Bugun
Bir o‘g‘il haqida hikoya
+16°
ясно ветер 2.1 м/с, Ю

Oʻzbekiston prezidenti va Pokiston bosh vaziri qoʻshma biznes forumida qatnashdi

Iqtisodiyot 18:34, 26-02-2025 3
Oʻzbekiston prezidenti va Pokiston bosh vaziri qoʻshma biznes forumida qatnashdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif Oʻzbekiston-Pokiston biznes forumida ishtirok etdi.

Tadbirda ikki mamlakat etakchi kompaniyalarining 300 nafarga yaqin rahbarlari va vakillari qatnashdi. Pokiston tomonidan "Al-Rafique Enterprises," "Mehran Dates Products", "Brighto Chemicals", "Transfopower Industries", "FWO", "T.M.C", "Pakistan Mobile", "TCS" va boshqa koʻplab kompaniyalar qatnashdi.

Davlat rahbari oʻz nutqida bugun boʻlib oʻtgan samarali muzokaralarda koʻp qirrali sheriklikni yanada kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilingani, katta reja va vazifalar belgilab olinganini ta'kidladi. Oliy darajadagi strategik sheriklik kengashini tuzishga kelishildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik ikki tomonlama munosabatlarning «lokomotivi» sifatida belgilandi.

- Ulkan salohiyatga ega boʻlgan iqtisodiyotlarimiz bir-birini toʻldirishga qodir, - dedi Mirziyoyev.

Oʻtgan yil yakunlariga koʻra, tovar ayirboshlash hajmi 400 million dollardan oshdi, 130 ta qoʻshma korxona faoliyat yuritmoqda. Shu jihatdan Oʻzbekiston Pokistonning Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo sherigiga aylandi.

Soʻnggi yillarda biznes uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda. Lahor bilan aviaqatnovlar tiklandi, reyslar sonini koʻpaytirish va parvozlar geografiyasini kengaytirish rejalashtirilgan. Biznes forumlari, sanoat koʻrgazmalari oʻtkazilmoqda. Karochi va Toshkent shaharlarida savdo uylari tashkil etilgan.

Oʻzbekiston-Pokiston hamkorligi yangi loyihalar bilan boyimoqda. "Pak Merit", "Diamond Group", "Silk-way", "Getz Pharm", "Gerbion", "NLS" va boshqa kompaniyalar bilan loyihalar amalga oshirilmoqda.

Davlat rahbari ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha qator takliflarni ilgari surdi. Avvalo, yiliga kamida ikki marta – Oʻzbekiston va Pokistonda biznes vakillarini keng jalb qilgan holda ishbilarmonlik tadbirlarini muntazam oʻtkazib borish muhimligi ta'kidlandi.

Geografik yaqinlikni hisobga olib, tovar ayirboshlash hajmini keskin oshirish, shu jumladan amaldagi Imtiyozli savdo toʻgʻrisidagi bitim doirasida tovarlar nomenklaturasini kengaytirish, fitosanitariya, karantin va bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish, banklararo hisob-kitoblar mexanizmlarini takomillashtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Elektron savdo platformalarini integratsiya qilishga alohida e'tibor qaratiladi.

Transport va logistika imkoniyatlari kengaymoqda. Soʻnggi yillarda mamlakatlar oʻrtasida yuk tashish hajmi 5 barobar oshdi. Ushbu sohadagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida qoʻshma transport-logistika kompaniyasini tashkil etish rejalashtirilgan.

Xitoyni Markaziy Osiyo bilan bogʻlaydigan temir yoʻl qurilishi boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi. Kelajakda ushbu strategik yoʻl Pokiston bandargohlari olib chiqishi mumkin, bu esa oʻzaro savdo va investitsiyalarni sezilarli darajada oshirishga xizmat qiladi.

Sanoat kooperatsiyasini jadal rivojlantirish mamlakatlarning tub manfaatlariga mosdir. Farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, geologiya, togʻ-kon, elektrotexnika, toʻqimachilik, charm sanoati va boshqa tarmoqlardagi loyihalar shular jumlasidan.

Hududlararo hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish zarurligi ta'kidlandi. Shu ma'noda, hududlar rahbarlarining oʻzaro tashriflarini faollashtirish, bunda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarini keng jalb etish muhimligi qayd etildi.

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif, oʻz navbatida, Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar dasturini, shuningdek, biznes yuritish uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholab, sheriklikni kengaytirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini ta'kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Oʻzbekiston va Pokiston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga etkazmoqchi
Oʻzbekiston va Pokiston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga etkazmoqchi
Foto: Prezident matbuot xizmati Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara oʻtkazdilar. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti
Oʻzbekiston 16:15, 26-02-2025
Oʻzbekiston va Pokiston strategik sheriklikni kengaytirish ustuvor yoʻnalishlarini belgiladi
Oʻzbekiston va Pokiston strategik sheriklikni kengaytirish ustuvor yoʻnalishlarini belgiladi
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, Oʻzbekiston va Pokiston etakchilari strategik sheriklikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Toshkentga rasmiy tashrif bilan kelgan
Oʻzbekiston 14:53, 26-02-2025
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan qator hujjatlar Oliy Majlis Senatiga yuborildi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati. Oliy Majlis Qonunchilik
Oʻzbekiston 23:51, 26-01-2025
Shahboz Sharif Shavkat Mirziyoyev haqida: “O‘zbekistonni qaytadan transformatsiya qildi”
Shahboz Sharif Shavkat Mirziyoyev haqida: “O‘zbekistonni qaytadan transformatsiya qildi”
Foto: Prezident matbuot xizmati Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi tushib, savdo ko‘rsatkichi oshganini mo‘jiza deb atadi. Bu fikrni 26 fevral kuni
Jamiyat 02:01, 28-02-2025
Shahboz Sharif Shavkat Mirziyoyev haqida: “O‘zbekistonni qaytadan transformatsiya qildi”
Shahboz Sharif Shavkat Mirziyoyev haqida: “O‘zbekistonni qaytadan transformatsiya qildi”
Foto: Prezident matbuot xizmati Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi tushib, savdo ko‘rsatkichi oshganini mo‘jiza deb atadi. Bu fikrni 26 fevral kuni
Jamiyat 12:23, 27-02-2025