Bugun
Shahzod Sultonovni mashhur qilgan klip: "Narxi qancha mehrni ayting"
+11°
пасмурно ветер 4.7 м/с, В

Isroil mudofaa vaziri G‘azoni “to‘liq yo‘q qilish” bilan tahdid qildi

Dunyo
123

Isroil mudofaa vaziri G‘azoni “to‘liq yo‘q qilish” bilan tahdid qildi
Isroil mudofaa vaziri Israel Kas falastinliklar garovga olinganlarni ozod qilmasa va HAMASni quvib chiqarmasa, G‘azoni “butunlay yo‘q qilish” bilan tahdid qildi. Bu haqda u harbiy idora matbuot xizmati tarqatgan videomurojaatda ma’lum qilgan.

“Agar barcha isroillik garovga olinganlar ozod qilinmasa va HAMAS G‘azodan quvilmasa, Isroil siz ilgari bilmagan kuchlarni ishga soladi. AQSH prezidenti Donald Trampning taklifini qabul qiling, garovga olinganlarni qaytaring va HAMASni haydang. Siz uchun boshqa imkoniyatlar jumladan, xohlovchilar uchun dunyoning boshqa joylariga ko‘chib o‘tish imkoniyati ochiladi. Muqobil variant — to‘liq vayron qilish va yo‘q qilish”, dedi u.

Bundan tashqari, Kas G‘azo sektoridagi jangovar harakatlar hududlaridan aholini evakuatsiya qilish tez orada boshlanishini e’lon qildi.

“Isroil harbiy-havo kuchlarining HAMAS terrorchilariga bergan zarbalari faqat birinchi qadam edi. Davomi ancha og‘ir bo‘ladi, siz to‘liq badalni to‘laysiz”, deya ogohlantirdi Kas.

Quruqlikdagi harakatlar doirasida Isroil harbiylari Isroil janubidagi Beri tumanidan dengiz sohiligacha G‘azo sektorini kesib o‘tuvchi va eksklavning shimoliy qismini janubiy qismidan ajratib turuvchi Netsarim yo‘lagi markaziga o‘z nazoratini kengaytirdi.

Yaqin Sharq ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, hozirda Isroil qo‘shinlari G‘azo sektorini shimoliy va janubiy qismlarga ajratib turuvchi Netsarim yo‘lagining taxminan yarmini, mintaqadagi asosiy avtomagistral — Salohiddingacha bo‘lgan hududni egallab olgan.

O‘xshash yangiliklar

Jebel Ali porti keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi
Jebel Ali porti keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi
Yaqin Sharqdagi eng yirik konteyner porti hisoblangan Jebel Ali porti mintaqadagi keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Dunyo Bugun, 08:58
Tramp: Eron yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
Tramp: Eron yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
Donald Trampning bayonotiga ko‘ra, Eron ikki hafta ichida yadroviy qurolga ega bo‘lishi mumkin edi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Unga ko‘ra, bu xavfni bartaraf etish uchun AQSH Eronga qarshi
Dunyo Bugun, 08:15
Tramp: Eron ikki haftada yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
Tramp: Eron ikki haftada yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, Eron ikki hafta ichida yadroviy qurolga ega bo‘lishi mumkin edi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Trampning aytishicha, aynan shu sabab AQSh Eron bilan
Dunyo Bugun, 07:34
AQSh razvedkasi Xominaiyning joylashuvini aniqladi
AQSh razvedkasi Xominaiyning joylashuvini aniqladi
AQSh va Isroilning Eronga qarshi amalga oshirgan hujumi atrofida yangi tafsilotlar ma'lum bo‘lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The New York Times nashri va Reuters manbalariga ko‘ra, AQSh
Dunyo Bugun, 07:33
Isroil 100 Ming Zaxiradagi Harbiyni Safarbar Etadi
Isroil 100 Ming Zaxiradagi Harbiyni Safarbar Etadi
Isroil armiyasi taxminan 100 ming zaxiradagi harbiy xizmatchini safarbar etishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda armiya matbuot xizmati ma'lumot berdi.
Dunyo Bugun, 06:51
Eron dronlari BAAda harbiy obyektlarga zarba berdi
Eron dronlari BAAda harbiy obyektlarga zarba berdi
Yaqin Sharqdagi vaziyat tobora murakkablashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Birlashgan Arab Amirliklari mudofaa idorasi Eron tomonidan Abu-Dabidagi harbiy-dengiz obyektiga dronlar orqali zarba
Dunyo Bugun, 06:26