Bugun
Toshkent va viloyatlarda yo‘l patruliga pora taklifi aniqlandi
+28°
небольшая облачность ветер 1 м/с, ЮВ

Kardiolog ogohlantirdi: Nonushtada shirinlik – salomatlikka xiyonat!

Foydali
78
Kardiolog ogohlantirdi: Nonushtada shirinlik – salomatlikka xiyonat!
Tongda konfet, pechene yoki boshqa shirin mahsulotlar bilan nonushta qilish ko‘pchilik uchun odatiy holatga aylangan. Ammo Ispaniyalik taniqli kardiolog, doktor Xose Abelyan bu borada jiddiy ogohlantiruv berdi. Uning La Razon nashriga bergan intervyusida ta’kidlashicha, bunday shirin nonushta nafaqat salomatlik uchun zararli, balki butun kun davomidagi energiya, kayfiyat va metabolik faollikni izdan chiqarishi mumkin.

Abelyanga ko‘ra, inson organizmi tonggi ovqat orqali "metabolik ton"ni o‘rnatadi. Ya’ni, nonushta nafaqat to‘yish ehtiyojini qondirishi, balki butun organizmni kuniga tayyorlashda muhim vazifa o‘taydi. Agar nonushta tarkibida asosan shirin mahsulotlar — konfet, tort, donli pechene bo‘lsa, bu ishtahani nazoratsiz ko‘paytirib, ortiqcha kaloriya olishga, hatto kun davomida qayta-qayta ovqat yeyishga olib keladi.

“Shirin mahsulotlar asosan qayta ishlangan, tarkibida foydali mikroelementlar – vitamin, mineral, oqsil, murakkab uglevodlar deyarli yo‘q”, – deya ta’kidlaydi kardiolog.

Uning fikricha, nonushtadan so‘ng qonda glyukoza miqdori keskin oshadi, bu esa ortiqcha vazn, insulin qarshiligi, immunitetning susayishi va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini sezilarli darajada oshiradi.

Shuningdek, doktor Abelyan shirinliklarni butunlay rad etishga chaqirmaydi. U ulardan to‘g‘ri va me’yorda foydalanish tarafdori:

“Masala konfet yemaslikda emas, balki to‘liq va foydali nonushtani shirinlikka almashtirishda. Agar inson shirinni vaqti-vaqti bilan yeydigan bo‘lsa – bundan hech qanday zarar yo‘q. Ammo bu har kuni ertalab nonushta o‘rnida bo‘lsa – xavfli odatga aylanadi”, – deya ogohlantiradi u.

Mutaxassislar nonushtada oqsil, sog‘lom yog‘lar va murakkab uglevodlarga boy ovqatlarni — masalan, tuxum, avokado, grechka, sabzavotlar yoki go‘shtli sendvichlar kabi foydali alternativalariga ustuvorlik berishni tavsiya etmoqda.

Shunday ekan, tongdagi ilk ovqat tanlovi — faqat ovqatlanish emas, balki salomatlik, hayot tarzi va kelajakdagi kasalliklardan saqlanishning dastlabki qadami ekanini unutmang.

O‘xshash yangiliklar

“Ayyor” mahsulotlar: nazoratsiz ishtahaga olib keladigan 6 ta mahsulot
“Ayyor” mahsulotlar: nazoratsiz ishtahaga olib keladigan 6 ta mahsulot
Har bir inson sog‘lom va muvozanatli ovqatlanishga intiladi, biroq ba’zi mahsulotlar bor-ki, ular ishtahani yanada ochib, ortiqcha kaloriyalar iste’mol qilishga sabab bo‘ladi. Keling, shunday
Foydali 08:25, 13-03-2025
Uyqu, vitamin, moddalar yetishmovchiligi organizmga qanday ta’sir qiladi?
Uyqu, vitamin, moddalar yetishmovchiligi organizmga qanday ta’sir qiladi?
Sakkiz soat uxlaysiz, sog‘lom ovqatlanasiz va sport bilan shug‘ullanasiz, lekin baribir o‘zingizni energiya tejash rejimidagi smartfondek his qilasizmi? Gap faqat vitaminlar va minerallarda emas.
Foydali 19:37, 28-02-2025
Nega yog‘li ovqatlarni yaxshi ko‘ramiz?
Nega yog‘li ovqatlarni yaxshi ko‘ramiz?
Yog‘li va kaloriyali ovqat iste’mol qilinganda miya qonga dopamin ajratadi. Bu – xursandchilik uchun muhim garmon. Quvonchni takrorlash uchun odamlar qayta-qayta yog‘li ovqatlarni sotib olishga
Jamiyat 20:30, 26-03-2025
Bu 4 mahsulot qon bosimi tez-tez oshadiganlar menyusidan joy olishi shart
Bu 4 mahsulot qon bosimi tez-tez oshadiganlar menyusidan joy olishi shart
Gipertoniya yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan xastalangan kishilarning o‘limiga sabab bo‘luvchi asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Gipertonik odamlar quloqdagi shovqin, ko‘z ostidagi
Foydali 18:23, 13-03-2025
Hamburger sog‘lom tanlov sifatida ustunlik qilmoqda
Hamburger sog‘lom tanlov sifatida ustunlik qilmoqda
O‘zbekistonning yirik shaharlarida tezkor ovqatlanish tarmoqlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishi va hokimlarning ko‘cha ovqatlari sifatini nazorat qilishni kuchaytirish zarurati haqidagi
Jamiyat 20:40, 21-07-2025
08:56
Toshkent va viloyatlarda yo‘l patruliga pora taklifi aniqlandi
08:33
Putin: Ukraina hududiga askar yuborilsa, yo‘q qilamiz