Bugun
Shahzod Sultonovni mashhur qilgan klip: "Narxi qancha mehrni ayting"
+11°
пасмурно ветер 4.7 м/с, В

Pavel Durov: Telegram'ning doimiy foydalanuvchilari soni 1 milliarddan oshdi

Dunyo
144

Pavel Durov: Telegram'ning doimiy foydalanuvchilari soni 1 milliarddan oshdi
Telegram'ning bir oylik auditoriyasi 1 milliard faol foydalanuvchidan oshdi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Telegram dunyoda ma’lumot almashish bo‘yicha eng mashhur ilovalar orasida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan (Xitoyning WeChat'idan tashqari).

Telegram'dan oldingi o‘rinda WhatsApp turibdi, Druov uni o‘z messenjerining «arzon» va «sayoz» taqlidi deb atagan. «Uzoq yillar davomida ular bizni sekinlashtirish uchun lobbizm va PR-kampaniyalarga milliardlarni sarflab, innovatsiyalarimizdan nusxa olishga jon-jahdlari bilan harakat qilishdi. Ular muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Telegram o‘sdi, daromadli bo‘ldi va raqobatchimizdan farqli o‘laroq, o‘z mustaqilligini saqlab qoldi. Biz endigina boshlayapmiz», — deb yozadi Durov.

Shuningdek, Durov foydalanuvchilar faolligi oshib borayotganini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, har bir foydalanuvchi kuniga Telegram'ni o‘rtacha 21 marta ochadi va unda har kuni 41 daqiqa vaqt o‘tkazadi. Durovning so;zlariga ko‘ra, 2024 yilda daromad 547 million dollarni tashkil etgan.

2024 yil aprelda Durov amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida yil davomida milliard foydalanuvchiga erishishni kutayotganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, u dekabr oyida Telegram'ning umumiy daromadi yil davomida 1 milliard dollardan oshgani haqida yozgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilda paydo bo‘lgan Telegram Premium pulli servisi obunachilari soni 12 milliondan oshgan.

O‘xshash yangiliklar

Jebel Ali porti keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi
Jebel Ali porti keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi
Yaqin Sharqdagi eng yirik konteyner porti hisoblangan Jebel Ali porti mintaqadagi keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Dunyo Bugun, 08:58
Tramp: Eron yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
Tramp: Eron yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
Donald Trampning bayonotiga ko‘ra, Eron ikki hafta ichida yadroviy qurolga ega bo‘lishi mumkin edi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Unga ko‘ra, bu xavfni bartaraf etish uchun AQSH Eronga qarshi
Dunyo Bugun, 08:15
Tramp: Eron ikki haftada yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
Tramp: Eron ikki haftada yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, Eron ikki hafta ichida yadroviy qurolga ega bo‘lishi mumkin edi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Trampning aytishicha, aynan shu sabab AQSh Eron bilan
Dunyo Bugun, 07:34
AQSh razvedkasi Xominaiyning joylashuvini aniqladi
AQSh razvedkasi Xominaiyning joylashuvini aniqladi
AQSh va Isroilning Eronga qarshi amalga oshirgan hujumi atrofida yangi tafsilotlar ma'lum bo‘lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The New York Times nashri va Reuters manbalariga ko‘ra, AQSh
Dunyo Bugun, 07:33
Isroil 100 Ming Zaxiradagi Harbiyni Safarbar Etadi
Isroil 100 Ming Zaxiradagi Harbiyni Safarbar Etadi
Isroil armiyasi taxminan 100 ming zaxiradagi harbiy xizmatchini safarbar etishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda armiya matbuot xizmati ma'lumot berdi.
Dunyo Bugun, 06:51
Eron dronlari BAAda harbiy obyektlarga zarba berdi
Eron dronlari BAAda harbiy obyektlarga zarba berdi
Yaqin Sharqdagi vaziyat tobora murakkablashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Birlashgan Arab Amirliklari mudofaa idorasi Eron tomonidan Abu-Dabidagi harbiy-dengiz obyektiga dronlar orqali zarba
Dunyo Bugun, 06:26