Bugun
Eron harbiy bosqichni kuchaytirib Hormuz bo'g'oziga bosim o'tkazmoqda
+14°
ясно ветер 1.4 м/с, СВ

Nima uchun 30 yoshlilar ham qon bosimini nazorat qilishi kerak?

Dunyo
115
Nima uchun 30 yoshlilar ham qon bosimini nazorat qilishi kerak?
Foto: Cosmopolitan
Yurak qisqarishi orqali qon tomirlar boʻylab harakatlanadi. Qon-tomirlarda bosim kuchayadigan boʻlsa, yurak salomatligida muammo kuzatiladi. Tonometr koʻrsatkichining 120 ga 80 dan yuqori ekani qon bosimi koʻtarilgani va gipertoniyadan darak beradi.

Gipertoniya nimasi bilan xavfli?

Amerikalik mutaxassislarning ma'lum qilishicha, sayyoradagi 20 yoshdan katta har ikkinchi odamda qon bosimi koʻtarilishi kuzatiladi. Koʻp hollarda insult va infarktga olib kelishi mumkin boʻlgan gipertoniyadan keyingi asoratlar sabab yiliga 10 million odam vafot etishi aniqlangan. Boshqa simptomlar deyarli kuzatilmagani sabab gipertoniya zabonsiz qotil deb ham ataladi.

Koʻpchilik ushbu kasallikni asosan keksalarda kuzatiladi, yoshlar qaygʻurmasa ham boʻladi deb, yanglish fikrlaydi. 18-30 yoshda qon bosimi me'yordan bir oz baland boʻlgan kishilar yosh oʻtishi bilan yurak kasalliklariga koʻproq duch keladi. Gipertoniya nafaqat yurak kasalliklari, balki buyrak yetishmovchiligi, koʻzlarning koʻrmay qolishi va miya faoliyatida muammolar kelib chiqishiga ham sabab boʻlishi mumkin.

Nima qilish mumkin?

Gipertoniyaning oldini olish, paydo boʻlganda esa uni bartaraf qilish kerak. Qolaversa, uning oldini olish uchun qimmat medikamentlarning keragi yoʻq.

Tonometr xarid qiling

Ushbu uskuna yordamida qon bosimini hatto sogʻlom kishilar ham yilda bir marta tekshirishi va nazorat qilib turishi kerak. Har qanday oʻzgarishga befarq boʻlmaslik kerak.

Chekish va spirtli ichimlik iste'mol qilishdan voz kechish kerak

Hamma zararli odatlardan birdaniga voz kechib boʻlmasa ham, hech boʻlmasa chekish va ichishdan tiyilish kerak.

Vazningizni nazorat qiling

Semirish xavf oshishiga hissa qoʻshadigan qoʻshimcha omil hisoblanadi. Har 5 kilodan qutilish sistolik bosimning 2-10 taga kamayishiga yordam berishi mumkin.

Kamroq tuz iste'mol qiling

Tuzni me'yordan ortiq iste'mol qilish yurak va qon-tomirlar uchun xavfli. Kundalik iste'mol qilinadigan tuz miqdorini kamaytirib, gipertoniya paydo boʻlishining oldini mumkin. 5 gramm (1 choy qoshiqdan kam) tuz kattalar uchun me'yor sanaladi.

Toʻgʻri ovqatlaning

Transyogʻlarga boy fastfud va boshqa zararli mahsulotlardan tiyiling. Oʻrniga yogʻ kislotalarining koni boʻlgan baliq, yongʻoq, sabzavot va mevalar iste'mol qiling.

Sport bilan shugʻullaning

Sportzalga borish, ogʻir sport turi bilan shugʻullanishga hojat yoʻq. Mutaxassislar haftasiga 150 daqiqani jismoniy mashqlar uchun ajratish kerakligini ta'kidlaydi. Bunda qon bosimi sezilarli darajada tushadi. Raqsga tushing, yoga bilan shugʻullaning. Gipertoniyasi bor kishilarga esa qaysi sport bilan shugʻullanish xususida shifokor bilan maslahatlashish tavsiya qilinadi.

Ortiqcha asabiylashmang

Stress ham qon bosimi oshishiga olib keluvchi asosiy omillardan biri sanaladi. Ortiqcha narsaga asabiylashmang, asablarni tinchlantirish uchun meditatsiya, sevimli mashgʻulot yoki bironta sport turi bilan shugʻullaning.

Manba: Daryo.uz

O‘xshash yangiliklar

Eron harbiy bosqichni kuchaytirib Hormuz bo'g'oziga bosim o'tkazmoqda
Eron harbiy bosqichni kuchaytirib Hormuz bo'g'oziga bosim o'tkazmoqda
Yaqin Sharqdagi harbiy mojaro hozirda yangi va jiddiy bosqichga o'tmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Eron davlati katta qurbonliklar va yo'qotishlarga qaramay, o'zining strategik
Dunyo Bugun, 03:15
Tramp Eron bilan muzokaralar samarali bo'lganini aytdi
Tramp Eron bilan muzokaralar samarali bo'lganini aytdi
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Eron bilan o'tkazilgan so'nggi ikki kunlik muzokaralar juda samarali bo'lganini ta'kidladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo Bugun, 02:33
AQSH va Isroil Eronga qarshi urushda muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda
AQSH va Isroil Eronga qarshi urushda muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda
Qo'shma Shtatlar va Isroil Eronga qarshi keng ko'lamli harbiy amaliyotni boshlaganidan beri yigirma kundan ortiq vaqt o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu davr mobaynida
Dunyo Bugun, 02:30
Eron AQShning zamonaviy MQ-9 Reaper dronini urib tushirdi
Eron AQShning zamonaviy MQ-9 Reaper dronini urib tushirdi
Eron mudofaa vazirligi mamlakat janubidagi Bushehr shahri ustidan AQShga tegishli uchuvchisiz uchish apparatini o'zining havo mudofaa tizimlari yordamida yo'q qilganini e'lon qildi.
Dunyo Bugun, 01:49
Eron inqirozi Hindistonda qoramol go'ngi talabini oshirdi
Eron inqirozi Hindistonda qoramol go'ngi talabini oshirdi
Eron atrofida yuzaga kelgan keskin siyosiy va harbiy vaziyat mintaqadagi gaz ta'minotiga jiddiy zarba berdi va bu oqibatda Hindistonda ham noma'lum holat boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Bugun, 01:36
Amerikalik askarlar Eron kampaniyasidan norozi bo'lib ruhiy tushkunlikka uchmoqda
Amerikalik askarlar Eron kampaniyasidan norozi bo'lib ruhiy tushkunlikka uchmoqda
Yaqin Sharqdagi qurolli to'qnashuvlar nafaqat mintaqaviy siyosiy xaritada, balki jang maydonidagi harbiylarning ruhiy holatida ham katta o'zgarishlarga sabab bo'lmoqda. Bu haqda
Dunyo Bugun, 00:46