Bugun
Markaziy bank P2P bo'yicha xatolikni tuzatdi
+24°
пасмурно ветер 1.8 м/с, З

Rossiya Xitoy lazeri bilan Ukraina dronlarini nishonga olmoqdami?

Dunyo
37
Rossiya Xitoy lazeri bilan Ukraina dronlarini nishonga olmoqdami?
Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi harbiy qarama-qarshilik tobora texnologik urush tusini olmoqda. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuvlarda Rossiya armiyasi xitoylik ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan zamonaviy lazer qurilmalaridan foydalanayotgani aks etgan.

Ushbu qurilma "Sokin ovchi" deb nomlanadi va u past balandlikda harakatlanuvchi obyektlarni, jumladan, dronlarni aniqlash, kuzatish va yo‘q qilish maqsadida ishlab chiqilgan. Tizim maxsus yo‘ltanlamas harbiy texnika tomiga o‘rnatiladi va u transport vositasi ichidagi operator tomonidan boshqariladi.

Ushbu lazer qurilmasi dushmanning uchuvchisiz qurilmalarini 4,98 kilometr masofadan aniqlay oladi. 3,2 kilometr masofada dronlarning kuzatuv va navigatsiya tizimlarini ishdan chiqarib, 1,6 kilometr masofada ularni to‘liq yo‘q qilish imkoniyatiga ega.

Foto: The Telegraph
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ushbu qurilma 30 kilovatt quvvatga ega bo‘lib, 1000 metr masofada joylashgan va qalinligi 5 millimetr bo‘lgan po‘lat plastinasini sakkiz soniya ichida teshib o‘tadi.

Rossiya tomonidan tarqatilgan videoda lazer qurilmasi dronlarni nishonga olib, ularning uchish trayektoriyasini aniq kuzatib borib, keyin bir zumda yo‘q qilishi aks etgan. Videoda lazer qurilmasi Shedrik va Skywalker X8 rusumli ukrainalik dronlarni nishonga olgani ham qayd etilmoqda.

Harbiy ekspertlarning fikricha, bu qurilma Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush boshlanganidan beri Xitoydan olgan eng muhim va yuqori texnologiyali qurilmalaridan biri hisoblanadi.

Ushbu holat xalqaro kuzatuvchilar orasida turli bahslarga sabab bo‘lmoqda. Bir tarafdan, bu qurilmalar Rossiyaning mudofaa tizimini kuchaytirishi mumkin, boshqa tarafdan esa Xitoyning bu nizoda ishtiroki haqidagi bahslarni yanada kuchaytirishi ehtimoldan xoli emas.

Hozircha rasmiy Xitoy tomoni ushbu vaziyat bo‘yicha izoh bermagan. Ammo ekspertlar bu texnologik hamkorlik xalqaro hamjamiyatda katta qiziqish uyg‘otishini taxmin qilmoqda. Bugungi kunda yuqori texnologiyali qurollarning ushbu nizoda qo‘llanishi Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi qarama-qarshilikni yangi bosqichga ko‘tarmoqda, bu esa vaziyatning yanada murakkablashishiga olib kelishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Eron Hormuz bo‘g‘ozidan do‘st davlatlar kemalarini o‘tkazadi
Eron Hormuz bo‘g‘ozidan do‘st davlatlar kemalarini o‘tkazadi
Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi payshanba kuni o'zining muhim e'lonini qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U do'st davlatlarning kemalari Hormuz bo'g'ozidan
Dunyo Bugun, 13:49
Tramp Eron bilan mojaroni tez orada hal qilishni rejalashtirmoqda
Tramp Eron bilan mojaroni tez orada hal qilishni rejalashtirmoqda
Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp Eron bilan kelib chiqqan mojaroni uzoq vaqt davom etishini xohlamaydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu ziddiyatni yaqin kelajakda,
Dunyo Bugun, 13:19
Zelenskiy AQShning Donbastan qo'shinlarni chiqarish talabini e'tirof etdi
Zelenskiy AQShning Donbastan qo'shinlarni chiqarish talabini e'tirof etdi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQShning xavfsizlik kafolatlari bo'yicha keng qamrovli muhokamalar jarayonida Kiyevni o'z qurolli kuchlarini Donbas mintaqasidan chiqarishga
Dunyo Bugun, 12:58
Tramp Eron bilan inqirozni tez orada hal qilishga intilmoqda
Tramp Eron bilan inqirozni tez orada hal qilishga intilmoqda
Qo'shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp Eron bilan bo'lgan yaqin kelajakdagi taranglikning uzoqqa cho'zilishini istamasligini aniq bayon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The
Dunyo Bugun, 12:12
Nogiron faxriysining fikri bilan o'yinni boshqarishi
Nogiron faxriysining fikri bilan o'yinni boshqarishi
Britaniyalik armiya faxriysi va nogironlar aravachasidan foydalanuvchi Jon L. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Nobl miyaga o'rnatilgan Neuralink implanti yordamida kompyuterni faqat o'z
Dunyo Bugun, 08:30
Eron AQShning urushni tugatish rejasini rad etdi
Eron AQShning urushni tugatish rejasini rad etdi
Eron hukumati Amerika Qo'shma Shtatlari tomonidan taklif qilingan urushni tugatish rejasini rad etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Eronning davlat teleradiokompaniyasi Press TV xabar
Dunyo Bugun, 06:26