Bugun
Sergelida kanal ustidan o'tish muammosi hal qilindi
+2°
пасмурно ветер 2.3 м/с, СЗ

Tramp: Ukraina NATOga a’zo bo‘lishni unutsin

Dunyo
108
Tramp: Ukraina NATOga a’zo bo‘lishni unutsin
AQSH prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga qo‘shimcha xavfsizlik kafolatlari bermasligini ta’kidladi. “Men bizda mavjud bo‘lganidan ortiq xavfsizlik kafolatlarini taqdim etmayman. Bu masalani Yevropaga qoldiramiz... Lekin biz, albatta, hammasi yaxshi bo‘lishiga ishonch hosil qilamiz”, dedi Tramp 26 fevral kuni bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida. Unga ko‘ra, agar Yevropa tinchlikparvar kuchlari Ukrainaga kiritilsa, Vashington bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

Tramp Ukrainadagi urushni to‘xtata olishiga ishonch bildirdi. Uning fikricha, Rossiya tinchlik muzokaralarida yon berishga majbur bo‘ladi. “Biz har ikki tomon uchun ham foydali bo‘lgan kelishuvga erishish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz”, — dedi Tramp jurnalistlarga. Shuningdek, u kelishuv Ukrainaga foydali bo‘lishiga kafolat berishga harakat qilishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Ukrainaga yo‘qotilgan hududlarning bir qismini qaytarib olishga yordam berishi mumkin, biroq bu murakkab masala.

Shu bilan birga, Tramp Ukraina “NATO haqida unutishi” lozimligini ta’kidladi. Uning fikricha, urush aynan Ukraina Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilish istagi sababli boshlangan.

AQSH prezidenti Vladimir Zelenskiyning 28 fevral kuni Vashingtonga tashrif buyurishini tasdiqladi. Unga ko‘ra, Zelenskiy AQSH bilan “nodir va boshqa materiallar” bo‘yicha kelishuv imzolash uchun kelmoqda. Trampning ta’kidlashicha, ushbu kelishuv Bayden ma’muriyati tomonidan Ukrainaga ajratilgan harbiy yordamni qoplashga yordam beradi va Qo‘shma Shtatlarga katta foyda keltiradi.

Avvalroq, Zelenskiy bu kelishuv Ukrainaga berilgan harbiy yordamni qoplash bilan bog‘liq emasligini bildirgan edi. Shuningdek, u hujjatda AQSH hukumati Ukrainaga uzoq muddatli tinchlikka erishish yo‘lida xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishi qayd etilganini ma’lum qilgan.

O‘xshash yangiliklar

AQSH Eron tinch aholisiga jiddiy xavfsizlik ogohlantirishini e'lon qildi
AQSH Eron tinch aholisiga jiddiy xavfsizlik ogohlantirishini e'lon qildi
Amerika Qo'shma Shtatlari Markaziy qo'mondonligi Eron hududida yashovchi tinch aholiga mo'ljallanilgan jiddiy xavfsizlik ogohlantirishini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Bugun, 01:36
Amerika Eron neftini nazoratga olish strategiyasini ochib berdi
Amerika Eron neftini nazoratga olish strategiyasini ochib berdi
Yaqin Sharq hududida kuzatilayotgan harbiy jarayonlar nafaqat mintaqaviy siyosiy xarita, balki butun dunyo energetika bozorining kelajakini ham tubdan o'zgartirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Bugun, 01:25
Tramp Eronning yangi rahbarini yengil vaznli siyosatchi deb baholadi
Tramp Eronning yangi rahbarini yengil vaznli siyosatchi deb baholadi
Eron davlatining oliy rahbari lavozimiga Mojtaba Xomanaiyning tayinlanishi xalqaro arena-da keng bahsga sabab bo'lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. AQSHning mashhur Fox News telekanali
Dunyo Bugun, 00:58
Zelenskiy Iordaniyadagi AQSH bazasini himoya qilishga dronlar yuborayotganini e'lon qildi
Zelenskiy Iordaniyadagi AQSH bazasini himoya qilishga dronlar yuborayotganini e'lon qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Nyu-York Tayms gazetasiga bergan intervyusi orqali muhim ma'lumotni e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Unga ko'ra, Kiyev hukumati
Dunyo Bugun, 00:25
Lukashenko o'zbek mehnat migrantlarini Belarusga chaqirib, ularni yuqori qadrladi
Lukashenko o'zbek mehnat migrantlarini Belarusga chaqirib, ularni yuqori qadrladi
Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko O'zbekistonning ushbu mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Rahmatulla Nazarov bilan o'tkazilgan uchrashuvda o'zbekistonlik
Dunyo Kecha, 23:35
Eronning Telba kodi ostidagi maxfiy harbiy rejasi e'lon qilindi
Eronning Telba kodi ostidagi maxfiy harbiy rejasi e'lon qilindi
Jahon siyosiy maydonida so'nggi kunlarda keskinlik yangi va jiddiy bosqichga ko'tarilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Nufuzli Nyu-York Tayms nashri o'zining ishonchli manbalariga
Dunyo Kecha, 23:29