Bugun
Antarktidada dengiz muzlari rekord darajada kamaydi
+22°
ясно ветер 3.1 м/с, СЗ

72 soatlik ochlik hayotingizni qutqaradi

Foydali
116
72 soatlik ochlik hayotingizni qutqaradi
72 soatlik ochlik hayotingizni qutqaradi: ochlik o‘simtalar, yallig‘lanishlar va toksinlar (zaharlar)ni «yeb tugatadi».

Ko‘рchilik ovqatdan tiyilishni faqatgina ortiqcha vazndan qutulish uchun chora deb o‘ylaydi. Aslida esa ochlik — organizm ichida yuz beruvchi aql bovar qilmas mo‘jiza: shikastlangan oqsillar va hatto boshlang‘ich bosqichdagi saraton hujayralari qayta ishlana boshlanadi.

Bu esa organizmga chiqindi hujayralardan xalos bo‘lish va yallig‘lanish jarayonlarini pasaytirishda ko‘maklashadi.

AQSHda 2014 yilda o‘tkazilgan tadqiqotlar ko‘rsatishicha, 72 soat davom etuvchi ochlik immun tizimini tiklab, hujayra chiqindilarini yo‘q qilishga xizmat qiladi.

72 soatlik ochlikka qanday tayyorlanish kerak:

1. Ochlik rejimiga o‘tishdan 3-4 kun avval 16:8 usulida (16 soat — ovqatlanmaslik, 8 soat — ovqatlanish mumkin bo‘lgan vaqt) organizmni chiniqtirib olish kerak bo‘ladi. Bu asta-sekinlik bilan organizmni «yog‘larni yoqish» holatiga olib keladi.

2. Uglevodlarni qisqartirib, foydali yog‘larni ko‘paytiring. Bu asosiy ochlikdan oldin organizmning ketoz (uglevod ochlik sababli organizm energiya olish uchun yog‘larni parchalash jarayoni) holatiga tezroq o‘tishida yordamlashadi.

3. 72 soatlik ochlik davrida faqat suv, qora qahva (shakar va boshqa qo‘shimchalarsiz), choy va elektrolitlar ichish mumkin.

Ochlikdan to‘g‘ri chiqish ham juda muhim:
  • Qaynatilgan suyak suvidan boshlang.
  • Bir soatdan so‘ng 1-2 ta tuxum oqini yoki avokado iste’mol qiling.
  • Yana bir soatdan so‘ng esa oqsil va yog‘li yengilroq tamaddi qiling.

Ochlik e’lon qilishdan avval albatta shifokor bilan maslahatlashing!
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish borasida eng foydasiz tavsiyalar
Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish borasida eng foydasiz tavsiyalar
Ortiqcha vazndan qutulish uchun turli parhezlar, mashqlar va hayot tarziga oid tavsiyalar bisyor. Ular orasida barchaga tanish bo‘lgan, yillar davomida ommalashgan, lekin ilmiy jihatdan samarasiz
Foydali 11:49, 15-03-2025
2025 yil uchun Ramazon taqvimi — saharlik va iftorlik vaqtlari, duolari
2025 yil uchun Ramazon taqvimi — saharlik va iftorlik vaqtlari, duolari
O‘zbekiston musulmonlari idorasi ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda Ramazon oyi 11 mart kuni boshlanadi. “Turkiy davlatlar ulamolari fiqhiy qoidalarga tayangan holda falakiy hisob-kitob va astronomik
Jamiyat 22:40, 1-03-2025
Qahva va jigar salomatligi: Foydali xosiyatlar
Qahva va jigar salomatligi: Foydali xosiyatlar
Qahva kerakli energiyani ta’minlab, kun davomida sergaklik baxsh etadi. Shuningdek, u yurak xastaliklari va qandli diabet xavfini kamaytirish xususiyatiga ega. Biroq ko‘pchilik qahva jigar
Foydali 22:27, 26-03-2025
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Tramp hukumati Ukrainani nodir metallar bo‘yicha shartnoma imzolashga undayapti. Bu Xitoy bilan texnologik gegomonlik paygasida muvozanatni tiklash uchun radikal urunishlardan biridir. Reja
Dunyo 01:49, 27-03-2025