Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
+18°
пасмурно ветер 1 м/с, СЗ
ENRU

Rossiya bilan munosabatlarda yangi ziddiyatlar kuchaymoqda

Dunyo
43
Rossiya bilan munosabatlarda yangi ziddiyatlar kuchaymoqda
Oxirgi kunlarda Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarda yangi ziddiyatlar paydo bo‘lmoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Avvalgi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik va savdo aloqalari mustahkam bo‘lgan bo‘lsa, so‘nggi voqealar ularning munosabatlarini keskinlashishiga sabab bo‘ldi. Rossiya uzoq vaqt davomida nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy jihatdan ham Ozarbayjonga ta’sir o‘tkazishga harakat qilgan.

Biroq yaqinda Yekaterinburgda o‘tkazilgan keng ko‘lamli reydda 50 dan ortiq ozarbayjonlik fuqarolar hibsga olindi, bu esa ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada murakkablashtirdi. Shu jarayonda ikki kishi halok bo‘ldi, yana bir nechtasi og‘ir jarohat oldi.

Ozarbayjon rasmiylari Rossiya hukumatidan bu voqeani to‘liq o‘rganishni, aybdorlarni javobgarlikka tortishni va jabrlanganlarning yaqinlariga tovon to‘lashni talab qilmoqda. Bundan tashqari, “Sputnik Ozarbayjon” ofisida o‘tkazilgan reydda ikki kishi ushlanganligi munosabatlarni yanada taranglashtirdi.

Ozarbayjon tomoni ushlanganlarni Rossiya maxsus xizmatlari agentlari deb atashga harakat qildi, Rossiya esa o‘z navbatida ozarbayjon diasporasiga mansub shaxslarni hibsga oldi. Diplomatik muzokaralar va tortishuvlar davom etmoqda.

Rossiya rasmiylari Bokuning tanqidlarini “demarsh” deb atadi. Tahlilchilar fikricha, Ozarbayjon endi Moskva ta’siridan chiqib, xalqaro maydonda mustaqil va kuchli davlat sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlashga intilmoqda.

Taranglikni kuchaytirgan omillardan biri 2024 yilning dekabr oyida Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida yuz bergan aviakhalokatdir. Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli Embraer 190 samolyoti halokatga uchradi, undagi ko‘plab yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari halok bo‘ldi.

Ushbu hodisa ortidan samolyot Rossiya havo mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bu voqea ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, hatto Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Rossiyaga rejalashtirilgan tashrifini bekor qildi.

Iqtisodiy jihatdan Rossiya Ozarbayjonning eng yirik savdo hamkorlaridan biridir. 2024 yilda o‘zaro savdo aylanmasi 4,8 milliard dollarni tashkil etdi.

Rossiya Ozarbayjonga 3,6 milliard dollarlik mahsulot eksport qilgan bo‘lsa, Ozarbayjon Rossiyadan 1,2 milliard dollarlik tovar import qilgan. Rossiya Ozarbayjon uchun Italiya va Turkiyadan keyingi eng muhim hamkordir, ammo Ozarbayjon Rossiya iqtisodiyotida faqat 0,6 foiz ulushga ega.

Mutaxassislar aytishicha, agar Rossiya o‘z bozorlarini yopsa, Ozarbayjon yangi eksport yo‘nalishlarini qidirishga majbur bo‘ladi, bu esa iqtisodiy qiyinchiliklar va ishsizlikning oshishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, Rossiya sanksiyalar ostida bo‘lgan bir paytda, Ozarbayjon neft va gazni Yevropaga yetkazishda, shuningdek texnik va sanoat mahsulotlarini yetkazib berishda muhim tranzit yo‘llaridan foydalanadi.

“Shimol-Janub” xalqaro transport yo‘nalishi ham ikki davlat manfaatlarini birlashtiradi. Geosiyosiy nuqtai nazardan qaraganda, Ozarbayjon so‘nggi yillarda o‘z mustaqilligini va tashqi siyosatda erkinligini yanada oshirdi.

Xalqaro tahlil markazlari vakillari ta’kidlaganidek, Boku endi Moskvaga bo‘ysunadigan kichik davlat sifatida emas, balki o‘z mustaqil siyosatini olib borayotgan mustahkam davlat sifatida harakat qilmoqda. Ozarbayjon Moskvaga ochiq tanqid bildiradi va zarur choralarni ko‘rishga tayyor.

Tahlilchilar fikricha, Rossiya uchun Ozarbayjon bilan munosabatlar nafaqat savdo, balki siyosiy, harbiy va tranzit jihatdan ham muhimdir. Ozarbayjon esa yangi bozorlar va hamkorliklarni izlab, geosiyosiy erkinlik sari dadil qadam tashlamoqda.

Shu bilan birga, Moskva o‘z ta’sirini saqlab qolish uchun turli choralar ko‘rishga urinmoqda, ammo mustaqil davlatlar o‘z siyosatini mustahkamlashga intilmoqda. Xalqaro tahlilchilar fikricha, garchi Boku va

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026