Bugun
AQSH Eron neftini eksport qilishga cheklovni yumshatdi
+15°
пасмурно ветер 3.6 м/с, В

Italiya shaharlaridan birida uylar 1 yevro narxga sotilmoqda

Dunyo
114
Italiya shaharlaridan birida uylar 1 yevro narxga sotilmoqda
Italiyaning Abruzzo mintaqasida joylashgan Penne shahri tarixiy uylar 1 yevroga sotiladigan maxsus dasturni joriy qildi. Mahalliy hukumat shu tariqa shahar markazining qiyofasini yaxshilashni maqsad qilgan.

“Shaharda 40 dan ortiq bo‘sh va qarovsiz qolgan binolar mavjud bo‘lib, ularning barchasi tarixiy markazda joylashgan. Bu yerda yashagan oilalar o‘n yillar avval ko‘chib ketgan”, dedi shahar meri Gilberto Petruchchi.

“Mazkur dastur 2022 yilda boshlangan bo‘lib, shu vaqtga qadar oltita uy sotilgan. Navbatdagi sotuvga qo‘yiladigan uylar ro‘yxati yaqin kunlarda e’lon qilinadi”, dedi mer.

Dasturga ko‘ra, Penne shahridagi Uyg‘onish davriga oid bir nechta uylari sotilishi rejalashtirilgan. Ularning aksariyati bir vaqtlar fermer oilalariga tegishli edi. Ularning aksariyati boshqa mamlakatlarga, xususan, AQSH, Belgiya, Venesuelaga va boshqa yirik shaharlarga fabrikalarda ishlash uchun ko‘chib ketgan.

1 yevrolik xonadonlarga oid dasturlarning aksariyati xaridorlardan 2000 yevrodan 5000 yevrogacha depozitni talab qiladi va xonadon ta’mirda o‘tgachgina, avvalgi summa qaytariladi. Ammo Penne xaridorlar uchun qulay imkoniyatlarni taqdim etmoqda.

“Yagona talab shundaki, yangi uy egalari ushbu xonadonlarni uch yil ichida to‘liq ta’mirlash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Bundan tashqari, yangi uy egalari ish boshlashlari uchun biz dastlabki to‘lov kafolatini talab qilmaymiz. Biz tarixiy ahamiyatga ega hududlarimizni qayta jonlantirish uchun yurtimiz mehmonlarini har tomonlama rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashni istaymiz”, deydi Petruchchi.

Dastur ishtirokchilari uchun yana bir qo‘shimcha bonus ham bir: uyni ta’mirlash jarayonida yangi mulkdorlarga italiyalik mutaxassislar — arxitektorlar, geodeziya mutaxassislari va quruvchilar yordam beradi.

O‘xshash yangiliklar

AQSh va Isroil Natanzdagi yadro majmuasiga zarba berdi
AQSh va Isroil Natanzdagi yadro majmuasiga zarba berdi
Eron Atom energiyasi tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 21 mart kuni AQSh va Isroil Natanzdagi uranni boyitish majmuasiga yangi zarba berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. AQSh va Isroil rasmiylari bu
Dunyo Bugun, 22:55
AQSh Hamasga qurolsizlanish shartlarini taklif qildi
AQSh Hamasga qurolsizlanish shartlarini taklif qildi
AQSh Prezidenti Donald Tramp tomonidan tinchlik o‘rnatish maqsadida Hamasga qurollaridan voz kechish bo‘yicha yozma shartlar ro‘yxati yuborilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Bugun, 22:22
Yaqin Sharqda AQSh bazalariga Eron zarbalari zarar yetkazdi
Yaqin Sharqda AQSh bazalariga Eron zarbalari zarar yetkazdi
BBC tahliliga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga Eron tomonidan berilgan zarbalar janglarning dastlabki o‘n to‘rt kunida taxminan sakkiz yuz million dollar zarar yetkazdi. Bu haqda
Dunyo Bugun, 21:32
AQSh Eron harbiy kuchlarini zaiflashtirishda muvaffaqiyat qozondi
AQSh Eron harbiy kuchlarini zaiflashtirishda muvaffaqiyat qozondi
AQSh Markaziy qo'mondonligi admirali Bred Kuperning ma'lumotlariga ko'ra, urush boshidan buyon Amerika harbiylari Erondagi sakkiz mingdan ortiq nishonga zarba berdi. Bu haqda Zamin.uz
Dunyo Bugun, 21:29
AQSH beshta davlatni yadroviy tahdid ro'yxatiga kiritdi
AQSH beshta davlatni yadroviy tahdid ro'yxatiga kiritdi
Amerika Qo‘shma Shtatlari rasmiy ravishda Rossiya, Xitoy, Eron, Shimoliy Koreya va Pokistonni yadroviy qurol bilan hujum qilishga qodir davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo Bugun, 20:13
Rossiya iqtisodiyoti joriy yil oxirigacha retsessiyaga kirishi mumkin
Rossiya iqtisodiyoti joriy yil oxirigacha retsessiyaga kirishi mumkin
Rossiya iqtisodiyoti joriy yil oxirigacha retsessiya bosqichiga kirib qolishi ehtimoli yuqori ekani haqida Kremlga yaqin joylashgan iqtisodchilar o'rtasida keng bahs-munozara boshlangan. Bu
Dunyo Bugun, 20:01