Bugun
"Manchester Yunayted" "Kristal Pelas"ni mag'lub etdi, uchinchi o'rinda
+10°
пасмурно ветер 1.6 м/с, СВ

AQSH armiyasining Yamanga zarbalari haftalab davom etishi mumkin

Dunyo
114
AQSH armiyasining Yamanga zarbalari haftalab davom etishi mumkin
Donald Tramp ma’muriyati vakillarining The Guardian'ga ma’lum qilishicha, AQSH Harbiy-havo kuchlarining Yamandagi husiylarga zarbalari hali bir necha hafta davom etishi mumkin.

15 mart kuni Donald Tramp AQSH Qurolli kuchlariga Yamandagi «Ansorulloh» harakatining husiylariga qarshi harbiy operatsiya boshlashni buyurdi. U ushbu harakatni AQSH hamda boshqa davlatlarning dengiz kemalari va samolyotlariga qarshi «qaroqchilik, zo‘ravonlik va terrorizmda» aybladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, aviazarbalar oqibatida 31 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq odam jarohat olgan.

Qo‘shinlarning Yaqin Sharqdagi harakatlarini boshqaruvchi AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi shanba kungi hujumlarni Yamanda amalga oshiriladigan keng ko‘lamli operatsiyaning boshlanishi deb atadi.

«Husiylarning Amerika kema va samolyotlariga (va bizning qo‘shinlarimizga!) hujumi qabul qilib bo‘lmaydigan holatdir. Ularning homiysi bo‘lgan Eronga esa ogohlantirish berildi», — deb yozadi AQSH mudofaa vaziri Pit Xegset X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga.

Pentagon vakilining gazetaga ma’lum qilishicha, 2023 yildan beri husiylar AQSH harbiy kemalariga 174 marotaba, tijoriy kemalarga esa 145 marotaba hujum uyushtirgan.

Al-Arabiya telekanalining guruhni ismi oshkor etilmagan vakiliga tayanib ma’lum qilishicha, husiylar AQSH bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirgan.

O‘z navbatida husiylar siyosiy byurosi a’zo Huzam al-Asadning qayd etishicha, «Ansorulloh» AQSH Yaman shaharlari bombardimon qilingani uchun javob bermagunga qadar muzokaralarga borish niyatida emas.

Ma’lumot uchun, husiychilar – yamanlik shia jangari harakati bo‘lib, rasman «Ansorulloh» nomi bilan tanilgan. Ular Yaman hukumatiga qarshi, shuningdek, Saudiya Arabistoni va uning ittifoqchilariga faol qurolli qarshilik ko‘rsatadi, Isroilni asosiy dushmani deb hisoblaydi.

O‘xshash yangiliklar

Isroil 100 Ming Zaxiradagi Harbiyni Safarbar Etadi
Isroil 100 Ming Zaxiradagi Harbiyni Safarbar Etadi
Isroil armiyasi taxminan 100 ming zaxiradagi harbiy xizmatchini safarbar etishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda armiya matbuot xizmati ma'lumot berdi.
Dunyo Bugun, 06:51
Eron dronlari BAAda harbiy obyektlarga zarba berdi
Eron dronlari BAAda harbiy obyektlarga zarba berdi
Yaqin Sharqdagi vaziyat tobora murakkablashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Birlashgan Arab Amirliklari mudofaa idorasi Eron tomonidan Abu-Dabidagi harbiy-dengiz obyektiga dronlar orqali zarba
Dunyo Bugun, 06:26
Yaqin Sharqdagi Xavfsizlik Muammolari Logistikani Izdan Chiqardi
Yaqin Sharqdagi Xavfsizlik Muammolari Logistikani Izdan Chiqardi
Yaqin Sharq mintaqasidagi xavfsizlik bilan bog‘liq keskin vaziyat xalqaro logistika tizimida jiddiy uzilishlarga olib kelmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqida Bloomberg ma'lumot
Dunyo Bugun, 03:52
Eronda Muvaqqat Kengash Ishga Tushdi: Hokimiyat O'tishi Boshlandi
Eronda Muvaqqat Kengash Ishga Tushdi: Hokimiyat O'tishi Boshlandi
Eronda hokimiyat o‘tish davri rasman boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Prezident Mas'ud Pizishkiyon davlat teleradiokompaniyasi orqali xalqqa murojaat qilib, muvaqqat kengash o‘z
Dunyo Bugun, 02:02
Alirizo Arafiy Eron vaqtincha rahbari etib tayinlandi
Alirizo Arafiy Eron vaqtincha rahbari etib tayinlandi
Alirizo Arafiy Eronning vaqtinchalik rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Reuters axborotiga ko'ra, u boshqaruv kengashi a'zosi sifatida ish boshladi. 67 yoshli Arafiyga
Dunyo Kecha, 16:39
Misrda qadimgi maqbaralar va yozuvli idishlar topildi
Misrda qadimgi maqbaralar va yozuvli idishlar topildi
Misrning Asvon shahrida joylashgan Qubbat al-Hava nekropoli hududida arxeologlar muhim kashfiyotlarga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ular qadimgi podsholik davriga tegishli bo‘lgan, qoya
Dunyo Kecha, 14:20