Xitoy Trampning bojlariga qanday javob qaytardi?

Dunyo
147
Xitoy Trampning bojlariga qanday javob qaytardi?
Tramp 2 aprel kuni butun dunyoga savdo urushi eʼlon qilganida AQSHga Xitoy importiga 34 foizlik qo‘shimcha bojlar kiritgandi. Prezident bojlar kuchga kirishini bir haftaga kechiktirib, barcha mamlakatlar bilan muzokaralar o‘tkazishni taklif qildi va “fenomenal” yondashuv ko‘rsatganlarga yengillik berilishini vaʼda qildi.

Xitoy bu hujumni tanqid qilib, boshqa davlatlarni jahon savdosi erkinligini himoya qilishga chaqirdi. Ordan ikki kun o‘tib, Xitoy moliya vazirligi xuddi shunday 34 foizlik qo‘shimcha bojlarni joriy qilishini eʼlon qildi.

Shu bilan birga, Xitoy Jahon savdo tashkilotiga rasmiy shikoyat kiritdi. Ammo JSTda nizolarni hal qilish mexanizmi ko‘p yillardan beri ishlamaydi, chunki AQSH bu tashkilotni Xitoyning iqtisodiy taʼsirini kuchaytiruvchi vosita deb biladi va apellyatsiya organi ishini to‘xtatgan.

Trampning tarif siyosatining asosiy nishoni Xitoy bo‘lib qolmoqda, chunki u Amerikaga eng ko‘p tovar eksport qiluvchi mamlakat hisoblanadi. AQSH Xitoy bilan katta savdo taqchilligiga ega va Tramp avvalgi prezidentlik davridayoq savdo urushini boshlagan edi.

Birinchi urinish katta samara bermadi. Tramp 2025 yil yanvarida yana prezident bo‘lib qaytgach, ikkinchi urushni boshladi. 2 apreldagi eʼlondan so‘ng, Xitoy tovarlariga qo‘shimcha bojlar joriy etildi va umumiy stavka 54 foizgacha oshdi.

Bundan tashqari, Tramp 2 maydan boshlab internet-do‘konlar uchun 800 dollardan arzonroq yuboriladigan paketlarga beriladigan imtiyozni bekor qiladi. Bu qaror Shein va Temu kabi Xitoy chakana onlayn sotuvchilariga katta taʼsir ko‘rsatishi mumkin. 2024 yilda amerikaliklar shunday yuborilgan taxminan 1,5 milliardga yaqin jo‘natmalarni qabul qilishgan.

O‘xshash yangiliklar

Amerikalik kompaniya insonlarni yoshartiruvchi dori vositasini sinovdan o'tkazdi
Amerikalik kompaniya insonlarni yoshartiruvchi dori vositasini sinovdan o'tkazdi
Amerikalik Life Biosciences biotexnologiya kompaniyasi insonlarda ER-100 preparatini klinik sinovdan o'tkazish uchun ruxsat olgani bilan tarixiy qadam tashladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo Bugun, 01:28
Kim Jon Un qizi bilan tank ustida paydo bo'ldi
Kim Jon Un qizi bilan tank ustida paydo bo'ldi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Jon Un yana bir bor butun dunyo e'tiborini o'ziga qaratdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U o'g'li emas, balki qizi Kim Yo Jon bilan birga harbiy
Dunyo Bugun, 00:25
Shimoliy Koreya Rossiyaning urushga yordami milliardlab dollarga baholanmoqda
Shimoliy Koreya Rossiyaning urushga yordami milliardlab dollarga baholanmoqda
Xalqaro moliyaviy tahlilchi Bloomberg agentligi o'tgan yilning mart oyida e'lon qilgan yangi hisobotga ko'ra, Shimoliy Koreya hozirda davom etayotgan Ukraina urushi jarayonida Rossiya
Dunyo Kecha, 23:06
AQSh Tripoli kemasi Fors ko'rfaziga yo'l oldi
AQSh Tripoli kemasi Fors ko'rfaziga yo'l oldi
Amerika Qo'shma Shtatlari Yaqin Sharqdagi harbiy mavqeini mustahkamlash va mintaqadagi vaziyatga bevosita ta'sir o'tkazish maqsadida harbiy faoliyatini sezilarli darajada
Dunyo Kecha, 23:01
AQSH va Isroil hujumida Eron generali shahid bo'ldi
AQSH va Isroil hujumida Eron generali shahid bo'ldi
Eron Islom inqilobi qo'riqchilari korpusi o'zining matbuot kotibi general Ali Mohammad Nayni AQSh va Isroil havo kuchlarining zarba berishi oqibatida hayotdan ko'z yumdini ma'lum
Dunyo Kecha, 22:34
AQSh Eron bilan jangovar vaziyatga tayyorgarlik ko'rmoqda
AQSh Eron bilan jangovar vaziyatga tayyorgarlik ko'rmoqda
Amerika Qo'shma Shtatlari va Eron o'rtasidagi kuchayib borayotgan kelishmovchiliklar fonida Vashington mintaqadagi harbiy mavqeinini mustahkamlashga qaratilgan jiddiy choralar
Dunyo Kecha, 21:38