Bugun
Messi jarohati sabab Puerto-Rikodagi o‘yin qoldirildi
+9°
пасмурно ветер 1.9 м/с, З

Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi

Dunyo
112
Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiyaning Qrimni anneksiya qilishi hamda o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarining tan olinishi sababli Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda AQSH Federal reyestri materiallarida ma’lum qilindi.

Tramp turli yillarda – 2014, 2018 va 2022-yillarda AQSH tomonidan joriy etilgan sanksiyalarni davom ettirish qarorini qabul qildi. Hujjatda ta’kidlanishicha, ushbu cheklovlar “2025 yil 6 martdan keyin ham o‘z kuchida qolishi lozim”.

— Ushbu farmonlarda qayd etilgan harakatlar va siyosatlar AQSH milliy xavfsizligi hamda tashqi siyosat manfaatlariga jiddiy va favqulodda xavf solishda davom etmoqda, — deyiladi hujjatda.

Tramp 25 fevral kuni Rossiyaga qarshi sanksiyalar hozircha muzokaralar mavzusi emasligini, biroq “kelajakda bu masalani ko‘rib chiqishini” ma’lum qilgan edi. 26 fevral kuni jurnalistlar bilan suhbatda esa u Rossiyaga qarshi sanksiyalarni faqat Rossiya–Ukraina urushi yakunlanganidan so‘ng bekor qilishga tayyor ekanini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 24 fevral kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalar paketini kelishib oldi. Unga ko‘ra, alyuminiy importiga cheklovlar joriy etildi, 13 ta bank SWIFT tizimidan uzildi hamda “soya flotiga” tegishli 70 dan ortiq kemaga sanksiyalar qo‘llanildi.

O‘xshash yangiliklar

Zaharli qisqichbaqa bloger hayotiga zomin bo‘ldi
Zaharli qisqichbaqa bloger hayotiga zomin bo‘ldi
Filippinda ijtimoiy tarmoq uchun kontent yaratish istagi og‘ir fojia bilan yakunlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 51 yoshli oziq-ovqat blogeri Emma Amit zaharli qisqichbaqa iste’mol qilgani
Dunyo Kecha, 19:09
Olmaotada blogerlar haqorat uchun 15 sutkaga qamaldi
Olmaotada blogerlar haqorat uchun 15 sutkaga qamaldi
Olmaota shahrida ikki nafar rossiyalik bloger qozog‘istonlik ayollar haqida jonli efir davomida haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo Kecha, 18:41
Amerikalik bloger pushti rangga "turmushga chiqdi"
Amerikalik bloger pushti rangga "turmushga chiqdi"
Amerikalik bloger Kitten Key Sera o‘zining noodatiy nikoh marosimi bilan diqqat markazida bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U sevimli pushti rangiga bo‘lgan cheksiz muhabbati tufayli aynan shu
Dunyo Kecha, 18:29
Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopish ehtimolini bildirdi
Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopish ehtimolini bildirdi
Eron hukumati Hormuz bo‘g‘ozini yopish ehtimoli borligini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu bayonot AQSH va Eron o‘rtasidagi munosabatlar yanada keskinlashayotganini ko‘rsatmoqda. Eron
Dunyo Kecha, 17:08
Kanadada maktabga hujum: 9 o‘lik, 27 jarohat
Kanadada maktabga hujum: 9 o‘lik, 27 jarohat
10-fevral kuni Kanadada maktabda sodir bo‘lgan qurolli hujum oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, 27 kishi esa turli darajada jarohat oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Hodisadan so‘ng huquqni muhofaza
Dunyo Kecha, 16:48
Islom Maxachev Serbiya prezidenti bilan uchrashdi
Islom Maxachev Serbiya prezidenti bilan uchrashdi
UFC chempioni Islom Maxachev Serbiyaning Belgrad shahriga rasmiy tashrifi davomida Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich bilan uchrashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu uchrashuv sport
Dunyo Kecha, 16:07