Bugun
Gavi tizzasi yaxshilandi, jarrohlik kechikmoqda
+20°
ясно ветер 1 м/с, С

Quruq yoʻtal xuruj qilganda yordam beradigan 3 ta tavsiya

Foydali
110

Quruq yoʻtal xuruj qilganda yordam beradigan 3 ta tavsiya
Foto: Shutterstock
Quruq, uzoq davom etadigan va tunda xuruj qiladigan yoʻtal faqatgina shamollashning alomati emas. Uning sababini shifokor tekshiruvi asosida aniqlash mumkin. Ammo doim ham oʻz vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilishning imkoni boʻlmaydi. Shunday vaqtda quyidagi tavsiyalar quruq yoʻtalni yengillashtirishga va koʻrikka qadar umumiy ahvolni yaxshilashga yordam beradi.

Uy sharoitida quruq yoʻtalni toʻxtatish usullari

Yoʻtal aslida organizmning himoya reaktsiyasi boʻlib, uni toʻxtatish kerak emas. Aslida, balgʻam koʻchishi orqali shamollash sekin-asta ortga qaytadi. Biroq xuruj qiladigan va oʻta quruq yoʻtal bemorga koʻplab noqulaylik tugʻdiradi. Shu sababli quruq yoʻtalga bunday qoida amal qilmaydi va uni bartaraf etish lozim boʻladi. Xalq tabobatida quyidagi usullar mavjud:

  • koʻkrak qafasini uqalash;
  • bugʻli ingalyatsiya;
  • dorivor oʻsimliklardan tayyorlangan damlama va suyuqliklar.



Foto: The Day
Ingalyatsiya ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. Qaynatilgan kartoshka, propolis, efir moyi yoki evkalipt barglaridan foydalanish kutilgan samara beradi. Suyuqlik yoki massa shilliq qavatlarni kuydirib qoʻymasligi uchun haddan tashqari qaynoq boʻlmasligi lozim. Ingalyatsiyani oddiy yoki tuzli suv bilan ham qilish mumkin.

Yoʻtal turlari

Yoʻtal ikki xil turda: quruq va nam boʻladi. Quruq yoʻtalda bemor koʻproq qiynaladi. Quruq yoʻtal koʻkrak qafasida ogʻriq, terlash, nafas olishda qiynalish va tomoq ogʻrigʻini keltirib chiqaradi, koʻpincha uzoq vaqt davolanishni talab etadi. Nam yoʻtal, aksincha, bronxlardan balgʻam ajralishi tufayli tezroq tuzaladi.

Shuningdek, yoʻtalning davomiyligi davriy va doimiydir. Davriy yoʻtal shamollash, bronxit, oʻtkir respirator infektsiyalar va boshqa shu kabi yuqumli kasalliklar uchun xosdir. Doimiy yoʻtal esa jiddiy kasallik alomati hisoblanadi.

Tunda quruq yoʻtal xuruj qilsa nima qilish lozim?

Foto: Teapravda.com
Kungaboqar yogʻidan ichimlik: 150 ml qaynoq suv, 2 osh qoshiq kungaboqar yogʻi, ta'bga koʻra tuz. Hammasini aralashtiring va iliq holda sekin-asta iching.

Gogol-mogol: mazkur shirinlik uchun bitta tuxum sarigʻi, 1 osh qoshiq suyultirilgan asal, 1 osh qoshiq sariyogʻ va bir stakan sut kerak. Birinchi boʻlib tuxum sarigʻini yaxshilab aralashtirib, unga sut qoʻshing va aralashtirishda davom eting. Keyin sariyogʻ va asal soling. Aralashmani qaynoq holda iching.

Zanjabil va asal: Zanjabil ildizining bir boʻlagini maydalang. Bir stakan qaynagan suvga maydalangan zanjabil va bir oz asal solib, aralashtirib iching.

Yoʻtalni kamaytirish uchun yostiqni baland qilib qoʻying va xonada toza, salqin va nam havo almashib turishini ta'minlang.

Quruq yoʻtalda tomoq ogʻrigʻi ham kuchaysa, nima qilish kerak?

Burunni tuzli suvda chayish, koʻproq suyuqlik ichish, xonadagi havoni nam sochiqlar bilan namlantirish kabi tavsiyalar tomoq ogʻrigʻini yengillatishda yordam beradi. Tuzli suv ogʻiz va burun boʻshligʻidagi virusning chiqib ketishini, nam havo esa balgʻam tezroq hosil boʻlishi va koʻchishini ta'minlaydi.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Burning Man festivalida kuchli qum bo‘roni yuz berdi
Burning Man festivalida kuchli qum bo‘roni yuz berdi
Amerikaning Black Rock cho‘lida har yili o‘tkaziladigan Burning Man festivali arafasida yuzaga kelgan noqulay ob-havo sharoiti va kuchli qum bo‘roni ko‘plab muammolarga sabab bo‘ldi. Bu haqida
Dunyo 03:41, 27-08-2025
Joey Chestnut 71 hot-dog yeb chempion bo‘ldi
Joey Chestnut 71 hot-dog yeb chempion bo‘ldi
2024 yilning 4 iyul kuni AQShning Nyu-York shahridagi Koni Aylendda an’anaviy ravishda o‘tkazilgan Nathan's Famous Hot Dog Eating Contest tanlovida Joey "Jaws" Chestnut yana g‘olib
Dunyo 17:00, 9-07-2025
Nijniy Novgorodda boshidan mix olib tashlandi
Nijniy Novgorodda boshidan mix olib tashlandi
Rossiyada noyob tibbiy holat qayd etildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Nijniy Novgorod shahrida yashovchi erkak boshiga uzunligi 12 santimetr bo‘lgan katta mix kirib ketishiga qaramay, tirik
Dunyo 23:35, 16-08-2025
GeForce RTX 4060 Steam foydalanuvchilari orasida eng mashhur grafik karta bo'ldi
GeForce RTX 4060 Steam foydalanuvchilari orasida eng mashhur grafik karta bo'ldi
Steam platformasining fevral 2025 oyi uchun apparat va dasturiy ta'minot so'rovi natijalariga ko'ra, NVIDIA GeForce RTX 4060 grafik kartasi foydalanuvchilar orasida eng mashhur
Texnologiya 02:09, 4-03-2025
Hamburger sog‘lom tanlov sifatida ustunlik qilmoqda
Hamburger sog‘lom tanlov sifatida ustunlik qilmoqda
O‘zbekistonning yirik shaharlarida tezkor ovqatlanish tarmoqlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishi va hokimlarning ko‘cha ovqatlari sifatini nazorat qilishni kuchaytirish zarurati haqidagi
Jamiyat 20:40, 21-07-2025