Bugun
Yosh tadbirkorlar uchun foizsiz ssudalar hajmi oshirildi
+10°
пасмурно ветер 1.9 м/с, С

Kanadaning yangi bosh vaziri Mark Karni qasamyod qildi

Dunyo
125
Kanadaning yangi bosh vaziri Mark Karni qasamyod qildi
«Karni qasamyod keltirdi va Kanadaning 24-bosh vaziriga aylandi», — deyiladi xabarda. U tez orada parlament saylovlari o‘tkazilishini e’lon qilishi kutilmoqda.

Karni — kanadalik iqtisodchi, moliyachi va jamoat arbobi, Kanada va Britaniya Markaziy banklarining sobiq boshqaruvchisi. U 2025 yil 9 martdan beri hukmron Liberal partiya yetakchisi hisoblanadi. Bundan oldin Karni siyosiy lavozimlarni egallamagan va parlamentda faoliyat yuritmagan.

Koronavirus pandemiyasi vaqtida Karni Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo hukumatiga iqtisodiyotni qayta tiklash masalalarida maslahat berib kelgan. 2025 yil 16 yanvarda u Kanada Liberal partiyasi yetakchiligi uchun nomzodini qo‘yishini e’lon qilgandi: yanvar boshlarida partiya yetakchisi va Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo iste’foga chiqishini e’lon qildi. Mart oyida o‘tkazilgan ichki saylovlar natijasiga ko‘ra, Karni 85,9 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi.

Mark Karni qo‘shni davlat prezidenti Donald Tramp tomonidan importga 25 foizlik bojlar joriy etilishi va Amerika yetakchisining Kanada suverenitetiga da’volari fonida AQSH bilan savdoga bog‘liqlikni kamaytirish uchun Yevropa va Osiyo bilan yaqin hamkorlikni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bundan tashqari, liberallarning yangi yetakchisi o‘rta sinf uchun soliqlarni pasaytirish, byurokratiyani qisqartirish, innovatsiyalar va investitsiyalarni faol rag‘batlantirishni o‘z ichiga olgan fundamental iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga va’da bergan.

O‘xshash yangiliklar

Yaqin Sharqdagi Xavfsizlik Muammolari Logistikani Izdan Chiqardi
Yaqin Sharqdagi Xavfsizlik Muammolari Logistikani Izdan Chiqardi
Yaqin Sharq mintaqasidagi xavfsizlik bilan bog‘liq keskin vaziyat xalqaro logistika tizimida jiddiy uzilishlarga olib kelmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqida Bloomberg ma'lumot
Dunyo Bugun, 03:52
Eronda Muvaqqat Kengash Ishga Tushdi: Hokimiyat O'tishi Boshlandi
Eronda Muvaqqat Kengash Ishga Tushdi: Hokimiyat O'tishi Boshlandi
Eronda hokimiyat o‘tish davri rasman boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Prezident Mas'ud Pizishkiyon davlat teleradiokompaniyasi orqali xalqqa murojaat qilib, muvaqqat kengash o‘z
Dunyo Bugun, 02:02
Alirizo Arafiy Eron vaqtincha rahbari etib tayinlandi
Alirizo Arafiy Eron vaqtincha rahbari etib tayinlandi
Alirizo Arafiy Eronning vaqtinchalik rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Reuters axborotiga ko'ra, u boshqaruv kengashi a'zosi sifatida ish boshladi. 67 yoshli Arafiyga
Dunyo Kecha, 16:39
Misrda qadimgi maqbaralar va yozuvli idishlar topildi
Misrda qadimgi maqbaralar va yozuvli idishlar topildi
Misrning Asvon shahrida joylashgan Qubbat al-Hava nekropoli hududida arxeologlar muhim kashfiyotlarga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ular qadimgi podsholik davriga tegishli bo‘lgan, qoya
Dunyo Kecha, 14:20
Ar-Riyodda portlash ovozlari: mintaqada keskinlik kuchaymoqda
Ar-Riyodda portlash ovozlari: mintaqada keskinlik kuchaymoqda
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda portlash ovozlari eshitilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ayrim manbalarga ko‘ra, bu voqea mintaqadagi keskinlikning navbatdagi
Dunyo Kecha, 13:31
Eron: Oliy rahbar vafoti ortidan o‘tish davri boshlandi
Eron: Oliy rahbar vafoti ortidan o‘tish davri boshlandi
Eronda siyosiy tarixning muhim va murakkab davri boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 2026-yil 1-mart kuni Eron davlat axborot vositalari oliy rahbar Oyatulloh Ali Xominaiyning vafotidan so‘ng
Dunyo Kecha, 12:30