Bugun
3D texnologiyalar Deyv Richardsning yuzini tikladi
+11°
облачно с прояснениями ветер 2.1 м/с, С

Suriyaning yangi hukumati tarkibiga kimlar kirdi?

Dunyo
127

Suriyaning yangi hukumati tarkibiga kimlar kirdi?
Yangi hukumat Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan keyin Suriyada sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni, xususan, mamlakatni boshqarishda diniy va etnik ozchiliklar vakillarining ishtirokini va G‘arbga o‘tgan o‘n yilliklardagiga qaraganda ko‘proq ochiqlikni ifodalaydi.

Mamlakatda birinchi marta sport vazirligi paydo bo‘ldi, idoralardan biriga alaviylar vakili rahbarlik qiladi, mehnat vaziri lavozimini esa nasroniy ayol egalladi.

«Biz milliy yo‘limizda yangi bosqich boshlanayotgani shohidlarimiz va bugun yangi hukumatning shakllanishi yangi davlat qurishga bo‘lgan umumiy irodamizning deklaratsiyasidir», – deya ash-Shar’aning hukumat tarkibini e’lon qilish marosimidagi nutqidan iqtibos keltiradi SANA davlat axborot agentligi agentligi.

Suriya hukumatida alohida bosh vazir lavozimi ko‘zda tutilmagan. Ijro etuvchi hokimiyatni prezident boshqaradi.

2024 yil oxirida Bashar Asad rejimini ag‘darishda ishtirok etgan isyonchilarning sobiq rahbari ash-Shar’a 2025 yil yanvarida Suriyaning vaqtinchalik prezidenti bo‘lgandi. U inklyuziv o‘tish hukumatini shakllantirishga va’da bergandi, bunday hukumat barcha suriyaliklar manfaatlarini hisobga olgan holda «mamlakatni halollik bilan boshqarishi» hamda ayollar va etnik ozchiliklar huquqlariga rioya qilishi ko‘zda tutilgan.

Shundan keyin, Suriyaning yangi rahbari va’da qilganidek, mamlakatda, «erkin va adolatli saylovlar» o‘tkazilishi kerak. Bu o‘tish davri, o‘sha paytda ash-Shar’a aytganidek, to‘rt yil davom etishi mumkin.

Yangi kengaytirilgan kabinet tarkibidan 23 nafar vazir o‘rin olgan, ular orasida alaviylar, druzlar va nasroniylar bor, deyiladi Reuters agentligi xabarida.

Yana bir ozchilik – kurdlar vakili esa hukumat tarkibida yo‘q.

Yangi hukumatda alaviylarni transport vaziri etib tayinlangan Yarub Badr ifoda etadi. Shialik yo‘nalishi hisoblangan ushbu diniy oqim vakillari Suriya aholisining taxminan 10 foizini tashkil etadi (mamlakat aholisining aksariyati sunniy musulmonlar). Suriyani yarim asrdan ko‘proq boshqargan Asadlar oilasi ham alaviylarga mansubdir.

Mart oyi boshida Suriyaning O‘rta Yer dengizi sohilidagi hududlarida ko‘tarilgan alaviylar isyonini bostirish vaqtida yuzlab tinch aholi vakillari halok bo‘lgandi, Buyuk Britaniyada joylashgan Suriya inson huquqlari monitoringi markazi bu voqealarni 2024 yil dekabr oyida Asad rejimi ag‘darilganidan beri mamlakatda kuzatilgan «eng ommaviy va shafqatsiz qotilliklar» deb atagan.

Yangi hukumat «Asad ko‘ngillilarining qoldiqlari» deb atalgan toifaga qarshi amaliyot chog‘ida yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklarni tan oldi. Ular zo‘ravonliklar sodir etilgan tartibsizliklarda rasmiy xavfsizlik kuchlarini qo‘llab-quvvatlashga uringan uyushmagan guruhlar va qurolli jangarilarni aybladi.

Ash-Shar’a o‘shanda «tinch aholi orasida qon to‘kilishiga yoki xalq birligiga zarar yetkazishga aloqador bo‘lganlarning barchasi hech qanday shafqat ko‘rsatmasdan javobgarlikka tortilishi»ga va’da bergandi.

Yangi qishloq xo‘jaligi vaziri Amgad Badr druzlar jamoasiga – arab etno-konfessional guruhiga mansub. Suriya hududida ilgari 850 minggacha druzlar yashagan.

Foto: Getty Images
Ash-Shar’a hukumati tarkibiga nasroniy ayol ham kiritildi. Hind Kabavat Asad rejimiga muxolifatda bo‘lgan va dinlararo bag‘rikenglik hamda ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish tarafdori bo‘lgan, deb eslatadi Reuters. Kabavat ijtimoiy siyosat va mehnat vaziri bo‘lib ishlaydi. Vazirlar mahkamasining taqdimot marosimida u oq kostyum shim kiyib qatnashdi.

Ikki vazir – Murhaf Abu Kasra va Asad ash-Shayboniy – Asad rejimi qulagan 2024 yil dekabr oyidan beri Suriyani boshqarib kelayotgan muvaqqat hukumatdagi mudofaa va tashqi ishlar vazirlari lavozimlarini saqlab qolishdi.

Shuningdek, Shar’a ikkita yangi idora – Sport va yoshlar vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etdi, xususan, ko‘ngillilarning mashhur «Oq kaskalar» fuqarolik tashkiloti rahbari Rayoz al-Saloh favqulodda vaziyatlar vazirligiga rahbar bo‘ldi.

Suriyada sportni rivojlantirish va yoshlar siyosati bilan shug‘ullanadigan vazirlikning paydo bo‘lishi, ash-Shar’aning so‘zlariga ko‘ra, «yoshlarning roli muhimligiga bo‘lgan ishonch»ni aks ettiradi.

Mart o‘rtalarida Ahmad ash-Shar’a mamlakatda o‘tish davri davomida amalda bo‘ladigan vaqtinchalik konstitutsiya deklaratsiyasini imzolagandi. Deklaratsiya islom huquqining markaziy rolini saqlab qoldi va ayollar huquqlari va so‘z erkinligini kafolatladi, shuningdek, u Suriyaning eski konstitutsiyasidagi ayrim bandlarni o‘zida saqlab qolgan.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil dekabr oyi boshlarida Suriya prezidenti Bashar Asadga qarshi bo‘lgan muxolifat kuchlari Damashqqa kirib, hokimiyatni egalladi. Asad oilasi bilan Moskvaga qochib ketdi. Unga qarshi muxolifat kuchlariga boshchilik qilgan «Hay’at Tahrir ash-Shom» guruhi rahbari Ahmad ash-Shar’a Suriyaning o‘tish davri prezidentiga aylandi.

Ahmad ash-Shar’a hokimiyat tepasiga kelganidan keyin G‘arb davlatlari yetakchilari mamlakatga qarshi joriy etilgan sanksiyalarni olib tashlash imkoniyatini ko‘rib chiqishni boshladi. Ammo ular yangi hukumat bilan aloqalar agar siyosiy jarayon va muvaqqat hukumat mamlakatda etnik hamda diniy xilma-xillikni ta’minlasa amalga oshishini ma’lum qildi.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

3D texnologiyalar Deyv Richardsning yuzini tikladi
3D texnologiyalar Deyv Richardsning yuzini tikladi
Britaniyaning Devon shahrida yashovchi 75 yoshli Deyv Richards 2021-yilda hayotidagi eng og‘ir sinovlardan birini boshdan kechirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U velosipedda ketayotganida mast
Dunyo Kecha, 07:32
O‘zbekistonda tuman va kuchli shamol kutilmoqda
O‘zbekistonda tuman va kuchli shamol kutilmoqda
30-oktyabr, payshanba kuni O‘zbekiston hududlarida tuman tushishi va shamol tezligi 18 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu kuch 12 balli Bofort shkalasi
Dunyo Kecha, 07:31
Tramp va Si Janubiy Koreyada uchrashuv o‘tkazdi
Tramp va Si Janubiy Koreyada uchrashuv o‘tkazdi
AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy raisi Si Zinpin Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik sammiti doirasida uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Dunyo Kecha, 06:43
O‘rtachirchiqda yangi aeroport qurilishi rejalashtirilmoqda
O‘rtachirchiqda yangi aeroport qurilishi rejalashtirilmoqda
O‘rtachirchiq tumanida Kuyichirchiq tumani bilan chegaradosh hududda yangi xalqaro aeroport qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda tuman hokimiyati ma’lum qildi. Ushbu
Dunyo Kecha, 06:29
AQSh 30 yildan so‘ng yadro sinovlarini qayta boshlaydi
AQSh 30 yildan so‘ng yadro sinovlarini qayta boshlaydi
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda 30 yildan so‘ng yadro qurollarini sinovdan o‘tkazishni qayta yo‘lga qo‘yishga qaror qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu qarorni Rossiya va Xitoy kabi
Dunyo Kecha, 05:38
Karib dengizida “Melissa” dovuli vayronagarchilik keltirdi
Karib dengizida “Melissa” dovuli vayronagarchilik keltirdi
Karib dengizi hududida “Melissa” nomli kuchli dovul katta talafotlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Dovul Yamayka, Gaiti va Kuba davlatlarida vayronagarchiliklar, suv toshqinlari va
Dunyo Kecha, 05:10