Bugun
Ramazon oyida minglab masjidlarda Qur’on xatm etiladi
+12°
небольшая облачность ветер 2.2 м/с, С

Eronlik xonanda qo‘shig‘i uchun 74 darra qamchilandi

Dunyo
127
Eronlik xonanda qo‘shig‘i uchun 74 darra qamchilandi
Eronlik mashhur xonanda Mehdi Yarrahi ayollar kiyinish qoidalariga qarshi norozilik sifatida kuylagan qo‘shig‘i uchun 74 darra qamchilandi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.

Yarrahi dastlab 2023 yil sentyabr oyida “Sizning ro‘molingiz” nomli norozilik qo‘shig‘ini chiqargani sababli 2024 yilda noqonuniy harakatlar uchun sudlangan edi. U qo‘zg‘olon paytida ham qo‘shiqlar yozgan, Instagramda 1 milliondan ortiq obunachisi bor.

Keyinchalik Yarrahining bir yillik qamoq jazosi keyinchalik elektron bilakuzuk orqali uy qamog‘iga almashtirilgan edi va bu monitoring dekabr oyida yakunlanib, u ozodlikka chiqdi. Biroq, uchinchi tomon tomonidan to‘langan 15 milliard tuman (pul birligi) garov puli unga qaytarilishi 74 darra qamchilanish sharti bilan bog‘liq bo‘lib, jazo shu hafta ijro etildi.

"Men 74 darra qamchilash jazosini olishga tayyorman va bu g‘ayriinsoniy qiynoqni qoralasam-da, uni bekor qilishni so‘ramayman", degan o‘shanda Yarrahi.

O‘rta asrlardagi kabi kaltaklash haqidagi xabarlar Eron ijtimoiy tarmoqlarida keng noroziliklarga sabab bo‘ldi.

"Mehdi Yarrahiyning kaltaklash jazosining ijro etilishi Eron ayollarini qo‘llab-quvvatlagani uchun qasosdir. Uning tanasidagi qamchi Eronning mag‘rur ayollariga va “Ayol, hayot, erkinlik” harakatining qudratli ruhiga berilgan qamchidir", dedi Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Nargis Muhammadiy.

Taniqli inson huquqlari faoli Masih Alinejad esa: “Ular urgan har bir qamchi ko‘proq ayollarning ro‘mol yechishiga sabab bo‘ladi. Yana ovozlar ko‘tariladi. Bu inqilobni hech narsa to‘xtata olmaydi. Bu rejim virusdek, tezda tarqaladi”, deya fikr bildirgan.

2024 yilda Eron sudlari tomonidan kamida 131 kishi 9957 darra qamchilash jazosiga hukm qilingan, deya xabar bermoqda Eronning Human Rights Activists News Agency nohukumat tashkiloti.
Foto: Getty Images

O‘xshash yangiliklar

Tojikiston Tehrondan olti yuz million dollarlik mahsulot sotib oldi
Tojikiston Tehrondan olti yuz million dollarlik mahsulot sotib oldi
RANXiGS tahliliy markazining yetakchi mutaxassisi Anatoliy Tixonovning so'nggi e'tiborga molik fikriga ko'ra, Tojikiston 2025 yilning birinchi yarmida Eron poytaxti Tehrondan jami
Dunyo Bugun, 20:19
Qirgiziston sobiq xavfsizlik rahbari Tashiyevning yangi suratlari tarqaldi
Qirgiziston sobiq xavfsizlik rahbari Tashiyevning yangi suratlari tarqaldi
Internetda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi sobiq rahbari Qamchibek Tashiyevning yangi suratlari tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu suratlarni ijtimoiy tarmoqlarda uning
Dunyo Bugun, 19:44
Isroil Eron oliy rahbarining maxsus samolyotini portlatdi
Isroil Eron oliy rahbarining maxsus samolyotini portlatdi
Oxirgi kunlarda Yaqin Sharq mintaqasida yuz bergan voqealar butun dunyo e'tiborini o'ziga tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. O'tgan yilning 15 mart kechasi Tehrondagi Mehrobod
Dunyo Bugun, 19:18
Germaniya NATO Hormuz bo'g'ozi masalasida hal qiluvchi rol o'ynashi mumkinligini inkor etdi
Germaniya NATO Hormuz bo'g'ozi masalasida hal qiluvchi rol o'ynashi mumkinligini inkor etdi
Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful NATO alyansining Hormuz bo'g'ozi orqali qatnovni tiklashda hal qiluvchi rol o'ynashini umid qilmasligini ochiq aytdi. Bu haqda Zamin.uz
Dunyo Bugun, 18:53
Isroil armiyasi janubiy Livanda quruqlik harbiy amaliyotini boshladi
Isroil armiyasi janubiy Livanda quruqlik harbiy amaliyotini boshladi
Isroil Davlati armiyasi janubiy Livan hududida aniq maqsadli quruqlik harbiy amaliyotini boshlaganini rasmiy ravishda e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xabarga ko'ra, ushbu
Dunyo Bugun, 18:10
Eron Dubay va Doha aholisiga xavfsizlik bo'yicha ogohlantirdi
Eron Dubay va Doha aholisiga xavfsizlik bo'yicha ogohlantirdi
Eron Qurolli Kuchlari Birlashgan Arab Amirliklari va Qatar davlatlarining Dubay hamda Doha shaharlaridagi ayrim hududlarda yashovchi aholiga xavfsizlik choralarini ko‘rish bo‘yicha ogohlantirish
Dunyo Bugun, 17:59