Bugun
Toshkent va Farg'onada yangi milliy tabiat bog'lari tashkil etiladi
+21°
пасмурно ветер 1.3 м/с, З

BMT Ukraina boʻyicha ikkita rezolyutsiyani qabul qildi. AQSh Rossiya bosqinini qoralamadi

Dunyo
108
BMT Ukraina boʻyicha ikkita rezolyutsiyani qabul qildi. AQSh Rossiya bosqinini qoralamadi
Foto: UN News
BMT Bosh assambleyasi 24 fevral kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishda Rossiya—Ukraina urushi boʻyicha ikkita rezolyutsiya qabul qildi. Bu haqda BMTning X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, Bosh assambleya dastlab Evropa Ittifoqi mamlakatlari va Ukraina tomonidan tayyorlangan rezolyutsiyani qabul qilgan. «Ukrainada keng qamrovli, adolatli va mustahkam tinchlikni ilgari surish» deb nomlangan hujjat keskinlikni yumshatish, jangovar harakatlarni tezda toʻxtatish va urushni tinch yoʻl bilan hal qilishga chaqiradi.

Unga 93 ta davlat yoqlab ovoz bergan, 18 davlat qarshi chiqqan va 65 davlat betaraf qolgan (jumladan, Oʻzbekiston ham). Rezolyutsiyaga qarshi ovoz berganlar orasida AQSh, Rossiya va Vengriya bor. Shu bilan birga, Xitoy ovoz berishda betaraf qolgan.

Keyinroq Bosh assambleya Qoʻshma Shtatlar tomonidan tayyorlangan «Tinchlik sari yoʻl» rezolyutsiyasi uchun ovoz bergan. Ta'kidlanishicha, AQSh oʻz rezolyutsiyaga Evropa davlatlari tomonidan taklif qilingan tuzatishlarni kiritgan, xususan, «Rossiya Federatsiyasi va Ukraina oʻrtasidagi mojaro» soʻzlari Rossiyaning «keng koʻlamli bosqini» soʻzlari bilan almashtirilgan.

Rezolyutsiya loyihasi uchun 92 ta davlat ovoz bergan, sakkiztasi qarshi chiqqan (jumladan, Rossiya) 73 ta davlat esa ovoz berishdan tiyilgan — ular orasida AQSh ham bor.

BMT Bosh assambleyasi RFning AQSh tomonidan tayyorlangan rezolyutsiyaga tuzatishini qoʻllab-quvvatlamadi. Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzyaga koʻra, RF «Ukraina inqirozining asl sabablarini bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida»gi hujjatga oʻzgartirishlar kiritgan.

Eslatib oʻtamiz, 2023 yilda ham Oʻzbekiston BMTning Rossiya agressiyasi qayd etilgan rezolyutsiyasiga ovoz berishda betaraf qolgandi.

O‘xshash yangiliklar

Eron zarbasidan keyin AQSh razvedka samolyoti ikkiga bo'linib ketdi
Eron zarbasidan keyin AQSh razvedka samolyoti ikkiga bo'linib ketdi
Mintaqadagi vaziyat kundan-kuni murakkablashib, nazoratsiz holatga kirishmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Eronning Saudiya Arabistonidagi Amerika Qo'shma Shtatlari harbiy bazasiga borgan
Dunyo Bugun, 10:08
Italiya muzeyidan mashhur impressionistlar asarlari o'g'irlab ketdi
Italiya muzeyidan mashhur impressionistlar asarlari o'g'irlab ketdi
Italiyaning Parma shahri yaqinida joylashgan xususiy Manyani-Rokka muzeyidan dunyoga mashhur impressionist rassomlarning bir qancha qimmatbaho asarlari o'g'irlab ketdi. Bu haqda Zamin.uz
Dunyo Bugun, 10:01
Eron raketasi zarbasidan keyin Isroilda katta kimyo zavodi yonib ketdi
Eron raketasi zarbasidan keyin Isroilda katta kimyo zavodi yonib ketdi
Eron tomonidan yo'latilgan raketa zarbasi natijasida Isroil janubidagi Neot-Xovav sanoat hududida joylashgan katta kimyo zavodida jiddiy yong'in yuzaga kelgani ma'lum qilindi. Bu
Dunyo Bugun, 09:31
Eron hujumi AQShning kuzatuv samolyotini parchalab yubordi
Eron hujumi AQShning kuzatuv samolyotini parchalab yubordi
Saudiya Arabistoni hududidagi Shahzoda Sulton aviabazasiga Eron tomonidan uyushtirilgan kuchli hujum oqibatida AQShga tegishli Boeing E-3 Sentry turi kuzatuv va erta ogohlantirish samolyoti jiddiy
Dunyo Bugun, 07:35
Neom loyihasi doirasida bir qator xalqaro shartnomalar bekor qilindi
Neom loyihasi doirasida bir qator xalqaro shartnomalar bekor qilindi
Saudiya Arabistoni qirolligida amalga oshirilayotgan tarixiy ahamiyatdagi Neom loyihasi bilan bog'liq yangiliklar so'nggi kunlarda keng jamoatchilik e'tiborini tortmoqda. Bu haqda
Dunyo Bugun, 07:00
Yevropa mamlakatlari yozgi vaqtni rasman boshladi
Yevropa mamlakatlari yozgi vaqtni rasman boshladi
Germaniya va Yevropaning boshqa ko'plab mamlakatlari 29 mart, yakshanbaga o'tar kechasi soatlarini bir soat oldinga surib, yozgi vaqtni boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Berlin vaqt
Dunyo Bugun, 06:27