Bugun
Autodesk Flow Studio sun'iy aql imkoniyatlari bilan boyidi
+1°
ясно ветер 3.2 м/с, СЗ

Janubiy Koreya prezidentiga qarshi qaror o‘z kuchida qoldi

Dunyo
131

Janubiy Koreya prezidentiga qarshi qaror o‘z kuchida qoldi
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat e’lon qilishga muvaffaqiyatsiz urinmasidan to‘rt oy o‘tib, lavozimidan butunlay chetlatildi, deb BBC xabar berdi. Konstitutsiyaviy sud uning impichmenti haqidagi qarorni o‘z kuchida qoldirdi.

Impichmentni qo‘llab-quvvatlash uchun sudning 8 a’zosi ovoz bergan. Ular hukm chiqarish vaqtida prezident o‘z qarori bilan konstitutsiya, qonun ustuvorligi va demokratiya tamoyillarini buzganini ta’kidlashgan.

Endilikda Janubiy Koreyada 60 kun ichida yangi prezidentlik saylovi o‘tkazilishi kerak.

2024 yil dekabrida Yun mamlakatda harbiy holat e’lon qilishga uringan, parlament esa uni isyonga urinishda ayblab, unga nisbatan impichment e’lon qilgan edi. Bu qarordan so‘ng u lavozimidan chetlatilgan, ammo rasman prezidentlikdan butunlay chetlatilishi Konstitutsiyaviy sud qaroriga bog‘liq edi.

Yun isyonga urinish ayblovlarini rad etgan va bu qaror “siyosiy jihatdan tekshirilgan” bo‘lib, davlatni muxolifatdan himoya qilish uchun qabul qilinganini aytgan. Uning advokatlari esa sud jarayonini “noqonuniy va adolatsiz” deb baholashgan.

Mart oyida Konstitutsiyaviy sud Yun Sok Yolni hibsdan ozod qilgan va unga nisbatan chiqarilgan hibs orderini bekor qilgan.

O‘xshash yangiliklar

3D printer yordamida toshbaqa uchun maxsus nogironlar aravachasi yasaldi
3D printer yordamida toshbaqa uchun maxsus nogironlar aravachasi yasaldi
Zamonaviy texnologiyalar bugungi kunda insoniyat hayotini o'zgartirish bilan bir qatorda, hayvonlar dunyosiga ham katta yordam berayotgani haqiqatdir. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Yaqinda
Dunyo Bugun, 12:08
Qatar Yaqin Sharqda urush holati mavjudligini e'lon qildi
Qatar Yaqin Sharqda urush holati mavjudligini e'lon qildi
Qatar tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Majid al-Ansoriy Yaqin Sharq mintaqasida urush holati mavjudligini va bu vaziyatning jiddiy zararlar keltirib chiqarishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu
Dunyo Bugun, 11:49
Hindistonda fillarga maxsus tez yordam mashinalari ishga tushirildi
Hindistonda fillarga maxsus tez yordam mashinalari ishga tushirildi
Hindiston hududida yovvoyi tabiat va undagi hayvonot dunyosini himoya qilish yo'lidagi sa'y-harakatlar yangi bosqichga o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mamlakatda fillar uchun
Dunyo Bugun, 11:22
Netanyahuning taqdiri haqidagi fitna nazariyalari va ularning asl mohiyati
Netanyahuning taqdiri haqidagi fitna nazariyalari va ularning asl mohiyati
Yaqin Sharqdagi keskin siyosiy vaziyat faqat jang maydonlarida emas, balki axborot urushi sohasida ham shiddatli tus olmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. So'nggi kunlarda Isroil Bosh vaziri
Dunyo Bugun, 09:39
Forbes reytingida Ilon Mask yana birinchi o'rinda qoldi
Forbes reytingida Ilon Mask yana birinchi o'rinda qoldi
Forbes nashri dunyodagi eng boy insonlar ro'yxatini yangilab, ommaga e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu yillik reytingga ko'ra, mashhur tadbirkor Ilon Mask ketma-ket
Dunyo Bugun, 09:22
Tramp va Netanyaxu kelishmovchiligi Eronni ekologik ofatga olib keldi
Tramp va Netanyaxu kelishmovchiligi Eronni ekologik ofatga olib keldi
Yaqin Sharqdagi geosiyosiy vaziyat yangi va xavfli bosqichga o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Buning sababi AQSH prezidenti Donald Trampning kutilmagan bayonotlari va Eronda yuzaga kelgan
Dunyo Bugun, 08:42