnashgan Putin bu taklifga rozi bo‘ldi.

Trampning maxsus vakili Moskvaga keldi

AQSH prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff Moskvaga bordi. Oldinroq uning samolyoti Dohadan Moskvaga uchgani xabar qilingandi. Trampning vakili Qatarda HAMAS va Isroil o‘rtasidagi muzokaralarda ham ishtirok etgan. Moskvada Uitkoff Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishi kutilmoqda.

Nyu-yorklik quruvchi, milliarder Uitkoff Trampning Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha maxsus vakili hisoblanadi. AQSH prezidentining Rossiya va Ukraina masalalari bo‘yicha butun boshli maxsus vakili ham bor edi, biroq Moskvaga Kit Kellog emas, Stiv Uitkoff keldi. Oldinroq OAVda Kit Kellog urush bo‘yicha muzokaralardan chetlashtirilgani haqida xabar chiqqandi.

Kreml 30 kunlik sulhga qarshi

Rossiya prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi, amalda mamlakatning tashqi siyosat bo‘yicha asosiy odami hisoblangan Yurish Ushakov Kreml vaqtincha sulhni qabul qilmasligini aytdi.

«Bu ukrainalik harbiylar uchun nafas rostlash uchun imkon berishdan boshqa narsa emas. Bizning maqsadimiz qisqa muddatli emas, uzoq tinchlikka erishish. O‘zini tinchlikka intilayotgandek ko‘rsatish kerak emas», degan Uitkoff Olga Skabeyevaga bergan qisqa intervyusida.

«Rossiya 1» telekanali boshlovchisi Putinning maslahatchisidan bu gapingizni Kreml kelishuvni rad etdi deb talqin qilsak bo‘ladimi, deb so‘radi. Ushakov esa yo‘q, bu borada prezidenti Putin bugun matbuot anjumanida alohida chiqish qiladi, dedi.

Putinning maslahatchisi bu Kremlning pozitsiyasi emas deb aytmoqda, lekin tabiiyki u Putinning ruxsatisiz bunday gapni aytolmaydi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy dunyo Rossiyadan sulh bo‘yicha hamon javob olmagani, bu esa Moskva urushni tugatishni istamasligidan dalolatligini aytdi.

Darvoqe, bugun Moskvada Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi. Rossiya prezidenti muhim qaror qabul qilish oldidan do‘sti Lukashenko bilan maslahatlashishni yaxshi ko‘radi. Uchrashuv yakunlangach matbuot anjumanida qatnashgan Putin 30 kunlik otashkesimga roziligi, lekin uning shartlarini kelishib olish kerakligini aytdi.

O‘tkir Jalolxonov tayyorladi

O‘xshash yangiliklar

Yaqin Sharqdagi Xavfsizlik Muammolari Logistikani Izdan Chiqardi
Yaqin Sharqdagi Xavfsizlik Muammolari Logistikani Izdan Chiqardi
Yaqin Sharq mintaqasidagi xavfsizlik bilan bog‘liq keskin vaziyat xalqaro logistika tizimida jiddiy uzilishlarga olib kelmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqida Bloomberg ma'lumot
Dunyo Bugun, 03:52
Eronda Muvaqqat Kengash Ishga Tushdi: Hokimiyat O'tishi Boshlandi
Eronda Muvaqqat Kengash Ishga Tushdi: Hokimiyat O'tishi Boshlandi
Eronda hokimiyat o‘tish davri rasman boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Prezident Mas'ud Pizishkiyon davlat teleradiokompaniyasi orqali xalqqa murojaat qilib, muvaqqat kengash o‘z
Dunyo Bugun, 02:02
Alirizo Arafiy Eron vaqtincha rahbari etib tayinlandi
Alirizo Arafiy Eron vaqtincha rahbari etib tayinlandi
Alirizo Arafiy Eronning vaqtinchalik rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Reuters axborotiga ko'ra, u boshqaruv kengashi a'zosi sifatida ish boshladi. 67 yoshli Arafiyga
Dunyo Kecha, 16:39
Misrda qadimgi maqbaralar va yozuvli idishlar topildi
Misrda qadimgi maqbaralar va yozuvli idishlar topildi
Misrning Asvon shahrida joylashgan Qubbat al-Hava nekropoli hududida arxeologlar muhim kashfiyotlarga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ular qadimgi podsholik davriga tegishli bo‘lgan, qoya
Dunyo Kecha, 14:20
Ar-Riyodda portlash ovozlari: mintaqada keskinlik kuchaymoqda
Ar-Riyodda portlash ovozlari: mintaqada keskinlik kuchaymoqda
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda portlash ovozlari eshitilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ayrim manbalarga ko‘ra, bu voqea mintaqadagi keskinlikning navbatdagi
Dunyo Kecha, 13:31
Eron: Oliy rahbar vafoti ortidan o‘tish davri boshlandi
Eron: Oliy rahbar vafoti ortidan o‘tish davri boshlandi
Eronda siyosiy tarixning muhim va murakkab davri boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 2026-yil 1-mart kuni Eron davlat axborot vositalari oliy rahbar Oyatulloh Ali Xominaiyning vafotidan so‘ng
Dunyo Kecha, 12:30