Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti

Iqtisodiyot
29

Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilyapti
O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning o‘rta darajadagi kompaniyalari konsorsiumi (MSMTS) a’zolarining yillik yig‘ilishida ishtirok etdi.

Tadbir davomida Malayziyaning yetakchi o‘rta biznes doiralari va Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari ishtirokida "Ochiq muloqot. Yangi ufqlar" mavzusida alohida panel sessiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston elchisi mazkur sessiyadagi chiqishida islohotlar, xususan, qulay investitsion muhitni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi. Shuningdek, yurtimizda malayziyalik tadbirkorlarga qaratilayotgan alohida e’tibor va imtiyozlar haqida ta’kidlandi.

MSMTS a’zolari bo‘lgan qator kompaniyalarda O‘zbekiston bozorlari va Toshkent viloyatida Malayziya vakillari uchun tashkil etilayotgan maxsus sanoat zonasi katta qiziqish uyg‘otdi.

Muloqot yakunida Malayziyaning bir qator ilg‘or kompaniyalari bilan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini birgalikda ishlab chiqish yuzasidan kelishib olindi.

MSMTS Malayziya iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan 15 000 dan ziyod o‘rta darajadagi kompaniyalarni birlashtiradi. Mamlakat yalpi ichki mahsulotining 40 foizi aynan ushbu korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘xshash yangiliklar

Fevral oyida dollar kursi 62,53 so‘mga oshdi
Fevral oyida dollar kursi 62,53 so‘mga oshdi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan valyuta kurslari bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, 2026-yil fevral oyida 1 AQSH dollari o‘zbek so‘miga nisbatan 62,53
Iqtisodiyot Bugun, 11:58
Dollar kursi haftalik tahlilda 32,84 so‘mga pasaydi
Dollar kursi haftalik tahlilda 32,84 so‘mga pasaydi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan e’lon qilingan valyuta kurslari bo‘yicha o‘tkazilgan haftalik tahlil natijalariga ko‘ra, 2026-yil fevral oyining navbatdagi ish haftasida 1 AQSH
Iqtisodiyot Bugun, 10:50
Prezident Surxondaryoda bazalt zavodi faoliyati bilan tanishdi
Prezident Surxondaryoda bazalt zavodi faoliyati bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Termiz tumanida joylashgan “Surkhon Sandwich” korxonasining bazalt mahsulotlari ishlab chiqarish liniyasi faoliyati bilan
Iqtisodiyot 18:52, 27-02-2026
Markaziy bank valyuta kurslaridagi o‘zgarishlarni e’lon qildi
Markaziy bank valyuta kurslaridagi o‘zgarishlarni e’lon qildi
O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yil 2-mart sanasi uchun xorijiy valyutalarning rasmiy kurslarini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 35,61 so‘mga oshib, 12 172,18
Iqtisodiyot 16:47, 27-02-2026
O‘zbekistonda oltin narxi 15 400 so‘mga arzonlashdi
O‘zbekistonda oltin narxi 15 400 so‘mga arzonlashdi
O‘zbekiston Markaziy Banki 27-fevral sanasiga mo‘ljallangan o‘lchovli oltin quymalarning sotuv narxlarini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 gramm oltin narxi avvalgi
Iqtisodiyot 12:51, 27-02-2026
Dollar kursi 33–34 so‘mga oshishi kutilmoqda
Dollar kursi 33–34 so‘mga oshishi kutilmoqda
2-mart kuni amal qiladigan dollar kursi 33–34 so‘mga oshishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda mutaxassislar prognoz bermoqda. Hozirda banklarda dollarni sotish bo‘yicha eng yaxshi
Iqtisodiyot 11:32, 27-02-2026