ENRU

Madagaskarda harbiylar hokimiyatni egalladi

Dunyo
18
Madagaskarda harbiylar hokimiyatni egalladi
Madagaskarda uch haftadan ortiq davom etgan ommaviy norozilik namoyishlari mamlakatda siyosiy inqilob bilan yakunlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Prezident Andri Radzuelina mamlakatni tark etgan, hokimiyat esa armiya qo‘liga o‘tdi. 14 oktabr kuni CAPSAT elita harbiy bo‘linmasi rahbari polkovnik Maykl Randrianirina televideniye orqali chiqish qilib, “Biz hokimiyatni qo‘lga oldik” deb e’lon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiylar senat, konstitutsiyaviy sud va saylov komissiyasi faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan. Shu bilan birga, parlamentning quyi palatasi — Milliy majlis hozircha o‘z ishini davom ettirmoqda.

Qiziq tomoni shundaki, harbiylar bayonotidan bir necha daqiqa oldin deputatlar Radzuelinni impichment orqali lavozimidan ozod etish uchun ovoz bergan. Ammo bu qarorning qonuniyligi shubha ostida, chunki prezident o‘sha paytda parlamentni tarqatib yuborish haqida farmon chiqargan edi.

Radzuelina mamlakatni dushanba kuni tark etgan. U murojaatida hayoti xavf ostida ekanini aytib, Madagaskarning yo‘q bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi.

Reuters agentligi xabariga ko‘ra, u Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning roziligi bilan fransuz harbiy samolyotida mamlakatdan olib chiqilgan. Fransiya Madagaskarning sobiq mustamlakasi bo‘lib, orol 1960 yilda mustaqillikka erishgan.

Makron Madagaskardagi voqealar yuzasidan izoh berib, “Fransiya yoshlarning noroziligini tushunadi, ammo harbiylar bu holatdan siyosiy maqsadlarda foydalanmasligi kerak” dedi. Parij hozircha voqealarga bevosita aralashish niyatida emasligini ma’lum qildi.

Madagaskarda norozilik namoyishlari 25 sentyabrda boshlangan. Dastlab aholining uzoq davom etgan elektr energiyasi va suv tanqisligidan norozi bo‘lishi asosiy sabab bo‘lgan.

Keyinchalik talablar siyosiy tus olib, hukumat va prezidentning iste’fosini talab qilishga aylangan. Prezident avvalroq hukumatni iste’foga chiqargan va namoyishchilar bilan muloqotga tayyorligini bildirgan.

Shuningdek, u poytaxt Antananarivudagi uzilishlar bir oy ichida bartaraf etilmasa, lavozimini ixtiyoriy tark etishga va’da bergan. Biroq bu qadamlar tinchlikka olib kelmadi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishlarni kuch bilan tarqatish jarayonida 22 kishi halok bo‘lgan, rasmiy ma’lumotlarda esa 12 nafar namoyishchi o‘limi tasdiqlangan. Voqealar keskinlashishiga CAPSAT elita bo‘linmasining ham namoyishchilar tarafini olishi sabab bo‘lgan.

Ular hukumat buyruqlarini bajarishni rad etib, boshqa harbiy tuzilmalarni ham shunday qilishga chaqirgan. Qayd etish lozimki, aynan shu CAPSAT bo‘linmasi 2008 yilda ham Andri Radzuelinni hokimiyatga olib kelgan edi.

Madagaskar bugun dunyodagi eng qashshoq davlatlardan biri hisoblanadi. Aholining to‘rtdan uch qismi qashshoqlik chegarasidan past sharoitda yashaydi, o‘rtacha yillik daromad esa 600 dollardan oshmaydi.

Xalqaro tahlilchilarning fikricha, Madagaskardagi voqealar yaqinda Nepal, Marokash va Indoneziyada yoshlar boshchiligida bo‘lib o‘tgan “Z avlod namoyishlari”dan ilhomlangan. Bu harakatlar ijtimoiy tarmoqlardagi cheklovlar va ishsizlik kabi muammolar sabab paydo bo‘lgan bo‘lib, ularning asosiy shiori adolat va imkoniyatlar tengligi hisoblanadi.

Madagaskardagi norozilik namoyishlari nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy islohotlarga ham ehtiyoj kuchayganini ko‘rsatmoqda. Bu holat mamlakatdagi siyosiy barqarorlik va ijtimoiy adolatning ta’minlanishi uchun jiddiy choralar ko‘rishni talab etadi.

O‘xshash yangiliklar

AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH davlat qarzi 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi
AQSH umumiy davlat qarzi 2026 yil oktyabr oyi o‘rtasida 40,4 trillion dollarga yaqinlashdi. Bu ko‘rsatkich 19 avgustda belgilangan 40 trillion dollarlik tarixiy
DunyoBugun, 10:06
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya mahalliy kompaniyalardan million dona mina sotib oladi
Finlyandiya Qurolli kuchlari mamlakatdagi xavfsizlik vaziyatining yomonlashishi sababli mahalliy ishlab chiqaruvchilardan 1 million dona piyodalarga qarshi mina sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu
DunyoBugun, 09:34
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
O'zbekiston eng kuchli armiyalar reytingida 53-o'rinni egalladi
Global Firepower xalqaro loyihasi 2026 yil uchun dunyoning eng kuchli armiyalari reytingini e'lon qildi. Unda 145 ta mamlakatning harbiy salohiyati baholangan.
DunyoKecha, 20:43
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
Tramp Zelenskiyni tanqid qilib uch tomonlama uchrashuvni taklif qildi
AQSH va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlarda aniq sovuqlashuv kuzatilmoqda. AQSH prezidenti Donald Tramp Volodimir Zelenskiyni ochiq tanqid qilib, urushni diplomatik yo‘l
DunyoKecha, 16:16
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Qozog'istonda Navai ishi rasmiy ravishda tugatildi
Rossiyalik rapper Navai (Navai Bakirov)ga nisbatan Qozog‘istonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi rasmiy ravishda tugatildi. Musiqachi mamlakat hududidan chiqarib yuborildi.
DunyoKecha, 15:25
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Kim Chen In sog'lik xavflaridan keyin omma oldida ko'rindi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In sog‘ligi yomonlaganligi va komaga tushganligi haqidagi tasdiqlanmagan xabarlardan keyin 19-oktyabr kuni omma oldida ko‘rindi. Davlat
DunyoKecha, 14:40